Eron va MARning BMT Bosh assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum qilingani, «oligarx» tushunchasining Ukraina qonunchiligiga kiritilishi, KXDRda mamlakat rahbari o‘rinbosari lavozimining joriy etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkentdagi bo‘ronning sabalari, yangi elektr stansiyasi qurilishi rejasi, metro atrofidagi daraxtlarning ko‘chirilishi, yangi ko‘krak nishon ta’sis etilishi, prezidentning “Zulfiyachi” qizga sovg‘asi — “Gazeta.uz"ning 3 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish masalasidagi savolga javob berar ekan, katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchining o‘z joniga qasd qilish maqomida bo‘lishiga fatvo berdi.
2021 yilning yanvar-aprel oylarida Ekologiya qo‘mitasi daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 2000 dan ortiq holatlarni aniqladi. Natijada tabiatga qariyb 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi.
Janubiy Koreya O‘zbekistonga onkologik shifoxonalar qurish tajribasi va texnologiyalarini taqdim etadi. Toshkentda ixtisoslashtirilgan onkologik kasalxonalar qurish tashkil etish rejalashtirilmoqda.
1 iyun kuni Toshkentda Technovation Girls tanlovining beshinchi mavsumi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil dunyo bo‘ylab tanlovda 1700 ta jamoa o‘z loyihalarini taqdim etdi va O‘zbekiston eng ko‘p jamoalar qatnashgan TOP-10 mamlakatlar qatoriga kirdi. Tanlovning yarim final bosqichida O‘zbekistondan to‘rtta jamoa ishtirok etadi.
Hozirda aviakompaniya faqat sakkizta mamlakatga ucha oladi. Ular ichida O‘zbekiston ham bor. 7 ta mamlakat hukumati o‘z aviakompaniyalaridan Belarusni aylanib o‘tishni rasman talab qilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda «Zulfiya» mukofoti sovrindori Ruxshona Abdurazzoqova bilan suhbat davomida unga Spark avtomashinasini sovg‘a qildi. Mashina 3 iyun kuni Ruxshona Abdurazzoqovaga topshirildi.
Termizda sodir bo‘lgan YTHda shahar obodonlashtirish bo‘limida ishlaydigan ayol jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uni prezidentni kutib olish uchun tashkil etilgan kortejdagi avtomobil urib yuborgani haqida xabar tarqalgan. Biroq YHXBB ushbu ma’lumotni rad etdi. Jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.
2020 yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan. Bu 2019 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan deyarli bir baravar kamroq. Shuningdek, o‘tgan yili 1044 ta erta tug‘ruq holati qayd etilgan.
Dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga arzonladi va jami 10 539 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ikki o‘smir kanalda cho‘milayotib, suvga cho‘kib ketdi. Natijada ikki o‘smir ham halok bo‘lgan.
Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli yo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi bahosi 280 mlrd so‘mdan 518,3 mlrd so‘mgacha oshirildi. Poytaxt hokimiyati va bosh pudratchi buni qurilish materiallari narxi oshgani va loyiha qo‘shimcha ishlab chiqilgani bilan izohladi.
Hukumat qarori bilan «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur nishon millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy va xorijiy fuqarolarga beriladi.
Kim oshdi savdosiga qo‘yilgan barcha avtomobillar PPP avtoraqamlariga ega bo‘lib, 2003−2004 yillarda ishlab chiqarilgan. Boshlang‘ich narxlari 129,6 mln so‘mdan 136 mln sumgacha deb belgilanmoqda.
Prezident farmoni bilan O‘zstandart agentligi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda.
Deputat Rasul Kusherbayev UzAutoMotors mashinalari «pachoqlanib» ketayotganliklari ularning xavfsizlik jihatidan yaxshi jihozlanmaganligida ekanligini ta’kidladi. «Ilgari odamlarni temir o‘ldirgan bo‘lsa, hozir plastmassa o‘ldiryapti. Avtomobillar agar shunchalik yaxshi chiqayotgan bo‘lsa, nimaga haligacha o‘lim xavfi ko‘payib bormoqda?», — dedi deputat. Avtomobil yo‘llari bo‘yicha mutaxassis Orifjon Nazarov mashinalar sifatini tanqid qilishdan ko‘ra, haydovchilar madaniyatini oshirish kerakligini ta’kidladi.
Yerusti metrosining Mirobod tumanidan o‘tadigan qismidagi 66 ta, Sergeli tumanidan o‘tadigan qismidagi 168 ta, Yangihayot tumanidan o‘tadigan qismidagi 551 ta — jami 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi. Ko‘chirish imkoni bo‘lmasa ularni kesishga ruxsat berilgan. Kesiladigan har bir daraxt uchun kompensatsiya sifatida 10 tup ko‘chatlarni ekish va ikki yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
Xitoyning Liaoning Lide kompaniyasi Farg‘ona viloyati hududida tahminiy qiymati $700 mln ga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Termizda qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Prezident xonadonlardan birida «Zulfiya» mukofoti sovrindori va uning onasi bilan suhbatda bo‘lib, undan g‘ururlanishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting