Arxiv

Hafta boshida havo bulutli va yomg‘irli bo‘ladi
17 avgust 2020, 15:03

Hafta boshida havo bulutli va yomg‘irli bo‘ladi

Haftaning ilk kunlarida O‘zbekistonda qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi va haroratning biroz pasayishi kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida havo biroz bulutli bo‘ladi va harorat +37 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekiston hududida shu yilning o‘zida uch mingdan ortiq YTH sodir etilgan
17 avgust 2020, 12:23

O‘zbekiston hududida shu yilning o‘zida uch mingdan ortiq YTH sodir etilgan

2020 yilning 7 oyi davomida respublika hududida 3012 ta YTH sodir etilgan. Ularning 808 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
17 avgust 2020, 12:19

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi deyarli 15 so‘mga qimmatlab, jami 10 246 so‘m etib belgilandi. Bu AQSH milliy valyutasining uchinchi hafta oshishi. Yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Navoiy hokimi Kobul Tursunov koronavirusdan tuzaldi
17 avgust 2020, 11:53

Navoiy hokimi Kobul Tursunov koronavirusdan tuzaldi

Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov koronavirusdan to‘liq sog‘aydi, hamda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun poytaxtdan Navoiyga qaytib keldi.

Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan tuzaldi
17 avgust 2020, 11:39

Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan tuzaldi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan to‘liq sog‘ayib, vohaga qaytdi.

«O‘zbekistonda 100 ming aholi soniga 67 nafar mahkum to‘g‘ri keladi» — Ichki ishlar vaziri
17 avgust 2020, 11:20

«O‘zbekistonda 100 ming aholi soniga 67 nafar mahkum to‘g‘ri keladi» — Ichki ishlar vaziri

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hozirda jazoni ijro etish tizimida 22,9 ming nafar mahkum saqlanishini, har 100 ming aholi soniga nisbatan 67 nafar shaxs to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. Jazoni ijro etish tizimidagi koloniyalarning sig‘imiga nisbatan saqlanayotganlar ko‘rsatkichi 56,4 foizni tashkil qilmoqda. Vazir endilikda jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni, ularning yuridik manzillari, saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar endi maxfiy hisoblanmasligini ta’kidladi.

Minskda Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi
17 avgust 2020, 10:55

Minskda Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi

16 avgust kuni Minskda Aleksandr Lukashenko tarafdorlari va uning hokimiyatiga qarshilar ishtirokidagi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Lukashenko tarafdorlari namoyishida bir qismi byudjet tashkilotlari xodimlaridan iborat bo‘lgan 65 ming kishi yig‘ildi. Oppozitsiya tarafdorlari namoyishida esa 200 ming odam qatnashdi — bu Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.

Koronavirus holatlari 35,5 mingdan oshdi
17 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 35,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 184 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. 2 nafar koronavirus bemori esa vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotgan 813 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 234 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Video, foto: O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi
17 avgust 2020, 09:33

Video, foto: O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi

O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi. Xonabod va Chirchiqdagi aerodromlarda Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari ko‘rgazmali mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Vafot etgan koronavirus bemorlari mutaxassislar nazoratida dafn etiladi
17 avgust 2020, 09:20

Vafot etgan koronavirus bemorlari mutaxassislar nazoratida dafn etiladi

«Koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etsa, hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmaydi». Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, vafot etgan koronavirus bemorlarini dafn etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

Kun davomida 628 ta koronavirus holati qayd etildi
17 avgust 2020, 00:33

Kun davomida 628 ta koronavirus holati qayd etildi

Kun davomida 628 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 35,3 mingtadan oshdi. Sog‘ayganlar soni 31 ming nafarga yaqinlashdi.

Nursulton Nazarboyevning nevarasi vafot etdi
16 avgust 2020, 23:48

Nursulton Nazarboyevning nevarasi vafot etdi

Londonda 29 yoshli Aysultan Nazarboyev — Qozog‘iston birinchi prezidentining nevarasi olamdan o‘tdi. O‘limiga yurakning to‘xtab qolishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Rasmiy statistika: Kun davomida 684 ta Covid-19 holati aniqlandi
15 avgust 2020, 23:50

Rasmiy statistika: Kun davomida 684 ta Covid-19 holati aniqlandi

15 avgust kuni O‘zbekistonda 684 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy rasmiy ko‘rsatkich 34,7 mingtaga yetdi. Sog‘ayganlar soni esa 30 mingdan (+1382) oshdi.

17−30 avgust kunlari amalga oshiriladigan charter reyslari ro‘yxati e’lon qilindi
15 avgust 2020, 23:31 2

17−30 avgust kunlari amalga oshiriladigan charter reyslari ro‘yxati e’lon qilindi

17−30 avgust kunlari 23 ta charter reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

«7 oyda 12 mingdan ziyod haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan» — Po‘lat Bobojonov
15 avgust 2020, 18:35

«7 oyda 12 mingdan ziyod haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan» — Po‘lat Bobojonov

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga bergan intervyusida joriy yilning 7 oyida 12 mingdan ziyod haydovchining transport vositasini mast holda boshqargani aniqlanganini ma’lum qildi. Vazir YTHlarda qotillikka nisbatan 5 barobar ko‘p odam halok bo‘lganini aytdi.

Rossiyadan 40 nafar shifokor O‘zbekistonga keladi
15 avgust 2020, 14:34

Rossiyadan 40 nafar shifokor O‘zbekistonga keladi

COVID-19 bemorlarini davolash bo‘yicha tajribaga ega 40 nafar rossiyalik shifokor yakshanba kuni O‘zbekistonga keladi. Ular orasida anesteziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt-shifokorlar bor.

O‘zbekiston karantindan oldin. Yonas Astrupning foto-hikoyalari
15 avgust 2020, 11:25

O‘zbekiston karantindan oldin. Yonas Astrupning foto-hikoyalari

O‘zbekistonda karantindan oldingi hayot xorijlik nigohida. Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi bosh texnik maslahatchisi, havaskor fotosuratchi Yonas Astrup mamlakat bo‘ylab o‘z sayohatini ko‘rsatadi.

Salat tayyorlaymiz
15 avgust 2020, 10:30

Salat tayyorlaymiz

Zira.uz tez tayyorlanadigan, foydali va mazali salatlar retseptlarini taqdim etadi. Ular jazirama yoz vaqtida yaxshi hazm bo‘lib, kechki ovqatga yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi.

Telegram videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirdi. Hozircha faqat Android uchun
15 avgust 2020, 08:00

Telegram videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirdi. Hozircha faqat Android uchun

14 avgust kuni Telegram messenjerining Android-versiyasi yangilandi va videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi.

Rasmiy statistika: Kun davomida 694 ta Covid-19 holati aniqlandi
15 avgust 2020, 00:44

Rasmiy statistika: Kun davomida 694 ta Covid-19 holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 694 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy soni 34 mingtadan oshdi. Davolanish ko‘rsatkichi esa 84 foizga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting