Hukumat qarori bilan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yagona «E-ma'muriy ish» elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. Avtomototransportlarni jarima maydonchalariga qo‘yish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori asosida ushbu tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Tojikistonning sharqiy qismida 5,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Natijada, besh kishi halok bo‘ldi va 19 ta uy zarar ko‘rdi.
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya zaxiralari kollejlarining Paralimpiya sport bo‘limlariga yuborilgan sportchilar uchun qo‘shimcha 10 foizgacha kvota ajratish, shuningdek ushbu bo‘limlarda ota-onalardan o‘quv to‘lovlarini undirish tartibini bekor qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Qizlar uchun kvotani ko‘paytirish orqali Xalqaro olimpiya qo‘mitasining gender tenglikka doir tamoyillari ta’minlanadi.
Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur) rekonstruksiyasi loyihasini taqdim etdi. Bu yer dam olish va sayr qilish uchun sokin va soya-salqin joy bo‘ladi. Bog‘ yoz oxirida o‘z eshiklarini qaytadan ochadi. Bu yerda bolalar maydonchalari, kutubxona, sport zonalari va piknik joylari bo‘ladi. Birorta ham attraksion bo‘lmaydi.
Sud kuchukni daraxtga osib qo‘ygan bolalarning ota-onalarini 245 ming so‘m hamda voqeani videoga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan o‘rta maktab o‘quvchilarining har birini 2,4 mln so‘m miqdorida jarimaga tortdi.
73 yoshli kishiga qarshi kuch ishlatganlikda ayblangan Toshkent shahar IIBB PPX sobiq xodimlariga sud hukmk o‘qildi. Ular 2 yil muddatga Ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi va besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.
Juma kuni O‘zbekistonda 467 nafar fuqaroda koronavirus, 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Tojikistonda bo‘lgan.
Pishloq va ko‘katli pirojkalar, pomidorli tost va tovuqli sloykalar, lavashli naychalar — Zira.uz nonushta uchun tayyorlasa bo‘ladigan yeguliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Namangan viloyatida topilgan 6 dona eski aviabomba Popdagi harbiy qism poligonida yo‘q qilindi. Ular topilgan hududda o‘tgan asrning 50-yillarigacha harbiy poligon bo‘lgani aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Qibray tumanida «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishi bilan tanishdi. Manzarali daraxtlar ekiladigan bog‘da «Istiqlol» majmuasi, amfiteatr, sun’iy ko‘l, sport va bolalar maydonchalari hamda boshqalar barpo etiladi.
AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani, yangi tayinlovlar, Namangandan topilgan “aviatsion” bombalar — “Gazeta.uz"ning 9 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning qayd etishicha, qonunchilikka o‘zgartirish kiritish orqali korrupsionerlarga jinoiy jazoni o‘tashda yengillik berilmaydi. Masalan, korrupsion jinoyatni sodir etganlar muddatidan oldin ozodlikka chiqarilmaydi, ularga tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtirilmaydi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat xizmatchilarining xorijda mol-mulkka ega bo‘lishi 1 yanvardan taqiqlanishini eslatib, bunda ushbu davrgacha davlat xizmatida bo‘lgan paytda orttirilgan mulk ham inobatga olinishini ta’kidladi. «Agar bo‘lsa, yanvargacha yo‘qotish kerak unaqa mulkini. Meros bo‘lib qoladigan bo‘lsa ham, u merosni sotib yoki xadya bo‘ladigan bo‘lsa, uni ham o‘zidan begonalashtirishi kerak», — dedi u.
Oxirgi to‘rt yarim yil ichida 9546 nafar shaxs turli ko‘rinishdagi korrupsion jinoyatlarni sodir etgan. Buning oqibatida davlat va fuqarolar manfaatlariga 3 trln 200 mlrd so‘mga yaqin ziyon yetkazilgan.
Muxsinxo‘ja Abduraxmonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i, shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Dollarning rasmiy kursi 9,26 so‘mga pasaydi va jami 10 621,49 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.
«Tolibon» harakati vakillari Afg‘onistonning Qandahor shahriga kirishdi. Avval shaharning markaziy qamoqxona, so‘ng bozor hududida janglar bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. Bir necha tinch aholi vakillari halok bo‘lgan va yaralangan.
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini chiqarishni 31 avgust kuni yakunlaydi. Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh «Al-Qoida» rahbarini yo‘qotib, mamlakatdagi o‘z maqsadlariga erishganligini ta’kidladi. «Afg‘onistonning keyingi taqdirini hal qilish — faqat afg‘on xalqining huquqi va mas’uliyati», — dedi u.
O‘zbekiston umumiy qiymati 870 mln dollarga teng bo‘lgan yevro obligatsiyalarini ikkita transhda chiqaradi. Dollarli transh 10 yil muddatga, so‘mda ko‘rsatilgan yevrobondlar esa 3 yoki 5 yilga chiqariladi, deya xabar berdi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting