Farg‘ona viloyatida «Tico» haydovchisi yo‘lning chetida harakatlanayotgan piyodani urib yuborgan. Fuqaro tan jarohatidan vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
10 ta yirik tijorat banki tomonidan umumiy qiymati 1,5 mlrd dollar bo‘lgan loyihalar taqdim etildi. Asaka banki ishtirokida Toshkent shahrining «Eski shahar» hududida savdo shaharchasi barpo etilishi, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan esa «Urgut» da umumiy qiymati 100 mln dollardan ortiq loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Guardian, Al Jazeera, The Diplomat xalqaro nashrlari uchun yozadigan mustaqil jurnalist Agneshka Pikulitska-Vilchevska O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi unga akkreditatsiya bermaganligini ma’lum qildi. Akkreditatsiya bo‘yicha javob qonun bo‘yicha 2 oyda emas, 6 oyda berilgan. Jurnalist TIV xodimi unga tegajog‘lik qilganini, ijobiy maqolalar yozishini so‘raganligini aytmoqda.
Qirg‘izistonda Mudofaa vazirligining qayta tuzilayotgani, Italiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiyaning tahdid ostida qolgani, Janubiy Koreyada karantin cheklovlarining 14 fevralga qadar uzaytirilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimida ishlagan Dilmurod Nabiyev Qarshi davlat universiteti rektori etib tayinlandi.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi mulkka qarshi jinoyatlar va giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan o‘n nafar O‘zbekiston fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirdi.
Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari deyarli 11 oydan beri korxonaga xom ashyo yetkazilmaganligini, ish to‘xtab qolib, mart oyidan ishchilar soni qisqartirilishi mumkinligini aytmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati «Daryo» nashriga zavod yopilmasligini, ish o‘rinlari qisqartirilishi, lekin xodimlar ishdan bo‘shatilmasligini ma’lum qilgan.
Qozog‘istonda haydovchilar o‘zi bilan haydovchilik va transport vositalarini qayd qilish guvohnomasini olib yurmaslikka ruxsat berildi. Politsiya xodimlari haydovchilar ma’lumotlarini planshetlar orqali tekshirishadi.
Sobiq deputat Qobul Do‘sov mast holda mashina boshqarib, YPX xodimlari bilan tortishdi. Toshkent IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Oliy ta’lim vazirligi o‘qish davomida fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchun uchinchi semestr tashkil etilishini ma’lum qildi. Yozda bo‘lib o‘tadigan ushbu semestrda qatnashadigan talabalar qo‘shimcha mablag‘ to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Toshkent shahrida «Nexia» avtomobili yo‘lni belgilanmagan joyida kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 38 yoshli piyoda tibbiyot muassasasiga yetib bormay vafot etdi.
Auksion orqali bozor muhandisi va uning sherigi 25 ming AQSH dollariga Chilonzor savdo kompleksida qurilishi rejalashtirilayotgan do‘konni olib bermoqchi bo‘lgani aniqlandi. Fuqarolar ashyoviy dalillar bilan ushlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 1,4 foizga qimmatlashdi. Inflyatsiyaning asosiy omillaridan biri mevalar va sabzavotlar narxlarining mavsumiy o‘sishi bo‘ldi.
2020 yilda O‘zbekistondan avtomobillar eksporti pul ko‘rinishida 30,4 foizga, ya’ni 208,7 mln dollarga yetdi. Avtomobillar importi 2,3 baravarga ko‘p bo‘ldi. UzAuto Motors tomonidan eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt.
Qashqadaryo viloyatida yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lib, 4 ming AQSH dollari so‘ragan shaxs aniqlandi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Fevralning birinchi haftasi davomida iliq va kam bulutli bahoriy ob-havo bo‘ladi. Yaqin kunlarda bir qator viloyatlarda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda, keyin esa yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi.
Endilikda banklar mijozlari bank xizmatidan foydalanishda shaxslarini tasdiqlash uchun ID-kartadan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda turizm va ishbilarmonlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 3 va 6 fevral kunlari Urganch-Farg‘ona-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha samolyotlar qatnovi amalga oshiriladi. 11-fevraldan boshlab ushbu parvlzlar muntazam ravishda payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Samarqand viloyatida o‘rta ta’lim maktabining qurilish-montaj ishlari uchun ajratilgan pullar MCHJ rahbarlari tomonidan talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida yana bir jamiyat rahbarlari tomonidan 240,5 mln so‘m talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.
Dollarning rasmiy kursi 21 so‘mga qimmatladi va jami 10 540 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting