Dollarning rasmiy kursi 5,71 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 630,75 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.
Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova barcha kommunal xizmatlar uchun aholi va ta’minotchi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar qayta ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladi. «Elektr ta’minoti uchun to‘lovni 5 kunga kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi yoki ta’minotdan uzib qo‘yiladi. Lekin hech qanday ogohlantirishsiz elektr ta’minoti to‘xtatilsa yoki kuchlanish ortib ketgani sababli xonadonlardagi elektr asboblar ishdan chiqsa, ta’minotchiga chora ko‘rishning imkoni yo‘q», — dedi u.
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida 3 nafar tomonidan 6 tup zarang va 2 tup shumtol daraxtlari o‘zboshimchalik bilan kesib tashlandi. Fuqarolarning har biriga 1 mln 225 ming so‘mdan jarima va 63 mln 700 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zararni qoplash uchun kompensatsiya hisoblandi.
Tojikiston KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirishga yordam berish iltimosi bilan murojaat qildi. Avvalroq, KXSHT agar Tojikiston siyosiy, harbiy va harbiy-texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilsa qo‘llashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar 2021 yil uchun har oylik 150 ming so‘m qat’iy belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliqni to‘laydilar. Berilgan litsenziya varaqasi bo‘yicha bir yilga 245 ming so‘m miqdorida davlat boji undiriladi. 1 sentyabrgacha YATT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlar uchun davlat boji undirilmaydi.
Samarqandlik 18 yoshli bola totalizatorda katta miqdorda pul yutqazib, qarz bo‘lib qolganligi uchun o‘z joniga qasd qilganligi aytilmoqda. Ushbu holat Daryo muxbirining Bosh prokuraturaga murojaatidan keyin aniqlanib, tergovga qadar tekshirish ishlari boshlandi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 490 nafar fuqaroda koronavirus, 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Yanvar-iyun oylarida respublika bo‘ylab 19 ming 406 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ajrim Toshkent shahri, Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.
23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlarining ochilishi rejalashtirilgan Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan 22 avgustgacha favqulodda vaziyat e’lon qilinadi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boshchiligida tomoshabinlar sonidagi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.
15−16 iyul kunlari Toshkent shahrida «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbirda O‘zbekiston, Afg‘oniston prezidentlari, Pokiston va boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari hamda yuqori darajadagi vakillari ishtirok etadi.
Yevropa chempionatining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Italiya — Angliya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi. Final uchrashuvi 11 iyul kuni o‘tkaziladi.
Bir qator davlat idoralarining rahbariyatidagi o‘zgarishlar, yangi telekanalning ish boshlashi, metro bekatlarida svet o‘chishi, Komil Allamjonovning Saida Mirziyoyeva va Gulnora Karimovani taqqoslash haqidagi fikri — «Gazeta.uz»ning 7 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva may-iyun oylarida koronavirusga qarshi Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.
Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Gaiti prezidentining o‘z uyida o‘ldirilgani, Turkmanistonda majburiy emlashning joriy etilgani, Litvaning Belarus bilan chegara hududida devor barpo etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Moody’s agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini «B1» darajasida saqlab qoldi, biroq «barqaror» prognozini «ijobiy»ga o‘zgartirdi. Bunga mamlakatning institutsional salohiyati yaxshilangani va davlat siyosati samaradorligi ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaning ba’zi tashabbuslarini Gulnora Karimovaning g‘oyalari va loyihalari bilan taqqoslash haqida fikr bildirdi. «U paytdagi xatolar bizga ko‘proq bu yo‘lda xato qilishimizga yoki ularning qilgan xatoliklari bizga bir ko‘rgazma, aslida. Biz shu xatolarni qilsak, loyihalarni shunday xatolik bilan qilsak qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rganmiz. Bu bizga saboq», — deya qo‘shimcha qiladi u.
Dollarning rasmiy kursi 22,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 625,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 5 yildan buyon buzilishini kutib yashayotgan mahalla hikoyasi Nodira Sulaymonova fotosuratlarida.
Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bug‘-gaz qurilmalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi quvurida gaz sizib chiqdi. Nosozlikni bartaraf etish ishlarini xavfsiz bajarish uchun gaz ta’minoti to‘xtatilmoqda. «Shu sababli respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin», — deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting