Arxiv

O‘zbekiston — BAA futbol uchrashuvi sabab «Bunyodkor» stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
15 oktabr 2024, 13:59

O‘zbekiston — BAA futbol uchrashuvi sabab «Bunyodkor» stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va BAA uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.

Afg‘oniston tomonidan «Termiz» chegaraoldi savdo markazidagi konsertlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday so‘rov olinmagan — TIV
15 oktabr 2024, 12:42

Afg‘oniston tomonidan «Termiz» chegaraoldi savdo markazidagi konsertlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday so‘rov olinmagan — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan chegara yaqinidagi «Termiz» xalqaro savdo markazida konsertlar va musiqa jo‘rligidagi tadbirlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday murojaat olmaganini ma’lum qildi.

Sirdaryoda uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi
15 oktabr 2024, 12:22

Sirdaryoda uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi

Sirdaryo tumanida 2024-yilning aprel oyida bir oilaning uch a’zosini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yuborgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklanadi
15 oktabr 2024, 11:59

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklanadi

Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi. Avtotransport oqimi bir oyga to‘rt chiziqli yo‘ldan faqat ikkitasiga yo‘naltiriladi. Bu paytda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkaziladi.

Oybek Elmuratov Farmatsevtika agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi
15 oktabr 2024, 10:54

Oybek Elmuratov Farmatsevtika agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi

Shu vaqtgacha Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. lavozimida ishlagan Oybek Elmuratov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi.

“Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlandi
15 oktabr 2024, 10:42

“Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Ovoz berish bosqichi 25-oktabr kuni soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Qashqadaryoda Labo haydovchisi mast fuqaroni urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Piyoda vafot etdi
15 oktabr 2024, 10:11

Qashqadaryoda Labo haydovchisi mast fuqaroni urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Piyoda vafot etdi

Qarshi tumanida Labo haydovchisi mast piyodani urib yuborib, uni paxta dalasiga tashlab ketdi. Oqibatda fuqaro tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli vafot etdi. Haydovchi protsessual tartibda ushlandi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi
15 oktabr 2024, 09:56

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti ochildi. U vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan tayyorlangan.

Aviatsiya muzeyini ochish g‘oyasi muallifi O‘zbekiston prezidentiga murojaat qildi
15 oktabr 2024, 08:31

Aviatsiya muzeyini ochish g‘oyasi muallifi O‘zbekiston prezidentiga murojaat qildi

11 yildan beri Toshkentda Aviatsiya muzeyini ochish g‘oyasini ilgari surayotgan Abror Satimov O‘zbekiston prezidentiga ochiq xat yozdi. Uning aytishicha, o‘tgan davrda turli idoralarga qilingan murojaatlar natija bermagan. Ayni damda, mamlakat bo‘ylab sochilib ketgan samolyotlar asta-sekin buzilib, vayron bo‘lyapti.

14-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
14 oktabr 2024, 22:35

14-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Xalqaro kosmos shartnomasiga qo‘shilgan O‘zbekiston, parlament saylovida sinovdan o‘tkaziladigan elektron ovoz berish, Toshkent viloyatida qurilishi boshlangan loyihalar, rekord darajada oshgan dollar kursi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Namanganda tadbirkor 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
14 oktabr 2024, 21:50

Namanganda tadbirkor 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tadbirkorlik subyektiga tegishli suv taqsimlash inshooti tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanishi oqibatida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Prezident Toshkent viloyatida 2 mlrd dollarlik 9 ta loyiha qurilishi va faoliyatiga start berdi
14 oktabr 2024, 21:40

Prezident Toshkent viloyatida 2 mlrd dollarlik 9 ta loyiha qurilishi va faoliyatiga start berdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida 2 mlrd dollar evaziga amalga oshiriladigan 9 ta loyiha, jumladan, maxsus sanoat texnoparki, oziq ovqat va o‘g‘it tayyorlash korxonalari, QES, GESlar, energiya saqlash tizimlarini qurish va ishga tushirish ishlariga start berdi.

Jizzax SSBga yangi rahbar tayinlandi
14 oktabr 2024, 20:52

Jizzax SSBga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan Jizzax viloyati SSBga yangi boshliq tayinlandi. Maxmarasul Umarov bungacha SES viloyat boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan.

Toshkentda qariyb 44 ming dollarlik qalbaki dorilar savdosi to‘xtatib qolindi
14 oktabr 2024, 20:40

Toshkentda qariyb 44 ming dollarlik qalbaki dorilar savdosi to‘xtatib qolindi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida ikki fuqaro umumiy qiymati salkam 44 ming dollarlik 4000 quti qalbaki dori vositalarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.

Dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi
14 oktabr 2024, 20:17

Dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy bankining AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 3,76 foizga qadrsizlandi.

Prezident Yangiyo‘ldagi “Tinchlik” KSZ faoliyati bilan tanishdi
14 oktabr 2024, 19:42

Prezident Yangiyo‘ldagi “Tinchlik” KSZ faoliyati bilan tanishdi

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Yangiyo‘l tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida bo‘ldi va u yerdagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. U mahsulot zarur bo‘lgan tarmoqlar bilan kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Toshkentda noqulay ob-havo sabab yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yong‘in yuzaga keldi
14 oktabr 2024, 19:08

Toshkentda noqulay ob-havo sabab yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yong‘in yuzaga keldi

Toshkent shahrida noqulay ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi va daraxt shoxlari sinishi oqibatida Vodil-1 tarmog‘iga qarashli elektr uzatish qurilmasida avariya yuz berdi. Elektr ta’minotidagi 1 soatlik uzilishdan so‘ng nosozlik bartaraf etildi.

Ko‘chki, sel, suv toshqini va qor ko‘chishi sodir bo‘lganda nima qilish kerak?
14 oktabr 2024, 17:56

Ko‘chki, sel, suv toshqini va qor ko‘chishi sodir bo‘lganda nima qilish kerak?

BMTTD, FVV va O‘zgidromet tomonidan tayyorlangan infografika O‘zbekistonning tabiiy ofat xavfi yuqori bo‘lgan hududlari aholisiga xavf tug‘ilganda harakatlanishda yordam beradi.

Yangi paydo bo‘lgan chiqindi zonalari aerokosmik texnologiyalar yordamida aniqlanadi
14 oktabr 2024, 17:50

Yangi paydo bo‘lgan chiqindi zonalari aerokosmik texnologiyalar yordamida aniqlanadi

Prezident farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi. Hujjat bilan davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

“O‘z uyimizda BAAni hozircha mag‘lub etmaganmiz. Bu an’anaga chek qo‘yishga harakat qilamiz” — murabbiy Vlado Radmanovich
14 oktabr 2024, 17:41

“O‘z uyimizda BAAni hozircha mag‘lub etmaganmiz. Bu an’anaga chek qo‘yishga harakat qilamiz” — murabbiy Vlado Radmanovich

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-oktabrda BAAga qarshi o‘ynaydi. Shu vaqtgacha terma jamoa o‘z uyida raqibni mag‘lub etolmagan. Murabbiy Vlado Radmanovich bo‘lajak o‘yinda jamoa salbiy an’anaga chek qo‘yish niyatida ekanini aytdi. Futbolchilar tayyor, ijobiy natija uchun maydonga tushamiz, dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting