Yangihayot tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan Nexia-2 beton simyog‘ochga urildi. YTH sababli 23 yoshli haydovchi vafot etdi.
“Universitetda bo‘lish oson emas, ammo bo‘lmaslik undan ham qiyin” shiori ostida taqdim etilgan “Bugungi mavzu” seriali talaba yoshlarni qiynab kelayotgan ko‘plab aktual muammolarni ochib bergan.
Toshkentdagi yo‘nalishlarga yana 59 ta Yutong elektrobuslari qo‘yiladi (169 ta shunday transport vositasi 20-apreldan harakatlana boshlagan). Bu bir qancha yo‘nalishlarning harakat tarkibini to‘liq yangilash va ayrimlarida elektrobuslar sonini ko‘paytirish imkonini beradi.
Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida 18 va 25-may kunlari qo‘shimcha qatnovlar qo‘yiladi.
Uchtepa tumanida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi eskiz loyihasida 3 qavat bo‘lishi ko‘rsatilgani, biroq amalda 12+1 qavat qilib qurilayotgani aniqlandi. Qurilish vazirligi boshqarmasi holatni o‘rganib, binoning qo‘shimcha qismini buzish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi.
Rossiya Davlat dumasi Rossiya fuqaroligiga ega migrantlarni urushga yollash imkonini beruvchi loyihani tayyorlamoqda. Unda urushga yuborishga ruxsat berish, shuningdek, migrantlardan qurilish batalonida foydalanish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati bu yil 102 yilligini nishonlamoqda. Turkiston meteorologiya instituti tashkil etilgan 1921-yilning 7-mayi O‘zgidromet tavallud topgan kun sifatida nishonlanadi. XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kungacha xizmatning qanday rivojlangani — “Gazeta.uz” fotomaterialida.
Qashqadaryoda bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Avvalroq “Yuksalish” xodimlar va noqonuniy qaror qabul qilgan sud harakatlariga qanday baho berilganiga qiziqib, ish tafsilotlarini ochiqlashga chaqirgandi.
A’zamxon Nabiyev soatlarni 20 yildan beri to‘playdi. Uning kolleksiyasida 200 dan ortiq soat namunasi bor. Ularning ayrimlari vaqtni ko‘rsata boshlaganiga yuz yildan oshgan. “Gazeta.uz” noodatiy ustaxonada bo‘lib, soatsoz bilan uning kolleksiyasi, eski soatlarni sozlash va ularning bahosi haqida suhbatlashdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritildi. Endi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan roziliksiz pul o‘tkazgan yoki olib qo‘ygan yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmagan shaxslar 13,2 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi. Holat yana qaytarilsa, 3 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) muhim milliy qadriyatlar ro‘yxatini shakllantirishni taklif qildi. Unga, jumladan, ota-onaga ehtirom, o‘zbek tili, diniy bag‘rikenglik, so‘z erkinligi va boshqalar kiritilgan.
Samarqand viloyatida mahalla raislariga “Mening loyiham”ga ovoz berish bo‘yicha noqonuniy topshiriq bergan Pastdarg‘om tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i lavozimidan chetlatildi.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida dakara navli ertapishar qovun va do‘lbe navli tarvuz yetishtirilib, qovundan ilk hosil olindi. Yetilishiga 4 oy vaqt ketgan poliz mahsulotlari ichki bozorga yuborilmoqda. Foto.
Qo‘qon shahrida erkak turmush o‘rtog‘ini kaltakladi. Voqeaga xotinini boshqa bir erkakdan rashk qilgani sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura yanvar oyida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 12 yoshli qizni zo‘rlash va o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishi sudga oshirilganini ma’lum qildi. Avvalroq qiz yashagan uyda ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan 29 yoshli erkak qotillikda gumon qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
Tijorat banklari 11-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 395 — 11 440 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 460 — 11 510 so‘m.
12−13 va 16−17-may kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan kuchli yomg‘irlar sababli 9 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
8-aprel kuni 15 sutkaga qamalgan Activist loyihasi muallifi, bloger Hojiakbar Nosirov oradan bir oy o‘tib jamoatchilikka video chiqish bilan ko‘rinish berdi. “Menda hammasi yaxshi, ozodlikdaman. O‘lib ketganim yo‘q yoki firibgarlik, tovlamachilik bilan ustimdan jinoiy ishlar ochilgani yo‘q”, — deydi u.
Narpay tumanida yashovchi fuqaro va fermerning yashirin ohak sexi tashkil etib, 1,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Samarqand, Yuqorichirchiq, Qibray, TOshkent va Yangiariq tumanlarida ham gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh qilindi.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari aprel oyida 230 mln dollarga qisqarib, 35,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu pasayish, asosan, valyuta zaxiralarining qisqarishi bilan bog‘liq.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting