50 ming dollarga Andijon shahar shimoliy sanoat hududidan yer olib berishni va’da qilgan shaxs 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. U yerni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali olib berishini aytgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
Yakshanba kuni yuz bergan suv toshqinlari va yer o‘pirilishi oqibatida Indoneziya va Sharqiy Timorda jami 76 kishi halok bo‘ldi, minglab aholi uysiz qoldi.
2020 yilda Davlat xavfsizlik xizmati organlari to‘rtta teraktning oldini oldi, ulardan ikkitasi O‘zbekistonda, yana ikkitasi MDH mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, 67 ta yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, 594 ta qurol noqonuniy muomaladan chiqarildi.
O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga tan jarohati yetkazganlik, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganlik uchun jazoni kuchaytirish, shuningdek, xodimlar va ularning oila a’zolarining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlikni joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Jamshid Abdusalamov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori vazifasiga tayinlandi.
Andijon viloyati Shahrixon tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 2 kishi jarohatlandi.
Namangan viloyatidagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi issiq suv jo‘mragini ochib yuborishi natijasida 70% kuyish tan jarohatidan vafot etdi. Bola aqliy rivojlanishi orqada qolish tashxisi bilan tarbiyalanib kelgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya hukumati yana oltita mamlakat, shu jumladan O‘zbekistondan bo‘lgan talabalarga o‘qishlarini davom ettirishlari uchun mamlakatga qaytib kelishiga ruxsat berdi. Buning uchun bir qator qoidalar belgilangan.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschining barchasi g‘alaba qozondi. Murodjon Ahmadaliyev Ryosuke Ivasani muddatidan oldin mag‘lub etib, WBA Super va IBF yo‘nalishlari chempionligini munosib himoya qildi. Shuningdek, Shahrom G‘iyosov meksikalik Patrisio Morenoni nokautga uchratdi, Hasanboy Do‘smatov esa Muxsin Kizot ustidan g‘alaba qozondi. Yakkaliklar natijalari — «Gazeta.uz» sharhida.
Prokuratura organlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs so‘ralgan 30 ming dollardan 5 ming dollarini olayotganida qo‘lga olindi.
Taniqli haykaltarosh Yakov Iosifovich Shapiro 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U Toshkentdagi Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon haykallari, bir qator arxitektura-haykaltaroshlik ansambllari, xususan, «Kosmonavtlar» metro stansiyasidagi kompozitsiya va boshqa yodgorliklar ijodkori hisoblanadi.
Prezident qarori bilan davlat organlarida 5288 ta shtat qisqartiriladi. Shuningdek, vazirlik va idoralarning 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.
Yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi Tokio Olimpiadasida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi. Endi 2021 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistondan 11 nafar bokschi ishtirok etadi.
Prezident qarori bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatildi. Agentlikning barcha vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazildi.
Jazolangan futbolchi va murabbiylar, gol urgan Masharipov, OFK prezidenti bilan uchrashgan Ravshan Ermatov va boshqa eng muhim xabarlar — “Gazeta.uz” haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Internetda asli iroqlik, kurd millatiga mansub Mullo Mahmud Hasan Aliy Kalak Kurdistoniyning O‘zbekistonga kelgani haqidagi xabarlar tarqaldi. SSV soxta «tabiblar» ta’siriga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga tashrif buyuradi.
AOKA va Ichki ishlar vazirligi narkotik moddalar reklamasi haqida xabar berish mumkin bo‘lgan Telegram-botni ishga tushirdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning uchta tumanida «bu kabi reklamalar ko‘payib ketgani» haqida xabar tarqalgan edi.
Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini olganlarda isitma, allergik reaksiyalar va ukol qilingan joyda qizarish kuzatilishi mumkin, deya ma’lum qildi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari.
Toshkent viloyatida haydovchi qizil chiroqqa o‘tib ketganligi uchun uni to‘xtatgan YPX hodimiga hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortgan. Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganda, haydovchi inspektorga tosh bilan hujum qilmoqchi bo‘ladi. Fuqaroga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting