Kecha kun davomida O‘zbekistonda 818 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 349 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.
22 avgust kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 17 mln 856 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalari muqobil tijorat takliflari mavjud bo‘lgani holda, 14,9 mlrd so‘mga, ya’ni 5 mlrd 643 million so‘m qimmatroqqa dori vositalari xarid qilganini aniqladi. «O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
22 avgustdan 5 sentyabrgacha davom etadigan “ArMI — 2021” Xalqaro armiya o‘yinlaridan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida musobaqada qatnashadigan ishtirokchilarning barchasi koronavirusga qarshi emlangani ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, xorijiy ishtirokchilar uyiga qaytib ketishidan oldin ham to‘liq tekshiruvlardan o‘tadi.
Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi.
Tashqi siyosiy vaziyat tufayli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma’lum muddatgacha yopiq bo‘ladi.
Dang‘ara tumanida mast holatda bo‘lgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 855 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 371 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Bino va inshootlarning buzilishi munosabati bilan hokimiyatlar tadbirkorladan 123 mlrd so‘m qarzdor. Prezident hokimlarga 1 sentyabrga qadar kompensatsiyalarni to‘lab berish vazifasini topshirdi. «Bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart», — dedi u.
O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 va «Sputnik V» vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga rozilik berdi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar asosida mualliflik huquqining muallif vafotidan keyin amal qilish muddati 50 yildan 70 yilga uzaytirilmoqda.
Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida yengil atletikachilar Muhammad Rexsimov va Nurxon Qurbonova O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi.
Toshkent hokimligi va poytaxt IIBB YHXBB Nurafshon aylanma yo‘li bo‘ylab 12 ta chorrahaga «aqlli svetoforlar» o‘rnatadi.
PDP Academy «Unicorn» ta’lim granti doirasida 210 ta talabani pulsiz o‘qitadi va IT-kompaniyalarda ish bilan ta’minlaydi.
Test sinovlarida tana harorati yuqori bo‘lgani va COVID-19`ga chalingani tufayli qatnasha olmagan abituriyentlar uchun 23 avgust kuni qo‘shimcha test sinovlari tashkil etiladi.
Afg‘onistonlik homilador ayol O‘zbekiston orqali evakuatsiya vaqtida Toshkentdagi tug‘ruqxonada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.
Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bexzot Narmatov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
2009 yilning oxiridan boshlab Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida nazoratsiz ravishda asriy daraxtlar kesib tashlanmoqda. Biz maktab partalarida eshitganimiz buyuk ajdodlarimizning merosidan ibrat olmasdan, o‘z qo‘llarimiz bilan vatanimizni sahroga aylantirmoqdamiz. Tarixchi Tair Gyul Temuriyzodalar o‘z imperiyalarini ko‘kalamzorlashtirishga qanday e’tibor qaratganlari, O‘rta Osiyo bog‘chilik san’atining dunyoga ta’siri hamda nima sababdan ota-bobolarimizning yashil an’analarini davom ettirishimiz lozimligi haqida so‘zlab berdi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 881 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, juma kuni 412 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting