Toshkentning markaziy ko‘chalari xalqaro konferensiyaga tashrif buyurgan delegatsiyalar sababli vaqti-vaqti bilan yopilmoqda. Ularga tutash ko‘chalarda katta tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Haydovchilarga navigatorlarga qarab harakatlanish, jamoat transporti yo‘lovchilariga esa manzilga borish uchun odatdagidan uzoqroq vaqt ketishini inobatga olish tavsiya etiladi.
AQSh Afg‘onistondagi tinchlik bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashda va Afg‘oniston mudofaa kuchlariga yordam berishda davom etadi, deya ma’lum qildi AQSh prezidentining maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall Toshkentdagi yig‘ilishda. «Biz Qo‘shma Shtatlarga va ittifoqchilarimiz hamda sheriklarimiz xavfsizligiga tahdid soluvchi terrorchilarga qarshi agressiv harakatlarimizni davom ettiramiz», — dedi u.
Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Abdulla Azizov O‘zbekiston endi oyoqqa turayotganini, shuning uchun davlat xizmatchilari dam olish kunlari ham ishlashga majburligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta odamga bog‘lanib qolgan boshqaruv tizimdan bosqichma-bosqich voz kechish kerak.
O‘zbekiston prezidenti Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.
Apellyatsiya sudi avvalroq 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy uchun jazo muddatini o‘z kuchida qoldirdi. Blogerga ikkita uyi qaytariladi.
O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi. Mamlakat oltin-valyuta zaxirasining 60,5 foizi oltinda. Birinchi o‘rinni 8,1 ming tonna zaxiralari bilan yana AQSh egallamoqda. Oltin sotib olish bo‘yicha eng faol markaziy banklar beshtaligiga O‘zbekiston ham kirgan.
«Markaziy Osiyo Mamlakatlari — AQSh» formati mintaqada hamkorlikni rivojlantirishning noyob modeli hisoblanadi. U iqtisodiyot, energetika va savdo sohasidagi aloqalarni yaxshilashga, xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda javob berishga yordam berdi, deya ta’kidladi O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov.
Jizzaxda 2 nafar fuqaroni 18 ming AQSh dollari evaziga xorij universitetlaridan biriga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 493 nafar fuqaroda koronavirus, 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Amir Temur xiyobonida 150−200 ga yaqin fuqarolar to‘planishiga sababchi bo‘lgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) ma’muriy javobgarlikka tortildi. Unga 1 mln 225 ming miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Toshkentga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponentini yetkazib berildi.
Isroilda BAA elchixonasining ochilgani, Armanistonning Qorabog‘dagi urushda 8 mingga yaqin kishini yo‘qotgani, Britaniya hukumatining «Tolibon» bilan hamkorlik qilishga tayyorligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Ish haqidan soliq to‘laydigan o‘zbekistonliklar soni yil davomida qariyb 500 ming kishiga ko‘payib, 4,64 million nafarga yetdi. Ularning ko‘pchiligi haligacha 1 mln so‘mgacha miqdorda oylik oladi, biroq iqtisodiy faollik qayta tiklangani munosabati bilan 2 mln so‘m va undan ko‘p oylik oladigan soliq to‘lovchilar soni oshdi, deyiladi Moliya vazirligi hisobotida.
Amir Temur xiyobonidagi ommaviy to‘planish, Buyuk Britaniyaning “oltin vizasi"ni olgan o‘zbekistonliklar, noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar, Yangi O‘zbekiston universitetining kontrakt narxi, Andijonda IIB xodimlari fuqaroning qo‘lini sindirgani rad etilishi — “Gazeta.uz"ning 14 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
20−25 iyul kunlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan qo‘shimcha 4 mln doza olib kelinadi. Shuningdek, avgust-cyentyabr oylarida Sputnik V vaksinasidan 160 ming doza COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda, deya xabar berdi deputat Doniyor G‘aniyev.
Andijon shahar deputati Jahongir Jiyanov IIB xodimlari fuqaroning qo‘lini sindirgani haqida xabar berdi. Bosh prokuratura Andijon shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qildi. IIV matbuot kotibi esa fuqaroga IIB xodimlari tomonidan jarohat yetkazilganini rad etdi. Xabar berilishicha, fuqaro ertalab tez tibbiy yordam bo‘limiga IIO xodimlari tan jarohati yetkazganligi bo‘yicha murojaat etgan. Hozirda fuqaro jarohatni qayerda olganligi bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston energetika sohasining faxriy xodimi Ruslan Mubarakshin 59 yoshida vafot etdi. U 2021 yil fevraldan hozirga qadar “Chirchiq transformator zavodi” AJ bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Karantin qoidalari va cheklovlari qo‘pol ravishda buzilayotgan holatlar, xususan, 13 iyul kuni Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida 150−200 nafarga yaqin yoshlar yig‘ilgan holati epidemiologik vaziyatning yanada og‘irlashishiga olib kelishi mumkin, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. «Kasallikning yangi shtammlari tez yuqishi, jadal rivojlanishi hamda yashirin ravishda organizmni kuchli jarohatlashi kuzatilmoqda», — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Afg‘onistondagi mojaro ishtirokchilarini ShHTga a’zo davlatlar bilan chegaradosh tumanlarda beqarorlik va kutilmagan oqibatlarga olib keluvchi kuch va harakatlarni qo‘llashdan tiyilishga chaqirdi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov fikriga ko‘ra, rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) bilan profilaktik suhbat emas, balki «unga nisbatan yolg‘on ma’lumot tarqatib, jamoat tartibi va sog‘ligiga xavf tug‘dirgani, yig‘ilishlar o‘tkazish tartibini buzgani» nuqtai nazaridan huquqiy baho berilishi kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting