V International Tashkent Marathon hamda 14 shaharda bir vaqtda o‘tkazilgan Yangi Nafas musobaqalari yugurish bo‘yicha sport marafonlari mavsumini ochib berishdi.
Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq deb topdi. Qonun loyihasida referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar aniqlanmagan.
«Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi. Shuningdek, faol keksalar muammoli oilalar bilan shug‘ullanadi. Ishida ijobiy natija ko‘rsatgan nuroniylar rag‘batlantiriladi.
Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oilasiga biryo‘la beriladigan nafaqa ularning oxirgi maosh yig‘indisi 150 baravarigacha oshiriladi. Shuningdek, bepul tibbiy yordam va maktabgacha ta’lim, OTM uchun grant, daromad solig‘idan ozod etish kabi tartiblar tatbiq etiladi.
Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 17−23 mart kunlari Samarqand-Toshkent va 20−21 mart kunlari Toshkent-Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 20 martdan Shahrisabz-Samarqand yo‘nalishida tezyurar yo‘lovchi poyezd harakati ish boshlaydi.
Hafta davomida asosan kam bulutli, quruq ob-havo kuzatiladi. Harorat +22…+28 daraja bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston bo‘ylab o‘tayotgan antitsiklon kunduzgi havo haroratini biroz pasaytiradi. 13−15 martda esa tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
AQShda «Oskar» mukofotining 95-marosimida Brendan Freyzer eng yaxshi aktyor («Kit»), Mishel Yeo («Hammasi har joyda va birdan») esa yilning eng yaxshi aktrisasi deb e’lon qilindi. Eng yaxshi badiiy film «Hammasi har joyda va birdan», eng yaxshi hujjatli film esa «Navalniy» kinokartinasi bo‘ldi.
PMTI o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, yosh oilalar daromadining ko‘proq qismini qarz to‘lashga sarflayotganini ma’lum qilgan. O‘zbekistonda insonlarning daromadlari 30 yoshgacha tez o‘sishi, eng yuqori nuqtasi taxminan 30−50 yosh oralig‘ida saqlanib turishi va 60 yoshdan so‘ng keskin pasayishi aniqlangan.
Poytaxtning Yangihayot tumanida 2 ta yirik chinor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib ketildi. Ekoboshqarma holatni o‘rganmoqda. «Daraxtlar qurilish uchun yoqilgani haqidagi taxminlar haqiqatga mos emas», — deya izoh berdi boshqarma.
O‘zbekistonlik velopoygachi Yanina Kuskova Italiyada o‘tkazilgan veloshosse bo‘yicha ko‘pkunlik poygada kumush medalga ega chiqdi. Sportchi, shuningdek, musobaqaning «Eng yaxshi yosh poygachisi» deb topildi.
Jamiyatning har qanday qismiga nisbatan istalgan ko‘rinishdagi zo‘ravonlik uning har bir vakiliga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, deya ta’kidlaydi BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska. «Gazeta.uz» uchun maqolasida u gender zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashga chaqiradi.
13 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi, sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan tanishadi, harbiy maskanlarda ham bo‘ladi.
Kattaqo‘rg‘onlik ayol qiziga o‘qituvchi tegajog‘lik qilganini aytgandi. Sud buning tuhmat ekanini bildirib, ayol va o‘qituvchi bilan yoqalashgan qizning otasiga jarima belgiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, amaldorlar O‘zbekistondagi xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin emas. Xorijda olingan sovg‘a qiymati 1,2 mln so‘mdan ko‘p bo‘lsa, u davlat organi balansiga kirim qilinadi.
Tijorat banklari 13 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 340 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 460 so‘m.
Farg‘onada 14 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo‘ldi. Uni IIB va FVV xodimlari tomdan sog‘-omon tushirib oldi. Voqeaga qizning o‘gay otasi bilan janjallashib qolgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Toshkentdagi 152-maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video muhokamalarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» pedagog Gulchehra Mamajonovaga mikrofon tutdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, direktorning unga nisbatan shaxsiy adovati bo‘lgan va ishdan bo‘shatishga uringan. Direktor esa intervyu berishdan bosh tortdi.
Mariya xonimni jamiyat va pedagogikadagi stereotiplarni parchalagan ayol deb bilishadi. Uning maktabi alohida mavzu. Gabriel Markes, Bill Geyts, Jeff Bezos kabi mashhurlar ham shunday dargoh ta’limini olganlardan. Italiyadagi ilk diplomli shifokor ayolning hayoti o‘zi yozganidek — “o‘ta sokin, ammo shiddatli”.
O‘zbekiston harbiylari Pokistonda o‘tkazilgan «Jamoaviy ruh» 6-xalqaro armiya o‘yinlarida qatorasiga uchinchi marta g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston va Tailand jamoalariga nasib etdi.
SSV rahbari Amrillo Inoyatov o‘tkazgan hay’at yig‘ilishida O‘zmedimpeks kompaniyasi direktori, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori v.b. va boshqarmalar boshliqlari ishdan olindi. Bunga ularning topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagani va yo‘nalishida yetarli natija ko‘rsatmagani sabab bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting