Toshkent Fotosuratlar uyida Yevrosiyo fotorassomlarining xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir to‘qqizinchi bor tashkil etilgan “San'at va dunyo” Toshkent Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida uyushtirildi. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotolavhalar taqdim etadi.
O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning pora berish va pora olish jinoyati kamaygan. Ammo budjet pullarini talon-taroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi korrupsion jinoyatlar ko‘paygan. Akmal Burxanovga ko‘ra, javobgarlikni og‘irlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Toshkentdagi agrar universitet hududida qurilayotgan yangi yotoqxona binosida loyihaga zid qurilish ishlari bajarilgani tufayli jarayon to‘xtatildi. Ma’lum bo‘lishicha, kamchiliklar ortidan buyurtmachi, loyiha va pudratchi tashkilotlarga jami 14 ta ko‘rsatma berilishi va jarimaga qaramay, qurilish ishlari davom etgan.
2030-yilgacha O‘zbekiston YIMni 200 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan, bu avvalgi (160 mlrd dollar) prognozdan ko‘proq, dedi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari. Inflyatsiyani 5 foizgacha pasaytirish maqsadiga 2027-yilda erishilishi kutilmoqda, bu esa Markaziy bank prognozidagidan kechroq.
Prezident 2025-yilgi budjet parametrlarini muhokama qildi. Unda raqamlashtirish, sun’iy intellekt yordamida xarajatlarni optimallashtirish va daromadni oshirish muhimligi aytildi. Eksportni 25 foizga yetkazish, mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash reja qilindi. Yangi yilda 78 tuman o‘zini o‘zi qoplashga o‘tadi.
O‘zbekistonda sanitar tozalash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun aholining debitor qarzdorligi keskin oshib, respublika miqyosida jami 585 mlrd milliard so‘mga yetdi.
Ekologiya vazirligi saksovul yuklangan samosval haydovchilari orqasidan quvlayotgan ekoinspektorlar videosini e’lon qildi. Noqonuniy daraxt kesuvchilar qochish vaqtida daraxtni yo‘lga tashlab ketib, bo‘laklarini inspektorlarning mashinalariga qarata uloqtirdi.
Surxondaryoning Denov tumanida tunda Nexia-3 avtomobili katta bosimli gaz quvuriga urildi. Buning oqibatida tumandagi 3950 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi. 18-oktabr kuni ertalab gaz ta’minoti tiklandi.
World Shakers kompaniyasi turk standartlaridagi yuqori sifatli mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan izolyatsiya va ventilyatsiya materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi.
Isroil HAMAS guruhi yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azo sektoridagi operatsiya paytida o‘ldirilganini tasdiqladi. U 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi hisoblanayotgandi.
O‘zbekistonda 2028-yilgacha raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilganlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi. Dastur ishtirokchilari IT park rezidenti maqomini oladi va boshqa IT kompaniyalari kabi tibbiy xizmatlar, sport zallari va ofis maydonlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dilshod Axmedov “O‘zmetkombinat” bosh direktori etib tayinlandi.
Prezident farmoni bilan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati siyosatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lgan tadbirkorlarga berilgan qator yengilliklar bekor qilinmoqda, QQS va bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash muddatlari ham qisqartirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik va boshqa xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.
Bangladesh xalqaro tribunali ommaviy norozilik namoyishlari fonida mamlakatdan qochib ketgan sobiq bosh vazir Shayx Xasinani hibsga olishga order berdi. U yuzlab namoyishchilarning o‘limiga aloqadorlikda gumonlanmoqda.
Jahon banki 2024-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakatlar Gruziya, Tojikiston va O‘zbekiston ekanini qayd etdi. Mintaqada bir qator inqirozlardan so‘ng iqtisodiy o‘sish barqarorlashmoqda, ammo ko‘rsatkichlar 2000-yillar boshiga nisbatan ancha past darajada qolmoqda.
Oqqo‘rg‘on tumanidagi novvoyxona hojatxonasiga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi. U shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat 10 yil oldingi vaziyatdan keskin farq qiladi”, dedi. U mintaqa mamlakatlari bir-biri bilan faol hamkorlik qilayotganini ta’kidlab, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlarini samarali deb atadi.
Hokimlar imzolayotgan qarorlarning 30 foizdan ortig‘i yopiq holda qabul qilinmoqda. Ularning ko‘pi davlat xaridlari va budjet mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq. Akmal Burxanovga ko‘ra, bunday holatlarga qarshi kurash uchun agentlik bir qator tashkilotlar hamkorligida takliflar ishlab chiqdi.
Rossiyada ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yana 4 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bolalar “MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” doirasida olib kelinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting