Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga arzonladi va jami 10 509 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Otabek Choriyev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Faxriddin Davrukov Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Deputat Rasul Kusherbayev UzAuto Motors Antimonopoliya qo‘mitasini «faqat qog‘ozda» mag‘lub etdi, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya odamlarning ishonchi va o‘z imijini yo‘qotgan. Deputat, shuningdek, ushbu jarayon misolida sudlarning qanday ishlashi va tizim monopoliyalarga qarshi qanday kurash olib borishini ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR raisi Si Szinpin telefon orqali muloqot vaqtida aholini ommaviy emlash, iqtisodiy hamkorlik, qolaversa, Xitoy yetakchisining Toshkentga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilishdi.
Deputat Rasul Kusherbayevning aytishicha, o‘zbek tili faqat davlat bilan ishlaydiganlar uchun majburiy bo‘lishi kerak. Parlament a’zosi, shuningdek, jamiyatda til bilan bog‘liq diskriminatsiya mavjudligini tan oldi va rasmiylar orasida vaziyatga shovinistik nigoh bilan qaraydiganlar hali ham borligini ta’kidladi.
Qashqadaryo viloyatida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrog‘i o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridagi davlat bayrog‘ining birgina ustunini bunyod etishga 1 mlrd 350 mln so‘m mablag‘ sarflanadi.
Endi Humans mijozlari har qanday mobil aloqa xizmatlarining narxini keshbek bilan to‘lashlari mumkin. To‘plash mumkin bo‘lgan keshbek miqdori — cheklanmagan.
Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
Gulistonda hokim o‘rinbosari fuqaroni kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon olish uchun ro‘yxatga qo‘yib, buning evaziga 400 dollar pora olayotgan paytida qo‘lga tushdi.
O‘zbekiston Hindistonga koronavirus bilan kurashish uchun «Remdesivir» preparati, etil spirti, mobil kislorod konsentratori to‘plamlarini yuboradi. Mamlakatda hozirda og‘ir epidemiologik vaziyat kuzatilmoqda.
Deputat Rasul Kusherbayev davlat xizmatini isloh qilish to‘g‘risida gapirib, prokurorlar, sudyalar va ichki ishlar organlari boshliqlarining tayinlovini saylovlar orqali tashkillashtirgan bo‘lishini aytdi. «Odamlar tayyor. Xalq prezidentni, deputatni saylaydi-ku», — dedi u.
Toshkent metropolitenining «Novza» bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qoldi. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Gazeta.uz» ushbu tvitlardan eng qiziqlarini to‘pladi.
Prezident qarori bilan joriy yilda 457 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, kunlik ishchilar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun «Mening ishim» onlayn-maydoni ishga tushiriladi. Ularning faoliyat turlari hamda xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar platforma orqali bepul e’lon qilib boriladi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev COVID-19ga chalindi.
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara hududida nizoli vaziyat yuzaga kelib, ikkala tomon mahalliy aholisi bir-biriga tosh otdi. Umumiy 11 kishi jarohatlanganligi aytilmoqda. Tomonlar nizo kelib chiqishida bir-birlarini ayblashmoqda. Qirg‘izistonning 3 ta qishlog‘ida favqulodda vaziyat joriy etildi.
Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ulug‘bek Toshxo‘jayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi.
Volkswagen brendi futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasi o‘z homiysiga aylanadi. Volkswagen barcha translyatsiyalar, tijorat bannerlari, shuningdek reklama va media-mahsulotlardan o‘rin egallaydi.
Toshkent shahrida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan. Natijada, haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Jo‘rabek To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting