Arxiv

Kubada masshtabli blekaut davom etmoqda, butun mamlakat elektrsiz qoldi
21 oktabr 2024, 21:01

Kubada masshtabli blekaut davom etmoqda, butun mamlakat elektrsiz qoldi

Kuba aholisi yirik elektr stansiyasida ro‘y bergan avariyadan so‘ng to‘rtinchi kundirki elektr ta’minotisiz qolmoqda. Hozircha IES faoliyatini tiklashning imkoni bo‘lmadi. Gavanada odamlar norozilik sifatida ko‘chalarga chiqa boshladi.

Humans hisobini endi Alif ilovasida to‘ldirish mumkin
21 oktabr 2024, 21:00

Humans hisobini endi Alif ilovasida to‘ldirish mumkin

Humans mobil aloqasi xizmatlariga to‘lov qilish yanada osonlashdi — endi buni Alif orqali bir nechta tugmani bosgan holda amalga oshirish mumkin.

Toshkent hokimlari drenaj masalasini tepasida turib o‘zi hal qiladi — prezident
21 oktabr 2024, 20:21

Toshkent hokimlari drenaj masalasini tepasida turib o‘zi hal qiladi — prezident

Yaqinda yuz bergan yomg‘irlar Toshkent drenaj tizimining haqiqiy ahvolini ko‘rsatdi, dedi prezident. U suvni suv havzalarida to‘plash va undan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish tizimini yaratishni taklif qildi. Rasmiylar kamida 2015-yildan beri drenaj tizimini ta’mirlash haqida gapirmoqda.

O‘zbekiston gaz eksportini ko‘paytirmoqda, import ham o‘sib, qazib olish kamaymoqda
21 oktabr 2024, 19:54

O‘zbekiston gaz eksportini ko‘paytirmoqda, import ham o‘sib, qazib olish kamaymoqda

O‘zbekistonga gaz importi yanvar-sentabr oralig‘ida 1,28 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil to‘qqiz oyidagi ko‘rsatkichdan 3,6 barobar ko‘p, deya xabar berdi Statagentlik. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti 479,5 mln dollargacha (+16,5 foiz), sentabr uchun esa (bir yil avvalgidan) 2,2 baravar oshdi.

TIV rahbari Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
21 oktabr 2024, 19:36

TIV rahbari Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

Tamer Fathi Abdussalam Hammad Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.

O‘zbekistonda sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish rejalashtirilmoqda, prezident ushbu sonni ko‘paytirishni buyurdi
21 oktabr 2024, 19:14

O‘zbekistonda sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish rejalashtirilmoqda, prezident ushbu sonni ko‘paytirishni buyurdi

O‘zbekiston sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish va Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlashni rejalashtirmoqda, loyihalarga qariyb 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritish kutilyapti. “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri”, — dedi prezident.

Imkoniyat va sovrinlar yili: Click Marafon aksiyasini boshladi
21 oktabr 2024, 19:00

Imkoniyat va sovrinlar yili: Click Marafon aksiyasini boshladi

Click keng ko‘lamli Click Marafon aksiyasini boshladi, unda KIA K5 avtomobillari, shuningdek, iPhone 16 Pro, PS5, Dyson va boshqa ko‘plab qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish mumkin.

Foto: Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmadan reportaj
21 oktabr 2024, 18:45

Foto: Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmadan reportaj

Toshkent hayvonot bog‘i ochilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan Fotosuratlar uyida “Tarix obyektivda” nomli ko‘rgazma uyushtirildi. Namoyishga qo‘yilgan 100 dan ortiq suratlar orqali poytaxt zooparkining ko‘rinishi va uning “aholisi” tarkibi bir asr ichida qanchalik o‘zgarganini ko‘rish mumkin bo‘ldi.

“Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagan”. Shavkat Mirziyoyev — “Yashil makon” loyihasi haqida
21 oktabr 2024, 18:39

“Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagan”. Shavkat Mirziyoyev — “Yashil makon” loyihasi haqida

O‘zbekistonda yashillik darajasi 12 foizga yetdi. 2024-yil bahor mavsumida 138 mln dona ko‘chat ekildi. Prezident unda 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmaganini tanqid qildi. “Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab daraxt ko‘karmagan”, dedi u. Bosh prokuraturaga nazoratni kuchaytirish topshirildi.

“Ulardan xabar olyapmiz” — SSV rahbari “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam haqida
21 oktabr 2024, 18:34

“Ulardan xabar olyapmiz” — SSV rahbari “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam haqida

Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytdi. Ayni vaqtda, u jurnalistlardan bolasini davolashda yordam ololmayotgan ota-onalarning e’tirozlariga doir ma’lumotlarni shaxsan taqdim etishni so‘radi.

Farg‘onada Cobalt Damas bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
21 oktabr 2024, 18:18

Farg‘onada Cobalt Damas bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida haydovchi Cobalt`da qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, oldinda kelayotgan Damas bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida Damas`da ketayotgan er-xotin vafot etdi. Cobalt haydovchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Antikorrupsiya agentligi 4 vazirlikning 160 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi
21 oktabr 2024, 17:58

Antikorrupsiya agentligi 4 vazirlikning 160 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi

Ekologiya, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklarining 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritmoqda.

Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda
21 oktabr 2024, 17:50

Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda.

Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirildi
21 oktabr 2024, 17:43

Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirildi

Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘im va to‘lovlar jami taxminan 99 dollarga (6,5 ming afg‘oni miqdorida) kamaytirildi. Bunda yuk avtomobilining Afg‘oniston hududiga kirishi (3 ming afg‘oni) va Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun yig‘im (7 ming afg‘oni) etib belgilandi.

O‘zbekistonda gaz qazib olish qisqarishi davom etmoqda, benzin va dizel ishlab chiqarish kamaydi
21 oktabr 2024, 17:33

O‘zbekistonda gaz qazib olish qisqarishi davom etmoqda, benzin va dizel ishlab chiqarish kamaydi

Sentabrda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi pasayishda davom etdi va 3,55 mlrd kub metrgacha kamaydi (2023-yil sentabriga nisbatan -5,8 foiz). Benzin ishlab chiqarish hajmi 99,2 ming tonnagacha (-11,1 foiz), dizelniki esa 72 ming tonnagacha (-5,5 foiz) pasaydi.

Davlat tili butun jamiyatni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur — Shavkat Mirziyoyev
21 oktabr 2024, 17:27

Davlat tili butun jamiyatni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayram bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi. “Yuksak taraqqiy etgan demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi davlat tili butun jamiyatni, tili va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur”, — dedi prezident.

“Kelajakda hamma soha atrof-muhit bilan hamohang holda rivojlanadi” — prezident
21 oktabr 2024, 15:44

“Kelajakda hamma soha atrof-muhit bilan hamohang holda rivojlanadi” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari nutqi davomida kelajakda barcha sohalar ekologiya bilan hamohanglikda rivojlanishini ma’lum qildi.

Hafta davomida yomg‘ir yog‘adi
21 oktabr 2024, 15:20

Hafta davomida yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 21−25-oktabr kunlari yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Seshanba kuni ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15 darajagacha pasayadi. Hafta o‘rtasida harorat kechasi +5 darajagacha tushadi. Respublikada eng jadal yomg‘irlar 25-oktabr kuni kutilmoqda, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Moldovada prezidentlik saylovlarida Mayya Sandu yetakchilik qilmoqda
21 oktabr 2024, 15:15

Moldovada prezidentlik saylovlarida Mayya Sandu yetakchilik qilmoqda

Moldova prezidentlik saylovlarida nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz ololmadi. Endi amaldagi prezident Mayya Sandu va mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanoglo saylovlarning ikkinchi turida o‘zaro kurashadi. Yevrointegratsiya bo‘yicha referendumda ovozlar deyarli teng taqsimlandi.

Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi
21 oktabr 2024, 15:04

Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi

Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat to‘liq modernizatsiya qilinadi. Hududda aholi gavjum bo‘lgani sababli aqlli svetofor ham o‘rnatiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting