Arxiv

Surxondaryoning 4 ta tumanidagi tadbirkorlar 2024 yilgacha soliqlardan ozod etiladi
2 iyun 2021, 12:07

Surxondaryoning 4 ta tumanidagi tadbirkorlar 2024 yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Shavkat Mirziyoyev Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida ochiladigan yangi tadbirkorlik subyektlarini yer, mol-mulk, kichik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod etishni taklif qildi.

Surxondaryoda Toshkentga bog‘liq bo‘lgan birorta muammo qolgani yo‘q — Shavkat Mirziyoyev
2 iyun 2021, 12:05

Surxondaryoda Toshkentga bog‘liq bo‘lgan birorta muammo qolgani yo‘q — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev savol berish, muammo va takliflarni o‘rtaga tashlashni so‘rab, bunga qarshi bo‘lganlar xiyonatchi bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, yig‘ilishda yoshlar masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Surxondaryodada infratuzilmani yaxshilash uchun 1,9 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti — prezident
2 iyun 2021, 11:50

Surxondaryodada infratuzilmani yaxshilash uchun 1,9 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotganini ma’lum qildi.

«Toshkent ko‘mak berishi kerak, lekin viloyatlar o‘zini aravasini o‘zi tortishi kerak» — prezident
2 iyun 2021, 11:46

«Toshkent ko‘mak berishi kerak, lekin viloyatlar o‘zini aravasini o‘zi tortishi kerak» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida 100 ming kishi ishsiz ekani va 80 ming nafari chet elga ekanliklarini aytib, «hokimlar bo‘yinbog‘ini yechib qo‘yib, haftada bir kun fuqarolar orasida yurishi kerakligini» ta’kidladi. «Toshkent ko‘mak berishi kerak, lekin viloyatlar o‘zini aravasini o‘zi tortishi kerak», — dedi davlat rahbari.

O‘zbekistonda 3-bosqichda to‘liq emlanganlar soni 1282 nafarga yetdi
2 iyun 2021, 11:09

O‘zbekistonda 3-bosqichda to‘liq emlanganlar soni 1282 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 3-bosqichda to‘liq emlanganlar soni 1282 nafarga yetdi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 346 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

TIV xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi
2 iyun 2021, 10:55

TIV xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi

TIV polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi holatlari qayd etilganligi» sababli uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi.

Toshkent yer usti metrosining Halqa yo‘lida harakat tezligi sekinlashadi
2 iyun 2021, 10:50

Toshkent yer usti metrosining Halqa yo‘lida harakat tezligi sekinlashadi

Toshkent metropolitenining Halqa yo‘lida poyezdlarning tezligi havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab vaqtinchalik sekinlashadi.

«Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» MCHJlarga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
2 iyun 2021, 10:20

«Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» MCHJlarga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda

«Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» va boshqa MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan soxta tadbirkorlik, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish kabi holatlar yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston futzal terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
2 iyun 2021, 09:49

O‘zbekiston futzal terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionatida “B” guruhida Rossiya, Misr va Gvatemala terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

Shavkat Mirziyoyev Sheroboddagi zamonaviy issiqxonani borib ko‘rdi
2 iyun 2021, 09:28

Shavkat Mirziyoyev Sheroboddagi zamonaviy issiqxonani borib ko‘rdi

Iyun oyining boshini O‘zbekiston prezidenti Surxondaryo viloyatiga tashrifdan boshladi. Davlat rahbari kun tartibidan o‘rin olgan obyektlar qatorida 29 gektarlik issiqxona va 5 mln dollarlik «Sherobod anor impeks» loyihasi bilan ham tanishdi. Korxona 6 ming tonna qadoqlash, 2 ming tonna anor sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Majmuada jami 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan.

Milliy bog‘ o‘rnida Magic City ochildi
2 iyun 2021, 08:31

Milliy bog‘ o‘rnida Magic City ochildi

Poytaxtdagi Milliy bog‘ o‘rnida Magic City oilaviy ko‘ngilochar bog‘i ochildi. Birinchi bosqichda dunyoning mashhur poytaxtlari shoh ko‘chalariga o‘xshash ko‘chalar, musiqiy favvora va boshqalar ochildi. «Yangilanayotgan Toshkentga yangilanayotgan bog‘lar, yangi yoshlar yarashadi», — dedi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 iyun 2021, 20:37

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroilda deyarli barcha karantin cheklovlarining bekor qilinishi, parranda grippi H10N3 shtammi bilan kasallanish holatining ilk bor qayd etilgani, Braziliyaning mamlakat chegalarini yopayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

1 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 iyun 2021, 20:30

1 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning Surxondaryoga tashrifi, bokschilarning Osiyo chempionatidagi natijasi, DXX tomonidan giyohvandlik moddalarining musodara qilinishi, UzAuto Motors`ning “shapka tizimi” haqidagi xabarlarga izohi — “Gazeta.uz"ning 1 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Texnopark» kir yuvish mashinalari va muzlatkichlar ishlab chiqaradi
1 iyun 2021, 20:24

«Texnopark» kir yuvish mashinalari va muzlatkichlar ishlab chiqaradi

Toshkent hokimiyati tashkil etgan «Texnopark» kompaniyasi kir yuvish mashinalari va tijoriy muzlatkichlar, mis quvurlari, sanoat suv isitkichlari, HPL-panel va boshqalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

“Agrobank” fermerlar maktablarini yo‘lga qo‘ymoqda
1 iyun 2021, 19:00

“Agrobank” fermerlar maktablarini yo‘lga qo‘ymoqda

Agrobank tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor bepul fermerlar maktablari ochildi. Maktablar Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz, Nukus shaharlarida tashkil etilgan.

31 may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimumi yopildi
1 iyun 2021, 17:56

31 may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimumi yopildi

O‘zgidromet 31 may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimumi yopilgani haqida xabar berdi. Buxoroda 43 daraja, Urganchda 42.9 daraja maksimal havo harorati kuzatildi.

UzAuto Motors «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlarga izoh berdi
1 iyun 2021, 17:49

UzAuto Motors «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

UzAuto Motors yangi avtomobillari uchun ko‘p ming kishilik navbatlar yuzaga keldi. Tarmoqlarda «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kompaniya ayrim dilerlar mikrochiplar bozoridagi vaziyatdan foydalanishga harakat qilayotganini ma’lum qilib, noqonuniy harakatlar haqida xabar berishga chaqirdi.

Prezident Surxondaryoda g‘alla o‘rish kombaynini haydadi — video
1 iyun 2021, 17:07 1

Prezident Surxondaryoda g‘alla o‘rish kombaynini haydadi — video

Shavkat Mirziyoyev «Angor Surxon g‘ururi» klasteri dalasida g‘alla o‘rish kombaynini haydadi.

Yo‘llardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi
1 iyun 2021, 16:48

Yo‘llardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi

Respublikada yo‘l harakati sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va amaliy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi. Guruh tarkibiga Hukumat, ichki ishlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idoralar va tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.

Iyunda O‘zbekiston bo‘ylab «Yoshlar oyligi» tashkil etiladi
1 iyun 2021, 16:47

Iyunda O‘zbekiston bo‘ylab «Yoshlar oyligi» tashkil etiladi

Iyun oyi davomida barcha hududlarda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida «Yoshlar oyligi» tashkil etiladi. Oylik doirasida 4 million 300 mingdan ziyod yoshlarni qamrab olish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting