«Parlament Prezidentning aytganini qiladi degan gap avvalgi vaqt uchun to‘g‘ri kelar edi, avvalgi vaqtdagi dunyoqarash bu» — deydi Senat raisi Tanzila Narbayeva. Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament hozir to‘liq mustaqil va unga hech kim bosim o‘tkazmaydi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elektron emlash sertifikatlarini joriy etish to‘g‘risida kelishib oldilar. Amalga oshirilgan emlanishni tasdiqlovchi sertifikat uchinchi mamlakatlar tomonidan YeIga kirish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Juma kunidan boshlab sovuq havo massalari respublika hududidan chiqishni boshladi. Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi va yakshanba kuniga kelib havo harorati 7−12° iliqgacha ko‘tariladi.
O‘tgan yili Inson huquqlari bo‘yicha vakil salkam 15 mingta murojaatni qabul qildi va uning 4486 tasini ko‘rib chiqishni o‘z nazoratiga oldi. Ombudsmanning 274 ta murojaatiga vazirlik va idoralar o‘z vaqtida javob bermagan. Bola ombudsmani yil davomida 85 ta murojaatni olgan va bola huquqlarini himoya qilish maqsadida 8 marta sudlarda qatnashgan.
AQSH Suriyadagi binoga aviatsiya orqali zarba berdi. Raketa orqali zarba berish buyrug‘ini prezident Jo Bayden bergan.
Spotify musiqiy striming xizmati O‘zbekistonda ham faoliyat yurita boshladi. Xizmatdan ham bepul, ham pullik asosda foydalanish mumkin.
Adliya vazirligi qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Jarayonga jamoatchilik jalb qilinadi — fuqarolar regulation.gov.uz portalida cheklist to‘ldirib normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.
Sirdaryo viloyatida ayol voyaga yetmagan 2 oylik chaqalog‘ini 3 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan. Farzandini tadbir ishtirokchisiga sotgan vaqtida, kelishilgan pullar bilan ushlandi.
Farg‘ona viloyatida «Lasetti-2» avtomashinasi «Matiz» bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Hodisa oqibatida «Matiz» dagi ikki yo‘lovchi vafot etdi. Mashina haydovchilari tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Yangi aerodrom yaqinida faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat dendropark (155 gektar), shuningdek, uning yonida Olimpiya shaharchasi (160 gektar) qurilishi rejalashtirilmoqda. Chirchiq daryosining qirg‘oqlarida ham park (270 gektar) bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 20-fevraldan O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Tashkilotchilarga sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilish, ekspozitsiyalar orasida 3 metr masofani ta’minlash kabi talablar qo‘yilmoqda.
Toshkentning Yangihayot tumanida joylashgan 400 dan ortiq avariya holatidagi uylar buziladi, deya ma’lum qildi tuman hokimi Hayot Inog‘omov. Shuningdek, yog‘och uylarning buzilishi ham boshlanadi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, bu yili shuningdek, ikkita maktabni ochish, ikkita poliklinika qurish, tuman tez yordam xizmatini tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish reja qilingan.
AQSHda ayrim toifadagi chet elliklarga qo‘yilgan taqiqlarning bekor qilinishi, Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganlari, Avstraliyada Google va Facebook’ning mahalliy yangiliklar uchun pul to‘lashi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakatda qashshoqlik to‘liq bartaraf etilganini e’lon qildi. Hukumat so‘nggi 8 yil ichida buning uchun jami 246 mlrd dollar sarflab, deyarli 100 mln aholini qashshoqlik darajasidan olib chiqdi.
Qahramon Yo‘ldoshev Qishloq xo‘jaligi vazirining agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.
Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan va hukumatning iste’fo berishini talab qilmoqda. Nikol Pashinyan ushbu harakatni «harbiy to‘ntarish qilishga urinish» deb atadi.
«Avval bir rahbarning og‘ziga hamma qarab turar edi», dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva America Ovozi`ga bergan intervyusida. Uning aytishicha, hozirga qadar hududlarga «bir tiyin ham berilmas edi». Ayni shu sabab «paxtani yig‘ib olishda majburiy mehnat bo‘lgan». Narbayeva ikki davr rahbarlarining o‘rtasidagi farq juda kattaligini aytgan.
Farg‘ona viloyatida ota o‘z o‘g‘li bilan birga voyaga yetmagan bolani do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli bolani urib, tan jarohati yetkazgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga arzonladi va jami 10 538 so‘m etib belgilandi. Rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro esa qimmatladi.
Ko‘chaboshi va uyboshilarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oyda kompensatsiya to‘lanadi. Bunda ularga biriktirilgan ko‘cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko‘rsatgani inobatga olinadi va 70 balldan yuqori ball to‘plagan taqdirda kompensatsiya puli beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting