Arxiv

Ajemo‘g‘li, Jonson va Robinsonga nega Nobel mukofoti berildi? Iqtisodchi Behzod Hoshimov tushuntiradi
17 oktabr 2024, 15:37

Ajemo‘g‘li, Jonson va Robinsonga nega Nobel mukofoti berildi? Iqtisodchi Behzod Hoshimov tushuntiradi

Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti siyosiy institutlarning farovonlikka ta’sirini o‘rganishga doir tadqiqotlari uchun Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz” bilan suhbatda mukofotga nega aynan ular loyiq ko‘rilganini tushuntirdi.

Toshkentning Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar bulvari tashkil etish rejalashtirilmoqda
17 oktabr 2024, 14:56

Toshkentning Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar bulvari tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri hokimligi va “Toshkent invest” kompaniyasi Yangihayot tumanida jamoat savdo-ko‘ngilochar bulvarini qurish uchun investor qidirmoqda. Uzunligi 1 km bo‘lgan bulvarda gastronomik, sport, savdo va bolalar uchun ko‘ngilochar joylar bo‘ladi.

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari orasida ikki nafar bolalar ham bo‘lgan — TIV
17 oktabr 2024, 14:19

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari orasida ikki nafar bolalar ham bo‘lgan — TIV

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Ularning barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lgan. Vafot etganlar orasida ikki nafar bola ham bor.

Videoreportaj: Zarqaynardagi eski uylar obodonlashtirish sabab qulayapti
17 oktabr 2024, 13:48

Videoreportaj: Zarqaynardagi eski uylar obodonlashtirish sabab qulayapti

Olmazor tumanida “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan Zarqaynar ko‘chasidagi uylardan biri qulab tushdi. Bu birinchi holat emas. “Gazeta.uz” muxbirlari hududda bo‘lib, aholiga qanday yordam ko‘rsatilayotganiga aniqlik kiritishga harakat qildi, fuqarolar va tuman hokimligi mas’uliga mikrafon tutdi.

Samarqand Provansi. Bir lavanda fermasi tarixi
17 oktabr 2024, 13:15

Samarqand Provansi. Bir lavanda fermasi tarixi

Server O‘smanov 2017-yili Samarqandning bir chekkasida ko‘chatxona ochadi. Bir yil o‘tib uning yashil kolleksiyasida besh tup lavanda paydo bo‘lgan. Hozir esa uning gektarlik lavandazoriga har yili yuzlab odam keladi. Server aka o‘nlab o‘simlik turlari parvarishlayotgan bu joyni botanika bog‘iga aylantirish niyatida.

Golden House o‘qituvchilar uchun aksiyasini 31-oktabrgacha uzaytirmoqda
17 oktabr 2024, 13:00

Golden House o‘qituvchilar uchun aksiyasini 31-oktabrgacha uzaytirmoqda

Golden House kompaniyasi “Ustozimga rahmat” aksiyasi 31-oktabrgacha uzaytirilishini mamnuniyat bilan e’lon qildi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
17 oktabr 2024, 12:31

Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

Prezident qarori bilan sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni keyinga qoldirdi
17 oktabr 2024, 12:30

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni keyinga qoldirdi

Markaziy bank xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari oktabr oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinishini kutmoqda. Shu munosabat bilan regulyator asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qildi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rahbari “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi bo‘ldi
17 oktabr 2024, 12:03

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rahbari “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi bo‘ldi

Shu vaqtgacha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” tashkiloti bosh direktori bo‘lgan Sharafiddin Kadirov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.

IT park rezidentlariga qo‘shimcha faoliyat turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
17 oktabr 2024, 12:01

IT park rezidentlariga qo‘shimcha faoliyat turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi

Prezident farmoni bilan IT park rezidentlari biznes-jarayonlar autsorsingi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirishi va internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishi belgilandi.

Toshkentda pulli “parkovka” uchun to‘lovlar miqdorlari tasdiqlandi
17 oktabr 2024, 11:14

Toshkentda pulli “parkovka” uchun to‘lovlar miqdorlari tasdiqlandi

Toshkent shahri hokimi qarori bilan pulli to‘xtab turish joylarini tashkil etish tartibi va transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorlari tasdiqlandi. To‘lovlar tarif zonalariga ko‘ra bir soat uchun 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilandi.

Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
17 oktabr 2024, 10:43

Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu lavozimda ishlab kelgan Erkin Muhitdinov prezident majlisida ishdan olingandi.

Foto: Xorijiy saylov uchastkalarida boshlangan deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari
17 oktabr 2024, 10:04

Foto: Xorijiy saylov uchastkalarida boshlangan deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari

O‘zbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyadagi ayrim uchastkalardan fotoreportaj.

Ukrainadagi urushda qatnashgan O‘zbekiston fuqarosi uch yilga qamaldi
17 oktabr 2024, 09:53

Ukrainadagi urushda qatnashgan O‘zbekiston fuqarosi uch yilga qamaldi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi 56 yoshli erkak Rossiyaga ishlash uchun borib, u yerda moddiy manfaat evaziga Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan. U sud qarori bilan uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Prezident pulli yo‘llar qurilishini jadallashtirish muhimligini ta’kidladi
17 oktabr 2024, 09:47

Prezident pulli yo‘llar qurilishini jadallashtirish muhimligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Samarqand va Andijongacha bo‘lgan pulli avtomobil yo‘llari loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, bunday yo‘llarni qatnov darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda qurish zarurligini ta’kidladi. Muqobil bepul yo‘lning ham mavjud bo‘lishi alohida qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

Abozor avtomobil sotib olish va sotishning qulay hamda tezkor usulini taqdim etadi
17 oktabr 2024, 09:00

Abozor avtomobil sotib olish va sotishning qulay hamda tezkor usulini taqdim etadi

O‘zbekiston avtomobil bozorida Abozor`ning paydo bo‘lishi bilan avtomobillarni sotib olish va sotish oson va samarali bo‘lib bormoqda. Platforma avtomobilni tez va shaffof tarzda sotib olish yoki sotish imkonini beradi.

Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchilari tayinlandi
17 oktabr 2024, 00:52

Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
17 oktabr 2024, 00:35

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi

Payshanbaga o‘tar kechasi Afg‘onistonda 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Surxondaryo viloyatida sezilib, 2 ballni tashkil etdi.

16-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 oktabr 2024, 23:38

16-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent viloyatida ishga tushadigan tumanlararo “sanoat uchburchagi”, kichik AES qurish uchun ehtimoliy 14 hudud, rekord darajada o‘sgan elektromobillar savdosi, Rossiya armiyasiga qo‘shilishdan ogohlantirilgan o‘zbekistonlik migrantlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Sirdaryoda o‘qituvchi birinchi sinf o‘quvchisiga igna sanchib, hojatxonaga ruxsat bermadi
16 oktabr 2024, 23:12

Sirdaryoda o‘qituvchi birinchi sinf o‘quvchisiga igna sanchib, hojatxonaga ruxsat bermadi

Sirdaryo viloyatidagi 27-maktabda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘llariga igna sanchdi va hojatxonaga chiqishiga ruxsat bermadi. Qizning otasi bunga qo‘shimcha darslar uchun 50 ming so‘m to‘lashdan bosh tortgani sabab bo‘lganini aytdi. Bolalar ombudsmani vaziyatni o‘rganmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting