Arxiv

Turkiyada Muhammad al-Xorazmiy sharafiga haykal o‘rnatildi
3 mart 2021, 18:28

Turkiyada Muhammad al-Xorazmiy sharafiga haykal o‘rnatildi

Turkiya poytaxtida algebra fanining asoschisi Muhammad al-Xorazmiy yodgorligi o‘rnatildi. Haykalning o‘rnatilishi «Xiva — turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» xalqaro dasturi doirasida amalga oshirildi.

Samarqand va Saratov birodar shaharlarga aylandi
3 mart 2021, 18:02

Samarqand va Saratov birodar shaharlarga aylandi

Samarqand va Saratov shaharlari hukumatlari birodarlashgan aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolashdi. Kelishuv shaharlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Qimmat Equinox hisobiga arzon Spark va Nexia sotuvidagi yo‘qotishlar qoplanadi — «O‘zavtosanoat»
3 mart 2021, 17:33

Qimmat Equinox hisobiga arzon Spark va Nexia sotuvidagi yo‘qotishlar qoplanadi — «O‘zavtosanoat»

Qimmatbaho — Equinox, Malibu va Tahoe — avtomobillaridan tushgan daromad arzon — Spark va Nexia modellaridan tushgan zararni qoplaydi, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari. Uning aytishicha, o‘tgan yili kompaniya arzon mashinalardan 550 mlrd so‘m yo‘qotgan.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor arzonlamoqda
3 mart 2021, 16:36

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor arzonlamoqda

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga arzonladi va jami 10 487 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal translyatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi
3 mart 2021, 16:14

Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal translyatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi

Mart oyida Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘ylab 12 ta o‘zbek tilidagi telekanallar translyatsiyalari yo‘lga qo‘yiladi.

Sport sharhlovchisi Yuriy Rozanov vafot etdi
3 mart 2021, 16:05

Sport sharhlovchisi Yuriy Rozanov vafot etdi

Futbol va xokkey uchrashuvlarini sharhlab, sport ixlosmandlari e’tiborini kozongan sport sharhlovchisi Yuriy Rozanov 59 yoshida olamdan o‘tdi.

O‘zbekistonda 10 fevraldan buyon koronavirusdan o‘lim qayd etilmagan — SSV ma’lumotlari
3 mart 2021, 15:59

O‘zbekistonda 10 fevraldan buyon koronavirusdan o‘lim qayd etilmagan — SSV ma’lumotlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 622 kishini tashkil qilayotganligini ma’lum qildi. Bu O‘zbekistonda 10 fevraldan buyon koronavirusdan o‘lim holatlari qayd etilmaganligini anglatadi. SSV 2020 yilda xorijda vafot etgan 1629 nafar o‘zbekistonlik ham yil bo‘yicha o‘lim statistikasiga kiritilishi, lekin COVID-19 statistikasida qayd etilmasligini aytdi.

Afg‘onistondan 24 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi
3 mart 2021, 15:57

Afg‘onistondan 24 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi

Afg‘oniston hududidadan 24 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, Termiz tumanidagi “Davolash va sog‘lomlashtirish markazi binosiga joylashtirildi.

Hokim bo‘ladimi, prokuror bo‘ladimi, kommunal xizmat to‘lovini o‘zi to‘lashi kerak — Toshkent viloyati hokimi
3 mart 2021, 15:21

Hokim bo‘ladimi, prokuror bo‘ladimi, kommunal xizmat to‘lovini o‘zi to‘lashi kerak — Toshkent viloyati hokimi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov xizmat uyida svet o‘chganini ma’lum qildi. U hokimiyat farmoyishi bilan qarzdorlikni tugatishdan bosh tortganini aytdi. «Nega amaldor ishlatgan elektr byudjetdan, xalq pulidan qoplanishi kerak?», — dedi u.

Oliy sud 16 nafar mahkuma ayolga jazoni o‘tash muddatini qisqartirdi
3 mart 2021, 14:57

Oliy sud 16 nafar mahkuma ayolga jazoni o‘tash muddatini qisqartirdi

Oliy sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgan 16 nafar ayolning aybini tan olganligini va pushaymonligini inobatga olgan holda, ularning jazosini yengillashtirdi. Shulardan 14 nafari ozod qilindi va oilalariga qaytarildi.

Moliya vaziri o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashev lavozimidan ozod etildi
3 mart 2021, 14:15

Moliya vaziri o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashev lavozimidan ozod etildi

Moliya vaziri o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashev boshqa ishga o‘tganligi munosabati lavozimidan ozod etildi. Hozircha uning qaysi lavozimga o‘tgani aniq emas.

«Huquqda ham qonunbay, farmonbay va qarorbayga o‘tamiz» — Twitter foydalanuvchilari
3 mart 2021, 13:30

«Huquqda ham qonunbay, farmonbay va qarorbayga o‘tamiz» — Twitter foydalanuvchilari

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar muammolarini o‘rganish uchun «talababay» ishlash yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, Twitter tarmog‘ida «bay» qo‘shimchasini qo‘shgan holda turli xil tvitlar yozildi. «Gazeta.uz» ushbu tvitlardan eng qiziqlarini to‘pladi.

2020 yilda O‘zbekistonda aholi daromadi keskin kamaygan
3 mart 2021, 12:58

2020 yilda O‘zbekistonda aholi daromadi keskin kamaygan

70 foiz respondentlar 2020 yilda o‘z daromadlarining keskin kamayganini ta’kidlagan bo‘lsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini ma’lum qilgan. 37,4 foiz respondentlar jamg‘armasi yo‘qligini, shuningdek, 23,6 foiz respondentlar jamg‘armalari o‘rtacha 1 oygacha yetishini aytishgan.

«Uzbekistan Airways» Navro‘z bayrami uchun ichki qatnovlarga chegirmalarni e’lon qildi
3 mart 2021, 12:46

«Uzbekistan Airways» Navro‘z bayrami uchun ichki qatnovlarga chegirmalarni e’lon qildi

«Uzbekistan Airways» Navro‘z bayrami nishonlanish munosabati bilan 20−22 mart kunlari O‘zbekiston fuqarolari uchun respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalarni joriy qildi.

«Oliy ta’limda qizlar sonini 50 foizga yetkazish kerak» — Tanzila Narbayeva
3 mart 2021, 12:45

«Oliy ta’limda qizlar sonini 50 foizga yetkazish kerak» — Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan davra suhbatida ayollarni ijtimoiy himoya qilish, qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish masalalariga to‘xtaldi. «Biz oliy ta’lim oluvchilar orasida qizlarni 50 foizga yetkazishga harakat qilishimiz kerak», — deya ta’kidladi Senat raisi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
3 mart 2021, 12:36

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qurbon Tursunov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi. Bundan avval, u «Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi» boshlig‘i bo‘lgan.

Navoiy va Andijon viloyatlari IIB boshliqlari o‘zgardi
3 mart 2021, 12:31

Navoiy va Andijon viloyatlari IIB boshliqlari o‘zgardi

Navoiy viloyati va Andijon viloyati IIBga yangi boshliqlar tayinlandi.

Milliy test tizimini joriy qilish qanday ketmoqda
3 mart 2021, 11:40

Milliy test tizimini joriy qilish qanday ketmoqda

DTM, Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilig davlat inspeksiyasi vakillari milliy test tizimini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib berishdi. Test sertifikati egalari davlat OTMlariga o‘qishga kirish testlarida tegishli fandan imtihon topshirmasliklari mumkin bo‘ladi.

UzAuto Motors transport vositalarining yetkazib berish muddati ko‘chiriladi
3 mart 2021, 11:34

UzAuto Motors transport vositalarining yetkazib berish muddati ko‘chiriladi

UzAuto Motors ishlab chiqarilgan transport vositalarini yetkazib berishni keyinga qoldirishni rejalashtirmoqda. Buning sababi yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi, yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli dunyodagi bir qancha zavodlarning yopilishi deyilmoqda.

Kogon shahri rahbariyati tayinlandi
3 mart 2021, 11:22

Kogon shahri rahbariyati tayinlandi

Kogon shahar hokimi etib Hayot Davlatov tayinlandi. Bundan tashqari, shahar prokurori, IIB va DSI rahbarlari ham tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting