Arxiv

650 nafardan ortiq kishi majburiy paxta terimiga jalb qilindi — Mehnat vazirligi
12 oktabr 2020, 19:39

650 nafardan ortiq kishi majburiy paxta terimiga jalb qilindi — Mehnat vazirligi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda 652 kishini majburiy ravishda paxta terimiga jalb qilish holatlarini aniqladi. 18 mansabdor shaxs 200 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Qonunbuzarliklar eng ko‘p Qashqadaryo va Namangan viloyatida aniqlandi.

Google o‘zining Chrome brauzerini sotishi mumkin
12 oktabr 2020, 19:22

Google o‘zining Chrome brauzerini sotishi mumkin

Google kompaniyasining mashhur Chrome brauzeri sotilishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya reklama biznesining bir qismidan ham ayrilishi mumkin.

YeI Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga qaror qildi
12 oktabr 2020, 18:39

YeI Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga qaror qildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari agar Belarusda vaziyat yaxshilanmasa Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga kelishib olishdi. Kelishuv bo‘yicha YeI Belarus mamlakati bilan hamkorlikni to‘xtatadi va norozilik harakatlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi.

Hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga mashinalar ajratiladi
12 oktabr 2020, 18:35

Hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga mashinalar ajratiladi

Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida shahar va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga xizmat mashinalari topshirildi. Prezident topshirig‘iga binoan barcha viloyatlarda hokim maslahatchilariga xizmat mashinalari ajratilishi kutilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
12 oktabr 2020, 17:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Shimoliy Koreya rahbarining xalqdan kechirim so‘ragani, Ukraina prezidenti urushni tugata olmasa, o‘z lavozimini tark etishga tayyorligi, Xitoyda butun shahar aholisi COVID-19 ga tekshirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Yevropada to‘p surishni orzu qilar edim» — Eldor Shomurodov
12 oktabr 2020, 17:28

«Yevropada to‘p surishni orzu qilar edim» — Eldor Shomurodov

Yaqinda Italiyaning «Jenoa» futbol jamoasi safiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Sport24 muxbiriga bergan intervyusida Yevropada to‘p surish uning bolalik orzusi ekanligi, unda yana qanday variantlar bo‘lganligi va nega 61-raqamni tanlagani haqida so‘zlab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni qayta saylangani bilan tabrikladi
12 oktabr 2020, 17:26

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni qayta saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Tojikiston prezidentini saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Tomonlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
12 oktabr 2020, 16:37

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Avazjon Karimov jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishiga chora ko‘rildi
12 oktabr 2020, 16:26

Xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishiga chora ko‘rildi

O‘rta Chirchiq tumanida xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishi karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortildi.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti auksionlar nazariyasi uchun topshirildi
12 oktabr 2020, 15:41

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti auksionlar nazariyasi uchun topshirildi

Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan iqtisodiyot bo‘yicha yodgorlik mukofoti Pol Milgrom va Robert Uilsonga auksionlarning yangi formatlarini ixtiro qilganligi uchun topshirildi.

Belarusdagi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi
12 oktabr 2020, 15:25

Belarusdagi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi

Belarusdagi prezident saylovlari natijalariga qarshi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi. Namoyishchilarga qarshi suv purkagichlar va tovushli granatalardan foydalanilgan.

Hafta kunlarida havoning qizishi kutilmoqda
12 oktabr 2020, 15:21

Hafta kunlarida havoning qizishi kutilmoqda

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi. Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kunduzi 22−25 daraja issiq bo‘ladi.

Shohi-Zindadan o‘g‘irlangan koshinlar Londondan O‘zbekistonga qaytariladi
12 oktabr 2020, 14:24

Shohi-Zindadan o‘g‘irlangan koshinlar Londondan O‘zbekistonga qaytariladi

Britaniya muzeyi Samarqanddagi Shohi-Zinda majmuasiga tegishli o‘g‘irlangan oltita koshin partiyasini O‘zbekistonga qaytaradi. Ular yanvar oyida Londonning Xitrou aeroportida qo‘lga tushirilgan.

Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazlari ko‘payishi kutilmoqda
12 oktabr 2020, 13:59

Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazlari ko‘payishi kutilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazining 30 o‘rinlik hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi kutilmoqda. Respublika reabilitatsiya markazi uchun ajratilgan o‘rinlar soni esa 50 taga oshiriladi.

O‘zbekistonda 800 nafarga yaqin 100 yoshdan oshgan fuqarolar bor
12 oktabr 2020, 13:30

O‘zbekistonda 800 nafarga yaqin 100 yoshdan oshgan fuqarolar bor

1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 794 nafar 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshgan fuqarolar pensiya va nafaqa olishadi. Bir asrdan ziyod umr ko‘rganlarning 131 nafari erkak, 663 nafari ayollardir. Ularning eng ko‘pi — 143 nafari Qashqadaryo viloyatida yashaydi.

Xotiniga najosat yedirgan erkak o‘z qilmishini oqlashga urindi
12 oktabr 2020, 13:25

Xotiniga najosat yedirgan erkak o‘z qilmishini oqlashga urindi

Xotinini kaltaklab, unga bolasining najosatini yedirgan erkak o‘z qilmishi sabablarini so‘zlab berdi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
12 oktabr 2020, 12:15

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 24 so‘mga qimmatlab, jami 10 364 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi
12 oktabr 2020, 11:41

Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi

Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi.

Emomali Rahmon prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi
12 oktabr 2020, 11:21

Emomali Rahmon prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi

11 oktyabr kuni Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda 90,92% ovoz bilan Tojikistonning amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon g‘alaba qozondi.

Jurnalistlar uyushmasi rahbari Sa’dulla Hakimov vafot etdi
11 oktabr 2020, 13:44

Jurnalistlar uyushmasi rahbari Sa’dulla Hakimov vafot etdi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi rahbari Sa’dulla Hakimov 69 yoshida vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting