Chorshanba kuni Yakkasaroy tumanida samarqandlik fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Spark va Matiz mashinalari bilan to‘qnashadi. Oqibatda Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan avtobusga urilgan. Ikki avtomobil yo‘lovchilari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Chorshanba kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari bilan uchrashdi. «Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolayapti», — dedi u. Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida «prezident matbuot kotibi bilan davlat idoralari matbuot kotiblari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish mexanizmi kelishib olingan».
Yaqin Sharqda 50 mlrd tup daraxt ekilishi, Turkiyaning Istanbul kanali qurilishidan voz kechmasligi, Efiopiyada jamoalararo to‘qnashuvda 100 dan ortiq odamning halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shahar — bu ko‘chalar, binolar, bog‘lar va boshqa ob’ektlardan tashkil topgan murakkab mexanizm. Bu ob’ektlarning barchasiga o‘ziga mos nom berish kerak. Bu uchun aholi punktlariga manzillar reyestri kerak. Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassisi Anvar Djabbarov manzillar reyestri nima ekanligi va poytaxt manzillari bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib beradi.
SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov emlashdan keyingi nojo‘ya ta’sirlar 71 kishida kuzatilganini ta’kidladi. Ularning orasida ko‘proq tana haroratining 37,5 darajadan ortishi hamda tanadagi og‘riqlar qayd etilgan. Shu bilan birga, inyeksiya qilingan joyda qichish, og‘riq, asabiylashish, xolsizlik va qo‘rqish ham kuzatilgan.
Qashqadaryodagi GTL texnologiyasi asosida sun’iy yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini avgustda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Statistika qo‘mitasi va YUNISEF ayollar, bolalar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni boshladi. Kuzatuvlar 726 ta mahallada olib borilib, 4 oy davom etadi.
Andijon va Namangan viloyatlarida seshanba kuni osmonda yorqin chaqnoq qayd etildi. Mazkur hodisa Qirg‘iziston hududidan ham ko‘rindi. Ulug‘bek nomidagi astronomiya instituti hodisaga izoh berdi.
Marva Elselexdar Misrdagi birinchi ayol kapitan hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda Suvaysh kanalining to‘sib qo‘yilishida aynan u aybdor ekanligi haqida ko‘p mish-mishlar tarqalgan edi. Nima uchun Marva haqida bunday gaplar bo‘ldi? Misrda ayol kapitan lavozimiga qanday munosabat bildiriladi?
2020 yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida davlat byudjeti va jamg‘armalari hisobidan ajratilgan 671,3 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy xarajatlar va o‘zlashtirishlar aniqlangan. Jumladan, o‘tgan yil davomida Halq ta’limi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolik va o‘zlashtirish holatlari kuzatilgan.
Dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga qimmatladi va jami 10 479 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana arzonladi.
Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi mahalla aholisi norozilik sababli deyarli 1500 bosh qo‘yni tuman hokimligi binosiga haydab keldi. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Gazeta.uz» ushbu tvitlardan eng qiziqlarini to‘pladi.
Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi mahalla aholisi deyarli 1500 bosh qo‘y tuman hokimligi binosiga haydab kelingan. Bunga ularning qo‘y boqish uchun ajratilgan yer maydonida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod chorva mollari boqilgayotganidan norozi bo‘lishi sabab bo‘ldi.
«Bu kabi integratsiya, globalizatsiya bor ekan mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash biroz qiyin», dedi O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Qoriyev YeOII integratsiyalashuvning kamchiliklari haqida. Plyus jihatlari orasida u «katta bozor», deya ta’kidladi u.
Effect.uz saytining ikki muxbiri yanvar oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudidagi hodisadan so‘ng qidiruvga berilib, sirtdan hibsga olindi. Ular hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va tergovga yoki sud ishlarining hal qilinishiga xalaqit berganlikda sirtdan ayblanmoqda. O‘z navbatida, nashr rahbari xodimlarining biriga chaqiruv qog‘ozi kelmagani, biri ikki marta prokuraturaga borganini ma’lum qildi. Hodisa tafsilotlari.
Qashqadaryo viloyatida ona va bola Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga 11 nafar fuqaroni ishga joylashini aytib, ulardan 4300 dollar olgan. Bundan tashqari, tibbiyot birlashmalariga rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, mazkur fuqarolarni ishga olishini talab qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrida tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi. Ushbu taqiq 1-apreldan 31-dekabrga qadar amal qiladi va u tashqi reklama konstruksiyalarida joylashgan reklamaga taalluqli emas.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Kamilov 17 may sanasidan «Haj» va «Umra» safarlariga ruxsat berilishi mumkinligini qayd etdi. U safar masalasi Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat barqarorlashishiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.
Uzbekistan Airways 2021 yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etilishi haqida xabar berdi.
Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, maktablardagi muammolarni hal etish o‘rniga, «ba’zilar o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishdan nariga o‘ta olmayapti». U prezident topshiriqlarini to‘g‘ri tushungan rahbarlar byudjetdan tashqari mablag‘larni topib, maktablarga yordam berishga harakat qilishini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting