“Hududgazta’minot” issiqxonalarga gaz yetkazib berishga vaqtinchalik cheklovlar kiritmoqda. Cheklovlar havo harorati keskin pasaygan vaqtda qo‘llanilib, quvurlarda gaz bosimi barqarorlashganda bekor qilinadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbolchisi Lazizbek Mirzayev Ispaniya chempionati eng yuqori divizionida bo‘lgan “Leganes” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Buxoro viloyatida Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari 17 yoshli o‘smirni 34 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarning noqonuniy savdosida gumonlab qo‘lga oldi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, u 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi, biroq jinoyatni ochishga yordam bersa, javobgarlikka tortilmasligi ham mumkin.
AQSh Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam paketini ajratdi. 73-yordam paketiga HIMARS uchun o‘q-dorilar, artilleriya o‘q-dorilari, tankka qarshi tizimlar, biologik himoya uskunalari va dronlar kiradi.
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida faoliyat yurituvchi korxona rahbari tuman hokimligidan jami 1,5 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya undirdi. Aniqlanishicha, tadbirkorning 22 sotix yeri va binolari davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, zarari vaqtida qoplanmagach, fuqaro biznes ombudsmaniga murojaat qilgan.
Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklaridan biri tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirmay kelishi oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Shu kabi holat yana ikkita tadbirkorlik subyektida kuzatildi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Turkmanistonda unvon olgan Abdulaziz Komilov, o‘zgarishsiz qoldirilgan asosiy stavka, Yangi yil arafasida do‘konlarga narxlarni nazorat qilishni buyurgan Raqobat qo‘mitasi, maktablarda 29-dekabrdan boshlanadigan qishki ta’til va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezident yig‘ilishida aytilishicha, charm sanoatida bichuvchi, tikuvchi, kosib kabi o‘rta bo‘g‘in kadrlari yetishmayapti, yiliga bor-yo‘g‘i 167 nafar mutaxassis tayyorlanmoqda. Davlat rahbari poyabzal sohasi rivojlangan viloyatlarda korxonalarni texnikumlarga bog‘lab, dual ta’limni yo‘lga qo‘yishni buyurdi.
BMTTD va boshqa tashkilotlar tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo o‘zlari uchun salbiy oqibatlardan qo‘rqadi. Ko‘pchilik pora olish va berishni qoralaydi, lekin jamiyatda sifatli xizmat uchun kichik sovg‘alar odatiy hol sifatida qabul qilinadi.
Abdulla Aripov MDH davlatlarini erkin savdo zonasini yanada samaraliroq qilishga, ayrim xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tarif va notarif choralarini bekor qilishga chaqirdi. G‘alabaning 80 yilligini nishonlash haqida gapirar ekan, u urush davri fojialarini takrorlamaslik muhimligini ta’kidladi.
Markaziy bank banklar eski namunadagi 100 dollarlik banknotlar bilan operatsiyalarni to‘xtatgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi. Regulyator bunday kupyuralarni ayirboshlashda qiyinchiliklarga duch kelinsa, ishonch telefoniga murojaat qilishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi sohasidagi insofsiz biznesga to‘lov tizimining tartibsizligi, raqamlashtirish va oshkoralik yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatdi. U banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib, aholi mablag‘larini kafolatlaydigan eskrou tizimi bo‘yicha huquqiy asos yaratish topshirig‘ini berdi.
Rossiya “yaqin kunlarda” Ukrainaga zarba berish uchun o‘rta masofali “Oreshnik” eksperimental ballistik raketasini yana ishlatishi mumkin, deb ogohlantirdi AQSh razvedkasi.
AQShga ikkinchi marta prezident etib saylangan Donald Tramp Time jurnali tomonidan 2024-yil uchun yil odami deb topildi. U oldin ham — 2016-yilda ilk bor prezident bo‘lganida bu nomga ega chiqqandi.
Noyabrda O‘zbekiston aholisi orasida sezilgan inflyatsiya darajasi 14,1 foizgacha ko‘tarildi, deya xabar berdi Markaziy bank. Bu oxirgi 15 oydagi maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut, benzin, yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxlari keskin oshganini qayd etgan.
Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi. Qolaversa, unga “Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi” yubiley medali topshirildi.
O‘zgidrometning xabar berishicha, 15−17-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib keladi. Yomg‘ir va qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, harorat kechasi −8…−13 darajagacha, kunduzi 0…-5 darajagacha pasayadi.
Yevropa Ittifoqi Kengashi 2025-yil 1-yanvardan Bolgariya va Ruminiya bilan quruqlikdagi chegaralarda nazoratni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu ikki davlat YeIga qo‘shilganidan 17 yil o‘tgach, Shengen zonasining to‘laqonli a’zosiga aylanmoqda.
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga Yangi yil arafasida narxlarni nazorat qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Chakana savdo tarmoqlari qo‘mitani narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida ogohlantiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun Davlat budjetida ko‘rsatilgan mablag‘ yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini berishini ta’kidladi. Vazirlikka ko‘ra, ota-onalardan ijara uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting