Dollarning rasmiy kursi 12,65 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 670,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro kursi esa biroz pasaydi.
Adliya vazirligi «Gazeta.uz» va boshqa to‘rtta onlayn OAVlar bilan memorandum imzoladi. Hamkorlik huquqiy ma’lumotlarning tarqalishini kengaytirishga qaratilgan.
Gumbaz qurilish bozori Chevrolet Cobalt avtomashinasini yutuq sifatida o‘ynadi. Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Baxtiyor Toshmuhamedov bosh sovrin egasiga aylandi.
Dunyoning bir nechta mamlakatlarida koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ko‘proq fuqarolarni jalb qilish uchun targ‘ibot ishlaridan tashqari, mukofot pullari, sovg‘a kartalari va ta’tillar joriy etilgan. Bundan tashqari, faqatgina vaksina olganlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan katta yutuqli lotereyalar tashkil etilgan. Xorijiy mamlakatlarda koronavirusga qarshi vaksina olganlarga taklif qilinayotgan «bonus"lar haqida.
UzAuto Motors Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi bilan avtomashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ma’lumotlar bazasini sinxronlashtirmoqda. Bu avtomobillarni xarid qilish va sotishdagi noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi shaxslar o‘z navbatini pullash maqsadida mashina sotib olish bo‘yicha 10, 20 va hattoki, 200 ta kelishuv shartnomalarini tuzgan.
Hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, zaxiraga olish, olib qo‘yish vakolatining bekor qilinishi, to‘y va marosimlardagi cheklovlar, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi, xorijdan mahsulot sotib olib, uchinchi davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat berilishi, turizm sohasida ayrim litsenziya talablarining joriy etilishi — 1 avgustdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Ayrim hududlarda prezident maktablariga kirish imtihonlari boshlandi. 5 va 6-sinflarga qabul sinovlari ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tdi. FVV ushbu kunlarda anomal jazirama haqida ogohlantirgan edi. Vaziyatga bolalar ombudsmani izoh berib, nima uchun imtihonlarni boshqa kunlarga ko‘chirish imkoni bo‘lmagani ma’lum qildi.
Prezident qarori bilan 35 ta Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Ularda o‘tkir qon-tomir kasalliklari bo‘yicha shoshilinch yordam hamda buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmati ko‘rsatiladi.
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov endi bir vaqtning o‘zida Braziliyadagi elchi vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, u O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi vazifasida ham faoliyat olib boradi.
AQShdan O‘zbekistonga 29 iyul kuni koronavirusga qarshi 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi. Preparat AQSh tomonidan COVAX dasturi doirasida ajratilmoqda.
Kecha O‘zbekistonda 789 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi.
AQSh 31 dekabrga qadar Iroqdagi harbiy operatsiyalardagi ishtirokini to‘xtatadi. Xavfsizlik bo‘yicha munosabatlar o‘quv mashg‘ulotlari, maslahatlashuvlar, ravzvedka ma’lumotlarini olishga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Iroq xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.
Behzod Hoshimov O‘zbekistonda zavodlar, mehmonxonalar va turli tijoriy binolar qurilishini “kargo-kult” g‘oyasi bilan tushuntirdi. “Chet elda shunaqa binolar borligini bilamiz. Biz ham shunday qilsak boyib ketamiz, deb o‘ylaymiz. Pul — pulchalik turishi kerak”, — deya ta’kidladi u.
Poytaxtda sinov tariqasida har bir mahalladan bir kishiga «Jamoatchi ekologiya noziri» guvohnomasi beriladi. Ular Davlat ekologiya qo‘mitasida o‘qitiladi va avgust oyi o‘rtasidan hududlarda daraxtlarni noqonuniy kesilishini oldini olish, atrof-muhitga zarar yetmazmaslik bo‘yicha ish olib boradi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 7SABER (grafik belgi Otabek Umarov tomonidan yaratilgan) brendi ostidagi ekipirovka va sport kiyimida qatnashmoqda, O‘yinlar ochilish marosimi uchun parad formasini esa Ideal brendi tayyorladi. «Gazeta.uz» forma qay tarzda tanlangani va ishlab chiqaruvchilar haqida ma’lumot to‘pladi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 5 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash hamda Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga qo‘shilish haqidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, 2021 Davlat dasturining yarim yillik ijrosi, IIVning huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining moratoriyga amal qilinmaslik holatlari bo‘yicha axborotlari tinglanadi.
Tunisdagi siyosiy inqiroz, Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan Tokioga yaqinlashayotgan tayfun, Afg‘onistondagi olti oylik janglarda deyarli 1,6 ming tinch aholining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafiki, Olimpiada rekordini o‘rnatgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, Moliya vazirining fuqarolarni “Tashabbusli byudjet"dan faol foydalanishga chaqirishi — “Gazeta.uz"ning 26 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Tokiodagi Olimpiadaning uchinchi kunida Muattar Nabiyevaning og‘ir atletikadan o‘rnatgan rekordi, taekvondochi Nikita Rafalovich va qilichboz Zaynab Dayibekovaning chiqishlari O‘zbekiston termasi uchun asosiy hodisalardan bo‘ldi. Medallar uchun kurashni yana bokschilar davom ettiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting