Yil boshidan buyon IIV davlat xaridlari doirasida 48,5 mlrd so‘mga 50 ta avtozak, 16 ta tentli yuk mashinasi, 30 ta avtobus va boshqa transport vositalarini sotib oldi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijrochi direktori NNTlar aslida hokimiyatlarning o‘ng qo‘li ekanini aytdi. «Muammoni ko‘tarib chiqayotgan odamlar uning yechimini ham o‘zi biladi», — dedi u. Biroq, Tog‘ayevning fikricha, «bizda „men rahbarman, mening aytganim bo‘ladi“ degan qoida saqlanib qolgan». U Amerika ovoziga bergan intevyusida lobbizm masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.
Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarga vaksina olganligi to‘g‘risida sertifikatlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Emlanadigan fuqarolarni elektron ro‘yxatga olish uchun emlash.uz sayti yaratildi.
Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga qimmatladi va jami 10 503 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
2020 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistondan eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari xajmi 1,86 mlrd dollarni tashkil etdi, bu oltindan tashqari barcha eksport hajmining 20 foizini tashkil etadi. Tekstil masulotlari eksporti hajmining 70% dan ortig‘i (qiymat jihatidan) Rossiya, Xitoy va Qirg‘izistonga to‘g‘ri keladi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov OTMlarda tarbiya masalasi jaryondan uzilishi kerakligini ta’kidlamoqda. «Oliy ta’lim tarbiya maskani emas. Talaba oliygohga faqat bilim olishi uchun kelishi lozim», — dedi u.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijrochi direktori Inomjon Tog‘ayev amaldorlar va uning yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi haqida o‘z munosabatini bildirdi. «Biror rahbarning o‘g‘li biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q», — dedi Inomjon Tog‘ayev. U «tanganing ikkinchi tomoni bor"ligiga e’tibor qaratdi.
Ko‘chma diagnostika va davolash klinikasi Rossiya hukumati tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi. U birlamchi tibbiy yordamni ko‘rsatish, shuningdek xavfli infeksiyalar, shu jumladan OIV va COVID-19ni aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Dam olish kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 13−14 martda respublikada yomg‘ir yog‘ib, 14 martga o‘tar kechasi qorga aylanadi. Havo harorati kechalari 10−15° sovuqgacha tushadi.
10 mart kuni ertalab Tashkent City hududida qurilayotgan «Nest One» kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi. 2 kv.m maydonda penoplast yondi.
Surxondaryo viloyatida erkak 20 yoshli qizni unga turmushga chiqishga majburlamoqchi bo‘ldi. Mazkur shaxs tanishlari bilan birgalikda qizni majburan mashinaga o‘tqazgan va qiz roziligini berganidagina qo‘yib yuborgan.
Jizzax viloyatida daraxtlarning kesilganini yashirish uchun fuqarodan 2 mln so‘m miqdorda pora talab qilishda ayblanayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish xodimi ushlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Nazarov Azimjon suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Suv xo‘jaligi vazirligi Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Qarshiyev suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Jizzaxda «Cobalt» avtomashinasi «GAZ-31» bilan to‘qnashuvchi oqibatida yonib ketdi. «Cobalt» haydovchisi va yulovchisi kuyish jarohatidan xaloq bo‘ldi. «GAZ-31» haydovchisi ham ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan vafot etgan, yulovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
YUNISEF SSVga patronajning universal-progressiv modeli bo‘yicha 50 ming nusxada qo‘llanma va kitobchalarni topshirdi. Nashrlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida homilador ayollar, yaqinda farzand ko‘rgan ayollar va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xizmatlarni yaxshilashga qaratilgan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Fermerlar kengashi raisi o‘rinbosari prezidentni aldayotganini aytdi. «Siz chiqib ketavering bu yerdan, ishlamaysiz boshqa», — dedi Qudratilla Rafiqov Fermerlar kengashi raisi o‘rinbosari Abdushokir Rahimovga qarata.
Qoraqalpog‘istonda qiymati 887 mln dollardan ortiq bo‘lgan 711 ta loyiha amalga oshiriladi. Prezident ushbu loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Ular qatoridan Mo‘ynoqdagi keramika va qamishdan plita ishlab chiqarish korxonasi, To‘rtko‘ldagi oyna zavodi hamda qizilmiya ildizini chuqur qayta ishlash kabi loyihalar o‘rin olgan.
AQSHda 12 shtat ma’muriyatining Jo Baydenni iqlim to‘g‘risidagi farmon uchun sudga bergani, Gonkongda 200 ga yaqin davlat xizmatchilarining qasamyod qilishdan bosh tortganlari uchun ishdan bo‘shatilayotgani, Mexiko shahridagi to‘qnashuvda 60 dan ortiq politsiya xodimasining jarohat olgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
JARda korrupsiyada ayblanib, ta’qib qilinayotgan va AQSH moliya vazirligi tomonidan sanksiyalar qo‘llanilgan aka-uka Guptalar hozirda O‘zbekistonda, deb yozmoqda Hindistonning Zee Business nashri. Avvalroq OAV Guptani O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan Jalan oilasi bilan bog‘lagan edi. Murari Jalanning vakillari uning aka-uka Guptalar bilan biznes aloqalari yo‘qligini ta’kidlashmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri turkiyalik hamkasbi bilan uchrashdi. Unda Turkiya prezidenti shu yili, o‘ziga ma’qul sanada O‘zbekistonga kelishi aytildi. Turkiya tomoni imtiyozli savdo va erkin savdo bitimlarini tezroq imzolash niyatida ekanligini bildirdi. Bundan tashqari, Mevlut Chavusho‘g‘lu Abdulaziz Kamilovga Turkiya sobiq prezidenti, marhum Sulaymon Demirel maktubining nusxasini topshirdi (foto).
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting