Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Sanobarxon Nosirova tasdiqlandi. Bunga qadar u tumandagi «El rizqi non» MCHJ rahbari bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabi, Geologiya fanlari universiteti, «Yangi O‘zbekiston» universiteti, Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilishi hamda Markaziy harbiy klinik gospitalida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
KXSHT Panjsher provinsiyasini o‘z qo‘lida tutib turgan kuchlarni «Tolibon»ga qarshilik qilishni to‘xtatishga chaqirdi. ««Tolibon» harakatiga qarshilik o‘choqlari uzoq muddatli fuqarolik urushini keltirib chiqarishi mumkin», — dedi tashkilot bosh kotibi.
Polshaning Belarus bilan chegara hududida devor barpo etayotgani, Rim papasining taxtdan voz kechishi mumkinligi, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etishi, UzAuto Motors`ga yangi bosh direktor tayinlanishi, Qo‘rg‘ontepa tumani prokurorining o‘z lavozimidan ozod kilinishi — “Gazeta.uz"ning 23 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonda 7 oy ichida 124,9 ming dona — o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga kam avtomobil ishlab chiqarildi. Nexia va Spark modellarini ishlab chiqarishda eng ko‘p tushish qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev KXSHTga a’zo davlatlarga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rejabboyev o‘z lavozimidan ozod kilindi. Avvalroq, u tuman obodonlashtirish xodimlarini o‘zining uchastkasida ishlatgani aytilgan edi.
«Tolibon» nazorat qilmaydigan yagona Panjsher provinsiyasi harakat vakillari tomonidan qamal qilindi. Provinsiyaning qarshilik vakillari toliblar bilan to‘qnash kelishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilib, jiddiy muzokaralarga chaqirishdi.
Aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida 1hls ilovasi ishga tushirilgan edi. Uni mobil telefoniga yuklab, kunlik qadamlarni hisoblash va ular uchun elektron hamyonga pul to‘plash mumkin. Ilovani yuklab olish va undagi pulni bank kartasiga qanday o‘tkazish — «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.
Dollarning rasmiy kursi 0,54 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 641,14 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotida Afg‘onistondagi hozirgi notinch vaziyatni muhokama qildi.
Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u «Gruppa GAZ», «AvtoVAZ «prezidenti va Yazaki`ning Yevropa bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qornini va qo‘llarini 3−4 marotaba tilib, o‘ziga yengil tan jarohatlari yetkazdi. Bosh prokuratura koloniya xodimlariga ish qo‘zg‘atilganini rad etdi, biroq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.
Toshkent viloyatida Yuqorichirchiq tumani hokimiga tegishli bo‘lgan mashina 16 yoshli qizni urib yubordi. Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda kreditlar endi faqat so‘mda berilishi, mikromoliya tashkilotlari uchun yengilliklar, biznes uchun soliq yukini kamaytirish, yer sotish va xususiylashtirish, infratuzilma yaratish, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash, transport-logistika tizimini rivojlantirish va tadbirkorlikka oid tartiblarni soddalashtirish yo‘nalishlarida qator yangiliklar e’lon qilindi. «Gazeta.uz» ushbu uchrashuvda ta’kidlangan barcha muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.
Shanba kuni respublika bo‘ylab o‘tkazilgan xayriya hasharida 3 mlrd 193 mln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Shundan 189 mln so‘mdan ortig‘i «Mahalla» fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ajratilgan, deyiladi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hisobotida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda” KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi.
Haftaning birinchi yarmida havo harorati +38 darajada bo‘lishi kutilmoqda. 27 avgustdan boshlab harorat asta-sekin pasayadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab targ‘ibochilari uyma-uy yurib, «Milliy tiklanish» partiyasining prezidentlikka nomzodi Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy ravishda imzolar yig‘ayotgani aytilmoqda. Holatga Alisher Qodirov munosabat bildirib, imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va partiya faollarining bosimiga uchraganlardan deputatning Telegram-botiga xabar berishni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting