Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 2021 yilda YAIMning real o‘sishi 4,5−5,5 foiz darajasida bo‘lishi, inflyatsiya darajasining 9,0−10,0 foizga qadar yanada pasayishi kutilmoqda.
Sardoba fojeasida zarar ko‘rgan masjidlarni qayta qurish uchun «Telegram» da xayriya guruhi ochib, undan tushgan mablag‘larni Suriyada terrochilik faoliyatini moliyalashtirishga jo‘natilgani aniqlandi. Shuningdek, buni uyushtirgan shaxslar ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib, Suriyaga chiqishni rejalashtirilganlikda gumon qilinmoqda. Hozirda ular ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
O‘zbekiston Oltin-valyuta zaxiralari 2021 yil boshlanganidan beri birdaniga oshdi. 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari 34,9 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralari esa 33,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Issiqlik tarmoqlarida baxtsiz xodisalar, isitishning uzilish xolatlarida issiqlik ta’minoti tashkilotlarining uzluksiz ishlaydigan shoshilinch dispetcherlik xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda kiritilgan gollari sonini 760 taga yetkazdi va bu borada rekord o‘rnatdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.
Toshkent viloyatidagi korxona rahbari Q.T. 460 ga yerni bir tadbirkorga noqonuniy rasmiylashtirib berishni taklif qiladi. Evaziga esa 3 mln 720 ming AQSH dollari talab qiladi. Tadbirkordan aytilgan summani olayotgan vaqtida Q.T. ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinadi.
Jo Bayden AQSHning 46-prezidenti sifatida ish boshladi. O‘zining inauguratsiya nutqida u saylov natijalarini demokratiyaning g‘alabasi deb atadi, amerikaliklarni bir-biridan farqli bo‘lishiga qaramay, yakdil bo‘lishga chaqirdi hamda Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlar bilan ittifoqlarni va global hamjamiyat bilan aloqalarni tiklashini va’da qildi.
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Demiya Zuxeyr Haddod O‘zbekistonda o‘z ishini boshladi.
Madrid markazida kuchli portlash ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushishiga va qo‘shni uylarning shikastlanishiga olib keldi. Natijada kamida uch kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi.
Yunusobod tumanidagi mahalla raisining birinchi o‘rinbosari prezident bilan uchrashuvda nikohdan keyin 2−3 yil muddatga ajrashishlarni taqiqlashni va televideniyega senzura qo‘yishni taklif etdi. U «o‘zbek mentalitetiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan» deb hisoblaydigan Yor-Yor dasturini misol qilib keltirdi. Shavkat Mirziyoyev cheklash va taqiq qo‘yish bilan muammo hal bo‘lmasligini aytdi.
Donald Trampning 73 kishini afv etgani, Misr va Qatar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning tiklanganligi, Isroilning Pfizer vaksinasini shubha ostiga solgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent shahrining Yuzrabod va Kozeva ko‘chalari kesishmasida Damas va VAZ-2115 avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi va ikki kishi jarohatlandi.
Polkovnik Timur Xolmatov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Poytaxt IIBBsi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i esa polkovnik Xusniddin Shamsutdinov bo‘ldi.
Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 38 149 nafar shaxsga nisbatan 30 284 ta jinoyat ishi ko‘rilgan. Sudlanganlar esa 27 999 nafarni tashkil etgan. Shundan 7 110 nafariga qamoq jazosi tayinlangan. Yil davomida 781 nafar shaxs oqlangan.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo 19 yanvar kuni qilgan bayonotida Xitoyning Sinszyan avtonom hududidagi uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini «genotsid» va «inson huquqlariga qarshi jinoyat» deya e’lon qildi.
Samarqand viloyatida 2 nafar fuqaro voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Gumondorlardan biri o‘z uyida vafot etdi, jabrlangan qiz bedarak yo‘qoldi.
Yangi — Angren IES 5 blokidagi rejali xizmat ko‘rsatish paytida portlash yuz berdi. Hodisa natijasida uch kishi olingan jarohatlar sababli vafot etdi.
Sobiq xonanda Jahongir Otajonov O‘zbekiston prezidenti saylovlarida qatnashish istagi borligini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa, partiya tuzaman», — dedi u.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» oilaviy korxonasi faoliyat yuritadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona 2020 yil 14 fevral kuni Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingan va ustav fondi 1000 so‘mni tashkil etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting