Toshkentlik yigit tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortilganidan so‘ng ikki do‘sti bilan uning qoidabuzarligini qayd etgan radarni tosh otdi.
Nurafshonda sodir bo‘lgan va bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy gazni o‘g‘rilash natijasida sodir bo‘lgan. «Hududgazta’minot» kvartira egasi gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni bilan ulaganini ma’lum qildi.
Nurmat Otabekov hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinayotgani, vaksinatsiya faqatgina davlat tibbiyot muassasalarida olib borilayotganini ma’lum qildi. Keyinchalik vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotganda xususiy sektor ehtiyojini ham e’tiborga olish rejalashtirilmoqda.
«Hozirda faqat muzokaralar boshlangan. Hech qanday hujjat imzolangani yo‘q. To‘rt bosqich o‘tadi, o‘shandan keyingina imzolanadi», — dedi Qirg‘iziston prezideni Sadir Japarov Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi tarkibiga mahalliy aholidan ham kiritish rejalashtirilmoqda.
Belarusda “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar” tovarlarini sotadiganlarga ma’muriy javobgarlikning e’lon qilingani, JSSTning Hindistonga 2,6 ming xodimini yuborgani, Rossiya va Tojikistonning birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini yaratayotgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yanvar-mart oylarida O‘zbekistondan jami 4094 kishi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan va 578 kishi O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Ko‘chib ketganlarning eng katta qismi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanish pullik ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga arzonladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
27 apreldan 28 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari dastlabki o‘yinlari doirasida «Real Madrid» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Oqtunli qishlog‘ida yashovchi ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, ular Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borishi uchun Qarshi-Samarqand avtomobil yo‘lidan kesib o‘tishlari xavfli ekanini bildirib, yo‘lni to‘sib, mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatishgan.
Davlat soliq qo‘mitasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi. Bunga «Rasul Kusherbayevning Human.uz axborot portalidagi „So‘z blogerlarga“ ko‘rsatuvida aytgan haqoratomuz so‘zlari» sabab bo‘lgan. Qo‘mita deputat o‘zining so‘zlariga raddiya berishi va kechirim so‘rashi lozimligini aytgan. Deputatning hatti-harakatlari soliq organlariga 4,6 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazganligi da’vo qilinmoqda.
O‘zbekistonga yana 1 million doza miqdorda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Hozirgi kungacha emlanganlarning 46 foizi aynan ushbu vaksina bilan emgangan. O‘zbek-xitoy vaksinasining 1 million dozalik avvalgi partiyasi 27 mart kuni keltirilgan edi.
O‘zbekistoninng Novosibirskdagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi va rasmiy vakili etib tayinlandi.
Daryo nashri muxbirining telefonini tortib olib, uni militsiya bo‘limiga olib borishni buyurgan Qarshi shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari «qattiq hayfsan» oldi. Boshqa xodimlarining harakatlarida hech qanday qonunbuzarliklar aniqlanmagani ma’lum qilindi.
Nurafshon shahridagi ikki qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi vafot etdi.
Paxtachi tumanida Damas rusumli avtomobil haydovchisi spirtli ichimlik ichib, mashina haydagan. YPX xodimlari bilan muloqotda haydovchidan spirtli ichimlik hidi kelgani sabab, tibbiy ko‘rikka taklif etilgach haydovchi qarshilik ko‘rsatgan. Haydovchining mastlik holati tasdiqlangach, unga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Farg‘ona davlat universiteti, Guliston davlat universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
Yoshlarga oid bir qator yangiliklar, o‘simlik yog‘iga nisbatan eksport bojining joriy etilishi, davlat organlari xodimlari sonining 15 foizga qisqartirilishi, ba’zi shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilishi, ekologik xavfli mahsulotlarning majburiy sertifikatlashtirilishi — 1 maydan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Prezident ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, loyihalar xorijlik mutaxassislar ishtirokida tayyorlangan.
O‘zbekistonga koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining yana bir partiyasi yetib keldi. Ma’lum qilinishicha, yetkazib berilgan navbatdagi vaksinalar partiyasi 50 ming dozadan iborat bo‘lib, 23 aprel kuni yetkazib berilgan vaksinalarning ikkinchi komponenti hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting