Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari hududda fevral oyining oxiri mart oyining boshida 15 ming nafar fuqaro emlanishini ma’lum qildi. Bunda, birinchilardan bo‘lib tibbiyot xodimlari va sog‘liqni saqlash tizimidagilar, surunkali kasalligi bor katta yoshdagi kishilar emlanadi. Bosqichma-bosqich tarzda maktab o‘qituvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalovchilari ham vaksina qabul qilishi kutilmoqda.
Jizzax viloyatida yashirin tarzda oltin qazib olmoqchi bo‘lgan 4 fuqaroni tosh ostida qoldi. 2 nafari chuqurdan chiqa olmay vafot etdi, qolgan ikki fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Turkmanistonda rasman koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan bo‘lsa ham fuqarolarni emlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, mamlakatda niqob taqish rejimi, transport, savdo markazlari faoliyatiga cheklovlar davom etmoqda.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlari onlayn-sammit yakunlari bo‘yicha raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum, EDCF bilan hamkorlik bo‘yicha 1 mlrd dollarlik dasturni amalga oshirish bo‘yicha bitim va boshqa hujjatlarni imzoladilar.
AQSHning BAA va Saudiya Arabistoniga qurol sotishni vaqtincha to‘xtatgani, NATO bosh kotibi davlatlarni mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga chaqirgani, Buyuk Britaniyada Alisher Usmonov va Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar qo‘llash talab qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent shahar hokimining matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Furqat Mahmudxo‘jayev poytaxt hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
2020 yilda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2,67 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 14,8 foizga o‘sdi. O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ish haqi Toshkent shahri (3,99 mln so‘m), hamda Navoiy (3,5 mln) va Toshkent (2,87 mln so‘m) viloyatlarida qayt etilgan.
Toshkent viloyatida IIB ro‘yxatida turuvchi va bekor yurgan 200 nafar yoshlar ota-onalarining xabarisiz harbiy poligonga olib ketildi. Viloyat IIBB mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Sardoba toshqinidan jabr ko‘rganlarga uy-joylar taqsimlanishida birinchi navbatda hujjatlarida muammosi bo‘lmagani uchun 1430 ta xonadon egalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan. Muammo va kamchiliklari bo‘lgan 724 ta hujjatlar Xalq deputatlari tuman Kengashlari sessiyalarida ko‘rib chiqilib, sessiya qarorlariga asosan uy ajratilishi rad etildi.
Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan 4790 nafar xonadon egalariga 186,6 mlrd so‘m moddiy yordam mablag‘lari plastik kartalarga tushirilgan. Toshqin oqibatida uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun shartnoma bo‘yicha 855,4 mlrd so‘mga teng 2640 ta xonadonli 86 ta ko‘p qavatli turar joy qurilgan.
Uch nafar fuqaro Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi maktabda 17 ta kompyuterni o‘g‘irlashda gumon qilinib, hibsga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular poytaxtning boshqa maktablaridagi o‘g‘irliklarga ham aloqador bo‘lganlar.
Baxtiyor Ibrohimov Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Chirchiq shahar prokurori sifatida ishlagan. Ibrohimov Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning ishi sudgacha yetib bormasidan OAVlarda aybdor degan fikrni ilgari surgani bilan ko‘pchillikka tanish.
1 fevraldan neft mahsulotlariga solinadigan soliq stavkalarining o‘zgarishi natijasida benzin narxlari ham oshishi kutilmoqda. Ai-80 benzini o‘rtacha 110 so‘mgacha, Ai-90 va undan yuqori markali benzin narxlari o‘rtacha 60 so‘mdan 90 so‘mgacha qimmatlashishi mumkin.
Cotton Campaign 2020 yilda mamlakatdagi paxta yig‘im-terimlarida majburiy mehnatga barham berishda «sezilarli yutuqlar» bo‘lganini qayd etib, so‘nggi 10 yilda ilk bor majburiy mehnat holatlari hujjatlashtirilmagani aytildi. Shuningdek, koalitsiya O‘zbekiston paxta klasterlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
2021 yilning ohirigacha Qozog‘istonda 6 mln aholi koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilmoqda. Vaksinatsiya jarayonlariga faqat 18 yoshga to‘lgan fuqarolar o‘tkaziladi. Bundan tashqari elektron vaksinatsiya pasporti joriy etilishi kutilmoqda.
Farg‘ona viloyatida fuqaro tanishi bilan birga o‘zining 3 yashar farzandini 4000 AQSH dollariga sotayotgani aniqlandi. Bolaning onasi bundan avval ham shunday holatni sodir etgani ma’lum bo‘lgan. Fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevga yoshlarni qishloq xo‘jaligiga jalb qilish tartibini, har 10 gektar ekiladigan yerning 1 gektarini yoshlarga ajratishni buyurdi. Prezident buni «inqilobiy qaror» deb atadi.
Qirg‘izistonning saylangan prezidenti Sadir Japarov davlat rahbari lavozimida ish boshladi. U o‘zining inauguratsiya marosimidagi nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga va’da berdi.
Toshkent viloyatida erkak 2,5 yashar qizaloqni tinchlantirish uchun boshiga urib, tan jarohati yetkazdi. Hodisa oqibatida bola vafot etdi.
O‘zbekistondagi 129 ta OTMda 500 ming nafar talaba tahsil oladi, lekin ular yetarlicha yotoqxonalar bilan ta’minlanmagan. Toshkentda 13 foiz talabalar yashash joyi bilan qamrab olingan. Shavkat Mirziyoyev talabalar turar joylari sonini ko‘paytirishni buyurdi. «Bitta xonada 4 kishi bo‘lsin, platskartaga o‘xshab», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting