Arxiv

Endilikda muayyan yashash joyi yo‘q shaxslar reabilitatsiya markaziga joylashtiriladi
19 dekabr 2022, 11:02

Endilikda muayyan yashash joyi yo‘q shaxslar reabilitatsiya markaziga joylashtiriladi

«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish tartibi belgilandi. Buning uchun asoslar yetarli deb topilsa, IIO xodimlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga iltimosnoma yuboradi.

Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi YTHlarda ikki kishi halok bo‘ldi
19 dekabr 2022, 10:43

Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi YTHlarda ikki kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo va Toshkent viloyatida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari yuz berdi. Ularda haydovchi va piyoda vafot etdi.

JCH-2022: Asrga tatigulik final. Argentina uchinchi bor jahon chempioniga aylandi
19 dekabr 2022, 10:15

JCH-2022: Asrga tatigulik final. Argentina uchinchi bor jahon chempioniga aylandi

Argentina va Fransiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan murosasiz va hayajonli vaziyatlarga bor bo‘lgan final bahsida 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida argentinaliklarning qo‘li baland keldi va o‘z tarixida uchinchi bor jahon chempioni bo‘lishdi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 320 so‘mgacha ko‘tarildi
19 dekabr 2022, 09:38

Banklarda dollarning sotish kursi 11 320 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 19 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 210 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 so‘m.

O‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlar javobgarlikka tortiladi — Saida Mirziyoyeva
18 dekabr 2022, 17:09

O‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlar javobgarlikka tortiladi — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva o‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, tez orada qabul qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Uzbekistan Airways to‘rtinchi Airbus A321 havo kemasini qabul qilib oldi (foto)
18 dekabr 2022, 16:13

Uzbekistan Airways to‘rtinchi Airbus A321 havo kemasini qabul qilib oldi (foto)

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi to‘rtinchi Airbus 321neo havo kemasi olib kelindi. Samolyot 188 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, 6850 km masofagacha parvoz qila oladi. 2022 yil oxirigacha xuddi shunday havo kemasidan yana bitta sotib olinadi.

Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti qisqargani aytilmoqda
18 dekabr 2022, 11:58

Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti qisqargani aytilmoqda

16−17 dekabr kunlari Toshkentga 204 ta yangi avtobus olib kelinib, yo‘nalishga chiqarildi. Natijada avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25−30 daqiqadan 10−12 daqiqaga qisqargani aytilmoqda. Biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21 ta yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur.

Qashqadaryoda 45 yoshli erkakning o‘zini osib qo‘yishiga maktab direktorining «qo‘li borligi» aytilmoqda
18 dekabr 2022, 11:21

Qashqadaryoda 45 yoshli erkakning o‘zini osib qo‘yishiga maktab direktorining «qo‘li borligi» aytilmoqda

Yakkabog‘ tumanida 45 yoshli erkak hovlisining molxonasida o‘zini osib qo‘ydi. Ishda tumandagi 94-maktab direktorining «qo‘li borligi» aytilmoqda. Direktor esa voqea ro‘y bergan kuni shifoxonada bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Andijonda ehtiyojmand oilalarga quyosh panellari topshiriladi
18 dekabr 2022, 10:56

Andijonda ehtiyojmand oilalarga quyosh panellari topshiriladi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kam ta’minlangan oilalarga televizor yoki boshqa texnikalar sovg‘a qilish ularning elektr uchun xarajatlarini oshirayotgani, yordam so‘rayotganlarning aksariyati elektrdan qarzdorligini ma’lum qildi. U texnikalar o‘rniga quyosh panellari berishni taklif qildi.

Xorazmda 83 tup daraxt noqonuniy qo‘porib tashlangani aniqlandi
18 dekabr 2022, 10:19

Xorazmda 83 tup daraxt noqonuniy qo‘porib tashlangani aniqlandi

Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer xo‘jaligida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtlar qo‘porilgan, 3 tup daraxt shikastlangani aniqlandi. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20 dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda
18 dekabr 2022, 10:07

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20 dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20 dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda.

Qonunchilik palatasi qo‘mitasi 2023-yil uchun davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqmoqda
17 dekabr 2022, 17:55

Qonunchilik palatasi qo‘mitasi 2023-yil uchun davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqmoqda

Quyi palataning budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi 15-dekabrga qadar qabul qilinishi kerak bo‘lgan 2023-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi loyihani ko‘rib chiqmoqda. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilmadi.

Shahrisabz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 2024-yilgi turizm poytaxti deb e’lon qilindi
17 dekabr 2022, 16:56

Shahrisabz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 2024-yilgi turizm poytaxti deb e’lon qilindi

IHT Turizm vazirlarining IV yig‘ilishi yakuniga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri tashkilotning 2024-yildagi turizm poytaxti etib tasdiqlandi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov senator etib saylandi
17 dekabr 2022, 16:45

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov senator etib saylandi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov 17 dekabr kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

Jahon banki strategik islohotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga qariyb $1 mlrd qarz beradi
17 dekabr 2022, 15:58

Jahon banki strategik islohotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga qariyb $1 mlrd qarz beradi

JB strategik islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekistonga $470 mln imtiyozli va $480 mln qiymatdagi past stavkali kreditlar taqdim etishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 12 yildan 34 yilgacha muddatga beriladi.

Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
17 dekabr 2022, 15:15

Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Nima o‘qiymiz? Tarjimon va bloger Sardor Salim tavsiya qiladi
17 dekabr 2022, 14:46

Nima o‘qiymiz? Tarjimon va bloger Sardor Salim tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.

Poytaxtda yangi yil bayrami tabdirlari 25-dekabrdan 5-yanvargacha bo‘lib o‘tadi
17 dekabr 2022, 14:39

Poytaxtda yangi yil bayrami tabdirlari 25-dekabrdan 5-yanvargacha bo‘lib o‘tadi

Yangi yil munosabati bilan poytaxtda 25-dekabrdan 5-yanvargacha bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bayram dasturlari tashkilotchisi — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hisoblanadi.

Toshkentda o‘ziga tegishli bo‘lmagan ko‘chmas mulkni $150 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
17 dekabr 2022, 13:52

Toshkentda o‘ziga tegishli bo‘lmagan ko‘chmas mulkni $150 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi olti nafar shaxs poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan ko‘chmas mulk hujjatlarini soxtalashtirib, uni $150 ming evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishda gumonlanmoqda. Hozirda holat yuzasidan JKning tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi.

Hududiy YHXBlar 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi
17 dekabr 2022, 13:50

Hududiy YHXBlar 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi

Hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari jami 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura. Qolaversa, MIB tomonidan 27,6 mlrd so‘mlik 62 mingta jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar asossiz ravishda YXHB organlariga qaytarilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting