Qorabog‘da mina portlashi natijasida uch kishining halok bo‘lgani, Facebook’ning siyosatchilarga berilgan imtiyozlarni bekor qilishi, AQShda 59 ta Xitoy kompaniyasining qora ro‘yxatga kiritilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Issiqko‘l viloyatiga safari chog‘ida mast haydovchi boshqargan avtomobil uning kortejiga urilib ketdi.
14 iyundan nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqariladi. Banknotlar mavzusi «Buyuk Ipak yo‘li» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan.
Prezidentning tegishli farmoni bilan 1 iyulidan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oshiriladi. Shuningdek, ijtimoiy nafaqalar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etiladi.
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin koronavirusga qarshi emlandi. U “Sputnik V” vaksinasini qabul qilgan.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida unashtirilgan yigit-qizni mashinada o‘tirgan holatda qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish evaziga salkam 5 million so‘m talab qilgan IIB xodimlari ishdan bo‘shatildi.
Shahrisabzda Damas rusumli avtomashinasi o‘zini quvib o‘tishga uringan Lacetti bilan to‘qnashdi. Oqibatda Damas haydovchisi va uning ichidagi fuqaro vafot etdi.
So‘nggi uch yil ichida Toshkent iqtisodiyoti ikki baravar o‘sdi, dedi Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev. Aslida esa 2018−2020 yillarda poytaxt yalpi hududiy mahsulotining o‘sish sur’ati 22,6 foizni tashkil etdi. Shahar hokimi qurilgan metro bekatlari soni haqida ma’lumot berishda ham adashdi.
Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 547 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.
O‘zbekiston Markaziy banki 2000 va 20 000 so‘mlik banknotalarni muomalaga chiqaradi.
«Nuroniy» gazetasi bosh muharriri sifatida ishlab kelgan Olimjon O‘sarov Jurnalistlari ijodiy uyushmasining yangi raisi etib saylandi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) oliy darajadagi delegatsiyasi birinchi vitse-prezident Yurgen Rigterink Urganch shahrida YeTBB yangi mintaqaviy vakolatxonasining ochilishi marosimini o‘tkazadi.
Dam olish kunlari anomal issiq havo harorati +43 darajagacha, kechasi esa +27 darajagacha saqlanib qoladi. Ayrim tog‘li hududlarda shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
2021 yilning ilk to‘rt oyida oilaviy ajrashishlar soni oldingi yilga nisbatan 4897 taga ko‘p bo‘lgan.
Yer munosabatlari sohasida bir qator tub o‘zgartirishlar kutilmoqda. Xususan, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik va boshqa huquqlar bilan yer ajratish amaliyotlarini tugatish, yerga bo‘lgan huquq turlarini qisqartirish, tuman hokimlarining yer ajratish va qaytarib olish haqida qaror qabul qilish vakolati to‘liq bekor qilinishi va boshqalar — prezident yer munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Toshkentda Nexia-3, Lacetti va Mercedes-Benz ishtirokida to‘qnashuv bo‘ldi. Oqibatda bir nafar haydovchi va ikki yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 113,7 mln dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilgan bo‘lib, bu borada Xitoy, Koreya va Rossiya mamlakatlari yetakchi bo‘lib turibdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101 ming nafardan oshdi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 188 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
May oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari so‘nggi o‘n yil ichida eng yuqori darajaga bo‘ldi. Shu bilan birga, dunyo bo‘ylab mahsulotlar narxlari 12 oy ketma-ket o‘sib bormoqda, deya ma’lum qildi FAO.
Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchining o‘z joniga qasd qilishi maqomida bo‘lishiga fatvo berildi. Musulmonlar idorasi «Gazeta.uz»ga ushbu shaxslarga ham janoza o‘qilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting