«Chevrolet Onix» mashinasining O‘zbekistondagi narxi 9−12 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda. Ushbu model 2022 yilning 4 chorak yakunida lokalizatsiya qilinadi.
O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlarning eng kam ulgurji va chakana narxlarini oshirish taklif etilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga arzonladi va jami 10 500 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Toshkent davlat yuridik universitetining 3-bosqich talabasi Bahodir Bozorov ham ishlab, ham yashayotgan qurilish ob’ekti hududida baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 2021 yilgi futbol uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanish ruxsat berildi.
2020 yil davomida Toshkent shahrida 492,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga ko‘chalarda qurilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Farg‘ona viloyati prokurori lavozimiga Baxtiyor Ismoilov tayinlandi. Bundan avval u Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
FHDYOga ariza topshirgandan so‘ng, 1 oylik muddatni 3 oyga uzaytirish taklif etildi. Ushbu taklif ajrimlar soni ortib borayotgani sababli, yoshlarning bir-birini yaxshiroq tanib olishi uchun ilgari surilmoqda. «Nikohdan o‘tib, so‘ng farzandini tirik yetim qilgandan ko‘ra, uch oylik muddatda bir-biriga ma’qul kelmasa, o‘z yo‘lida davom etgani ma’qul», — deya ta’kidlandi.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi. Elchining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston OAVlarida ushbu vaksina hakida ma’lumotlar berilib borilmoqda va mamlakatga uni yetkazish bo‘yicha taklif kiritilishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangandagi 26-Mehribonlik uyiga tashrifi chog‘ida bag‘riga bosgan qizaloq oilasiga qaytdi.
Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusga qarshi emlangan insonlarga kichik va katta haj ziyoratlari uchun ruxsat berishga qaror qildi. Mamlakat o‘tgan yil noyabridan 50 yoshdan katta bo‘lmagan ziyoratchilarni manfiy natijali PZR-test bilan Umra ziyorati uchun kiritishni boshlagan edi.
«O‘zbekneftgaz» holding korporatsiyasi raisi Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor» futbol klubining prezidenti bo‘ldi. Kompaniya jamoaga homiylik qiladi.
«Zakovat» klubining Toshkent shahri va viloyati uchun intellektual kastingi o‘tkazildi. Klub a’zoligiga 13 mingdan ko‘proq fuqarolar ariza topshirgan. Respublika bo‘yicha turnirlar uchun 1 mlrd 690 mln so‘m ajratilgan. «Gazeta.uz» fotoreportaji.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga fuqaroni 15 ming AQSH dollariga kiritib qo‘moqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Olot tumanida aholi bilan muloqot qilish, muammolarni o‘rganish uchun o‘z shtabini vagonda tashkil etdi. Shu bilan birga, hokim o‘rganishlar davomida mazkur vagonda yashashi ham ma’lum qilindi.
Prezident Sirdaryo viloyatida amalga oshirish ko‘zlangan 25,5 trln so‘mlik 737 ta loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Loyihalar natijasida yiliga 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarish quvvati, qariyb 36 ming ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. Bundan tashqari, Mirzaobod tumanida Gujarat sanoat zonasini tashkil etish ham reja qilingan.
Turkmanistonda Shahar kunida (25 may kuni) tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Poytaxt yoki Ashxabod ismi, qiz bolaga Marjona yoki Maya ismi beriladi. Shuningdek, mamlakat prezidenti 8 mart kuniga barcha ayollarga 60 manat (17,1 dollar) miqdorida pul berishga topshiriq berdi.
Myanma harbiylarining 19 mamlakatdan 100 ga yaqin elchixona xodimlarini chaqirib olgani, BAAning Isroildagi birinchi elchisining Tel-Avivga yetib kelgani, Turkmanistonda shahar kuniga tug‘ilgan o‘g‘il bolaga Ashxobod yoki Poytaxt ismining berilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
ZF-UZ-VAC 2001 nomli xitoy-o‘zbek vaksinasi mamlakatda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ro‘yxatdan o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida eski uyni buzayotgan 3 kishinim devor bosib qoldi. Ular voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting