Arxiv

Aktyor Mixail Yefremov 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
8 sentabr 2020, 16:05

Aktyor Mixail Yefremov 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Aktyor Mixail Yefremov Moskvada o‘lim bilan yakunlangan YTHda aybdor deb topilib, 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, u uch yil davomida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida Kadastr agentligi tuzildi
8 sentabr 2020, 14:40

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida Kadastr agentligi tuzildi

Davergeodezkadastr qo‘mitasi negizida Kadastr agentligi tashkil etildi. Qo‘mitaning qishloq xo‘jaligi yerlari sohasidagi vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkaziladi. Yangi agentlik Davlat soliq qo‘mitasi huzurida bo‘ladi.

Farg‘ona viloyatida 1,35 mlrd so‘mdan ortiq miqdorda tabiiy gaz o‘g‘irlangan
8 sentabr 2020, 14:29

Farg‘ona viloyatida 1,35 mlrd so‘mdan ortiq miqdorda tabiiy gaz o‘g‘irlangan

Farg‘ona viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida 1,35 mlrd so‘mdan ortiq miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Qonun buzilishlarining asosiy qismini umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, hisoblash uskunalariga, ularning muhrlariga qasddan zarar yetkazish, shuningdek, ulardagi ko‘rsatgichlarni o‘zgartirish uchun ruxsatsiz ta’sir o‘tkazish kabilar tashkil etdi.

Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilmoqda
8 sentabr 2020, 12:51

Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilmoqda

Qonunchilik palatasi Toshkent tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkentning Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangihayot tumani tarkibiga 2131,2 gektar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qaror Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Namanganda yangi tuman tashkil etiladi
8 sentabr 2020, 12:25

Namanganda yangi tuman tashkil etiladi

Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Davlatobod tumanining umumiy maydoni — 4 686 gektar bo‘lib, uning tarkibiga Namangan shahrining 25 ta mahallasi o‘tkaziladi.

Namanganda bir qiz ikki nafar erkakni do‘pposladi
8 sentabr 2020, 12:13 1

Namanganda bir qiz ikki nafar erkakni do‘pposladi

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati Norin tumanida 23 yashar qiz jamoat joyida ikki nafar erkakni besabab do‘pposlab, tan jarohati yetkazdi. Jarohatlanganlardan biri uning bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan.

Turkiyada terakt uyushtirgan Abdulqodir Masharipovga umrbod qamoq jazosi belgilandi
8 sentabr 2020, 11:00

Turkiyada terakt uyushtirgan Abdulqodir Masharipovga umrbod qamoq jazosi belgilandi

Turkiya sudi 2017 yilda Istanbulda terakt uyushitirib, 39 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovga 40 ta umrbod qamoq jazosi belgiladi. Qo‘shimcha tarzda, u yana 1368 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Masharipovda muddatdan avval ozodlikka chiqish huquqi bo‘lmaydi.

Konstitutsiviy sud qonunlarni buzmayotganligini ta’kidladi
7 sentabr 2020, 19:30

Konstitutsiviy sud qonunlarni buzmayotganligini ta’kidladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Konstitutsiyaviy sud raisi Baxtiyor Mirboboyevga qaratilgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi. Unda Konstitutsiyaviy sudning sudyasi 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi «qoida tariqasida», ya’ni majburiy talab sifatida qabul qilinishi kerak emasligi, B.Mirboboyevning vakolat muddati 2017 yildan hisoblanishi hamda qonun buzilishi holatlari mavjud emasligi ta’kidlanadi.

Tez yordam xizmatiga murojaatlar soni oshib boryapti
7 sentabr 2020, 18:40

Tez yordam xizmatiga murojaatlar soni oshib boryapti

26 avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 minggacha oshgan. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan.

Maktablarda birinchi o‘qish kuni boshlandi. Foto
7 sentabr 2020, 18:27

Maktablarda birinchi o‘qish kuni boshlandi. Foto

Yarim yillik tanaffusdan so‘ng 7 sentyabr kuni 330ga yaqin maktablarda o‘quv yili boshlandi. O‘zbekistonning turli hududlaridagi maktablarda birinchi o‘qish kunidan fotolavhalar.

O‘zbekistonda kuniga 30−40 mingta koronavirusga test o‘tkazilyapti
7 sentabr 2020, 18:07

O‘zbekistonda kuniga 30−40 mingta koronavirusga test o‘tkazilyapti

O‘zbekistonda kuniga 30 mingdan 40 mingtaga koronavirusga test tahlili o‘tkazilayotgani va shundan 200−300 tagacha holatda musbat natija aniqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Rossiyada xorijliklarga chet el fuqarolarini o‘z uylarida joylashtirishga ruxsat berildi
7 sentabr 2020, 18:04

Rossiyada xorijliklarga chet el fuqarolarini o‘z uylarida joylashtirishga ruxsat berildi

Endilikda Rossiyada turar joyi bo‘lgan va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxs mezbon sifatida boshqa chet el fuqarosini o‘z uyiga joylashtirishi yoki uni o‘z uyida yashash joyi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.

XTV ota-onalarga tavsiyalar bilan murojaat qildi
7 sentabr 2020, 17:52

XTV ota-onalarga tavsiyalar bilan murojaat qildi

Xalq ta’limi vazirligi birinchi o‘qish haftasini tashkil etishda ota-onalardan o‘z farzandlarini o‘qish va dam olish vaqtini taqsimlashga yordam berishga, erta yotishlarini nazorat qilishga va televizor oldida va kompyuterda o‘tkazadigan vaqtini cheklashga tavsiya berdi.

«Dezinfeksion tunnellardan foydalanishda davom etishimiz kerak» — epidemiolog
7 sentabr 2020, 17:43

«Dezinfeksion tunnellardan foydalanishda davom etishimiz kerak» — epidemiolog

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov dezinfeksion tunnellardan foydalanishda davom etish kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, hozirga qadar dezinfeksion tunnellarni samarasiz degan ilmiy maqolalar yoki nufuzli idoralarning ko‘rsatmalari berilmagan. Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi dezinfeksiya tunnellarining koronavirusga qarshi kurashda eng foydasiz vosita ekanligi haqida bayonot bergan edi.

O‘zbekiston iyul oyida oltin sotish bo‘yicha yetakchiga aylandi
7 sentabr 2020, 17:33

O‘zbekiston iyul oyida oltin sotish bo‘yicha yetakchiga aylandi

O‘zbekiston iyul oyida 11,6 tonna oltin eksport qilib, dunyo mamlakatlari orasida oltin sotish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi.

Novak Djokovich US Open turniridan chetlatildi. Video
7 sentabr 2020, 16:35

Novak Djokovich US Open turniridan chetlatildi. Video

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Djokovich tanaffusga chiqish paytida to‘pni bilmasdan hakamga qaratib yo‘llagani uchun AQSHning tennis bo‘yicha Ochiq chempionatidan (US Open) chetlatildi.

Husniddin Ato: «Charchadim, yengildim, boshqa bu haqda yozmayman»
7 sentabr 2020, 16:00

Husniddin Ato: «Charchadim, yengildim, boshqa bu haqda yozmayman»

«O‘z milliy madaniyating, mumtoz merosing himoyasi va rivoji uchun hukumatga qanchalik taklif kiritmagin, barchasi bekor ketmoqda», — badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Husniddin Ato konsert faoliyatini litsenziyalash tartibi mumtoz musiqa rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi, ushbu sohadagi xonanda va sozandalarga qiyinchilik tug‘dirishi haqida.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlandi
7 sentabr 2020, 15:54

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlandi

Amaldagi Mehnat kodeksi 23 yil oldin kuchga kirgan edi va vaqtinchalik dastur sifatida ko‘rilayotgan edi. Parlament quyi palatasining yig‘ilishida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, ish bilan ta’minlash, individual mehnat munosabatlari, ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnatga oid nizolarni ko‘rib chiqish kabi qoidalar kiritilishi kutilmoqda.

Chet davlatlarga kirish bo‘yicha talablar — TIV
7 sentabr 2020, 15:45

Chet davlatlarga kirish bo‘yicha talablar — TIV

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga, shu jumladan ta’lim olish maqsadida kirish uchun qo‘yilgan asosiy talablarini e’lon qildi.

Har yili havoning ifloslanishidan 7 mln kishi vafot etadi — BMT
7 sentabr 2020, 14:51

Har yili havoning ifloslanishidan 7 mln kishi vafot etadi — BMT

Pandemiya paytida odamlar transportdan kamroq foydalana boshlashdi, bu esa havoni ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining keskin pasayishiga olib keldi. Biroq, BMT mutaxassislarining ta’kidlashicha, havo sifati boshqa ifloslantiruvchi vositalarga ham bog‘liq.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting