Arxiv

Prezident: “Bugungi qiyinchiliklar albatta o‘tib ketadi”
23 may 2020, 21:54

Prezident: “Bugungi qiyinchiliklar albatta o‘tib ketadi”

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti tabrigida bu yilgi Ramazonda sabru qanoat, shukronalik, ruhiy poklanish, mehr va ko‘makka muhtojlarga yanada e’tiborli bo‘lish, savobli amallar qilishdek olijanob fazilatlar har qachongidan ham yaqqol namoyon bo‘lganini ta’kidladi.

Keyingi ikki hafta ichida yana 17 ta charter reys tashkil etiladi
23 may 2020, 18:19

Keyingi ikki hafta ichida yana 17 ta charter reys tashkil etiladi

Chet eldan vatandoshlarni olib kelish uchun yana 17 ta charter reysi jadvali e’lon qilindi. Keyingi ikki hafta ichida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Donu, Istambul, Qohira va Sharjadan O‘zbekiston fuqarolarini olib keladi.

«O‘rikzor» bozori karantinga yopildi
23 may 2020, 15:58

«O‘rikzor» bozori karantinga yopildi

Toshkentdagi «O‘rikzor» savdo majmuasida sotuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, bozor vaqtinchalik yopildi.

Karantin vaqtida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi borasida tushuntirish berildi
23 may 2020, 15:47

Karantin vaqtida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi borasida tushuntirish berildi

Musulmonlar idorasi nima uchun karantin vaqtida Ramazon hayiti namozini o‘qish musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishiga aniqlik kiritdi. Shuningdek, koronavirus yuqtirish ehtimoli borligi uchun hayit bayramini nishonlashda karantin choralariga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi.

So‘rov: Mehribonlik uylari kerakmi?
23 may 2020, 15:23

So‘rov: Mehribonlik uylari kerakmi?

“Gazeta.uz” o‘quvchilaridan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar joylashtirilgan mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan muassasalarga o‘z munosabatlarini bildirishlarini so‘ramoqda.

25 mayda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» onlayn-tadbiri bo‘lib o‘tadi
23 may 2020, 14:45

25 mayda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» onlayn-tadbiri bo‘lib o‘tadi

Bitiruvchilar uchun «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri bu yil onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi, uni Uzreport TV telekanali, Toshkent shahar hokimligi va Xalq ta’limi vazirligi tashkillashtirishmoqda. Tadbirni 25 may soat 8:30 dan boshlab tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Sement importi bo‘yicha cheklov bekor qilindi
23 may 2020, 14:27

Sement importi bo‘yicha cheklov bekor qilindi

Sement importi bo‘yicha qo‘yilgan cheklov bir oy o‘tib olib tashlandi.

Sardoba suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi
23 may 2020, 01:11

Sardoba suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi

Bosh prokuratura Sardoba suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ikki kishining gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb etilganini ma’lum qildi. Ular qamoqqa olingan.

Yer usti metrosi ustunlari yaqinida yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi
22 may 2020, 23:26

Yer usti metrosi ustunlari yaqinida yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi

Toshkentda yer usti metrosi ustunlari yaqinida yer o‘pirilishiga suv quvuri ustiga o‘rnatilgan P shaklidagi himoyalovchi beton plitaning yuk mashinalari og‘irligini ko‘tara olmasdan sinib ketgani sabab qilib ko‘rsatildi.

Koronavirus holatlari 8 taga ko‘paydi (jami — 3036 ta)
22 may 2020, 23:11

Koronavirus holatlari 8 taga ko‘paydi (jami — 3036 ta)

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 8 taga ko‘payib, jami 3036 taga yetdi. Kun davomida 69 ta yangi COVID-19 holati qayd etilgan bo‘lsa, 46 tasi aholi orasida aniqlandi.

Samarqand viloyatining Juma shahrida karantin kuchaytirildi
22 may 2020, 20:42

Samarqand viloyatining Juma shahrida karantin kuchaytirildi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani markazi Juma shahrida harakat vaqtincha to‘xtatildi. Mazkur qaror koronavirus tuman bo‘ylab tarqalmasligi maqsadida qabul qilindi.

SSV: Navoiy viloyatida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari soni o‘smoqda
22 may 2020, 20:17

SSV: Navoiy viloyatida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari soni o‘smoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinish holatlari soni ortganini xabar qildi. Viloyatda 66 ta holat tasdiqlangan bo‘lsa, infeksiya yuqtirganlar orasida xorijdan kelganlar yo‘q. Asosiy o‘choq — Zarafshon shahri.

Andijon viloyatida 642 kilometrlik yo‘l quriladi va ta’mirlanadi
22 may 2020, 19:37

Andijon viloyatida 642 kilometrlik yo‘l quriladi va ta’mirlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilda Andijon viloyatida 642 kilometr avtomobil yo‘li, 85 kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Ruxsatsiz dron ishlatmoqchi bo‘lgan andijonlik videooperatorga sud hukmi o‘qildi
22 may 2020, 19:30

Ruxsatsiz dron ishlatmoqchi bo‘lgan andijonlik videooperatorga sud hukmi o‘qildi

Andijonda dron yordamida klip olmoqchi bo‘lgan videooperator bir yil sinov muddati bilan shartli ravishda uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Deputat Rasul Kusherbayev sudlanuvchining jinoyatini istehzo bilan “Yil jinoyati” deb ta’rifladi va bu kabi jazolarni jinoyat qonunchiligidan butunlay chiqarib tashlash kerakligini ta’kidladi.

Pokistonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi
22 may 2020, 17:04

Pokistonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi

Pokistonda ichki reysni amalga oshirayotgan samolyot aholi yashaydigan hududga qulab tushdi. Samolyotda kamida 90 nafar yo‘lovchi bo‘lganligi aytilmoqda.

AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha $3 mln ajratadi
22 may 2020, 16:44

AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha $3 mln ajratadi

AQSH hukumati COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratadi. Vashingtonning O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatgan bevosita yordami ja’mi 5,92 mln dollarni tashkil etdi.

Sirdaryodagi tiklanish ishlari uchun Davlat byudjetiga 100 mln dollar ajratiladi
22 may 2020, 16:14

Sirdaryodagi tiklanish ishlari uchun Davlat byudjetiga 100 mln dollar ajratiladi

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qaytarib bermaslik asosida Davlat byudjetiga 100 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar ajratadi. Bu mablag‘lar Sirdaryodagi suv toshqini oqibatida jabrlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi
22 may 2020, 14:46

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +35…+37, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa +40 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi kuchayishi mumkin.

Buxorodagi oxirgi koronavirus bemorlari sog‘aydi
22 may 2020, 14:34

Buxorodagi oxirgi koronavirus bemorlari sog‘aydi

Buxoro viloyatida davolanayotgan so‘nggi 2 nafar COVID-19 bemori ham to‘liq sog‘aydi. Respublika bo‘yicha tuzalganlar soni 2438 nafarga yetdi.

Har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etiladi
22 may 2020, 14:11

Har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi yig‘ilish davomida endilikda har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etilishini ma’lum qildi. Mazkur shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktirilishi va ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘lishi ta’kidlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting