Arxiv

«Agrobank» Fermerlar maktabining afzalliklari xaqida so‘zlab berdi
12 iyul 2021, 17:00

«Agrobank» Fermerlar maktabining afzalliklari xaqida so‘zlab berdi

Fermerlar maktabi o‘quvchilarini o‘qitish uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb qilingan, shuningdek, maxsus o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilgan.

Masdar bilan ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi
12 iyul 2021, 16:17

Masdar bilan ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Masdar kompaniyasi bilan Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 220 MVt quvvatga ega ikkita fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyiha shartnomalari imzolandi. Qurilish 2022 yilning birinchi choragida boshlanadi.

Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi
12 iyul 2021, 16:08

Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 15,51 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 637 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.

Afg‘oniston harbiylarini O‘zbekistonga qabul qilish bo‘yicha murojaat bo‘lmagan — Sherzod Asadov
12 iyul 2021, 13:22

Afg‘oniston harbiylarini O‘zbekistonga qabul qilish bo‘yicha murojaat bo‘lmagan — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov KXSHT tomonidan O‘zbekiston hududiga harbiy bazani joylashtirish bo‘yicha taklif kelib tushmaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, AQSh tomonidan afg‘on hukumati askarlarini vaqtincha O‘zbekiston hududiga qabul qilish bo‘yicha taklif ham kelib tushmagan.

Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini ma’lum qildi
12 iyul 2021, 12:08

Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini ma’lum qildi

San’atdan ketishini e’lon qilgan va prezident saylovlarida ishtirok etishni niyat qilgan Jaxongir Otajonov onasining noroziligi tufayli siyosatdan ketishini e’lon qildi. U bu yil konsert berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Kubada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
12 iyul 2021, 11:48

Kubada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Kubada minglab aholi hukumatga qarshi namoyish o‘tkazdi. Namoyishchilar aholini koronavirusga qarshi vaksinalar bilan ta’minlashni talab qildilar va elektr energiyasi hamda oziq-ovqat ta’minotidagi uzilishlardan noroziliklarini bildirdilar. Bu mamlakatdagi 30 yil ichidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.

Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
12 iyul 2021, 11:45

Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning aksariyat qismida O‘zbekistonda +37 darajagacha bo‘lgan yog‘ingarchiliksiz o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Afg‘oniston va Pokiston yetakchilari O‘zbekistonga keladi
12 iyul 2021, 11:34

Afg‘oniston va Pokiston yetakchilari O‘zbekistonga keladi

15−16 iyul kunlari Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev bir qator mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shu hafta qator hududlarda nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.

Surxondaryoda tez tibbiy yordam uchun 5 ta Damas sotib olindi. SSV ushbu xizmatga Damas sotib olinmasligini aytgan edi
12 iyul 2021, 11:12

Surxondaryoda tez tibbiy yordam uchun 5 ta Damas sotib olindi. SSV ushbu xizmatga Damas sotib olinmasligini aytgan edi

Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi iyul oyida kamida beshta Damas-2 D13 avtomashinalarini xarid qilgan. SSV o‘rinbosari Amrillo Inoyatov o‘tgan yilning oxirida Damas rusumidagi avtomobillarni tibbiyot uchun sotib olish to‘xtatilganini aytgan edi.

Pnevmoniya bilan kasallanish holatlari ortmoqda
12 iyul 2021, 10:47

Pnevmoniya bilan kasallanish holatlari ortmoqda

11 iyul kuni O‘zbekistonda 458 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi.

Yevro-2020. Italiya Yevropa chempioni bo‘ldi
12 iyul 2021, 03:26

Yevro-2020. Italiya Yevropa chempioni bo‘ldi

Yevropa chempionatining final uchrashuvida Italiya terma jamoasi Angliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chempion bo‘ldi (foto, statistika, video).

Milliarder Richard Brenson raketoplanda koinotga parvoz qildi
12 iyul 2021, 01:49

Milliarder Richard Brenson raketoplanda koinotga parvoz qildi

Virgin Galactic kompaniyasi asoschisi Richard Brenson VSS Unity raketoplanida koinotga parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, kosmik turizm erasi boshlanganini e’lon qildi.

Argentina Braziliyani mag‘lub etib, Amerika kubogida chempion bo‘ldi
11 iyul 2021, 15:52

Argentina Braziliyani mag‘lub etib, Amerika kubogida chempion bo‘ldi

Amerika kubogi turnirida Argentina hamda Braziliya terma jamoalari finalda o‘zaro kuch sinashishdi. Mazkur uchrashuvda Argentina 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempion bo‘ldi.

Italiya — Angliya. Yevropa chempionati final o‘yiniga prevyu
11 iyul 2021, 13:54

Italiya — Angliya. Yevropa chempionati final o‘yiniga prevyu

11 iyuldan 12 iyulga o‘tar kechasi Yevropa chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Yevropa kubogi uchun bahsda Italiya va Angliya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.

O‘zbekiston besh oyda 291,6 mln dollarga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan
11 iyul 2021, 13:05

O‘zbekiston besh oyda 291,6 mln dollarga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

Yanvar-may oylarida qiymati 291,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. Eksport qilish bo‘yicha hududlar kesimida Toshkent, Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

Adliya vaziri jamoat joylarida «ibodat libosi» taqiqi bekor qilinganiga izoh berdi
11 iyul 2021, 12:52

Adliya vaziri jamoat joylarida «ibodat libosi» taqiqi bekor qilinganiga izoh berdi

«Bir necha yil oldin ishchi guruh «ibodat libosi» tushunchasini aniqlashga urindi, ammo guruh bu borada «boshi berk ko‘chaga kirib qoldi», dedi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu konsepsiyaning ta’rifi bilan bog‘liq muammolar tufayli, hatto oddiy vaziyatlarda ham odamlar javobgarlikka tortilgan, ammo «endi bu amaliyot to‘xtatildi».

“O‘zbekiston shampani” zavodining davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi
11 iyul 2021, 11:21

“O‘zbekiston shampani” zavodining davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi

O‘zini shampan va gazlangan vinolarni ishlab chiqarish bo‘yicha yagona ixtisoslashgan zavod sifatida tan oladigan “O‘zbekiston shampani” aksiyadorlik jamiyatining 51,48 foiz davlat ulushini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

10 iyul kuni 274 kishida pnevmoniya aniqlandi
11 iyul 2021, 11:11

10 iyul kuni 274 kishida pnevmoniya aniqlandi

Shanba kuni O‘zbekistonda 485 nafar fuqaroda koronavirus, 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Hududlarda koronavirusga chalingan bemorlarini davolash markazlari qayta ish boshlamoqda
11 iyul 2021, 09:37

Hududlarda koronavirusga chalingan bemorlarini davolash markazlari qayta ish boshlamoqda

Samarqand va Namangan viloyatlarida 1000 va 400 o‘rinli koronavirusga chalingan bemorlarini davolash markazi qayta ish boshladi.

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi
11 iyul 2021, 09:17

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi

Kecha Farg‘ona va Andijon viloyatlarida kun davomida ikki marta zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting