Senat raisi Tanzila Narbayeva har bir viloyatdagi xalq banki raisi yoki o‘rinbosarlaridan biri ayollar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Ushbu lavozimga tayinlanganlar ayollar tadbirkorligiga kredit ajratish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekistonga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi oqibatida, haftaning ikkinchi yarmidan boshlab havo harorati ko‘tariladi. Hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Guljahon Yo‘ldosheva sudda bergan ko‘rsatuvlari davomida dastlabki tergov organi tomonidan ayblov asossiz qo‘yilganini ta’kidladi. Qolaversa, Farrux Rustamovning o‘limiga aloqasi yo‘qligini, shifoxonadan olib ketilayotganida uyda, farzandi betobligi bois uning oldida bo‘lganini ma’lum qildi.
Andijon viloyatida o‘z joniga qasd qilib, suvga tashlagan 18 yoshli nabirasini qutqarmoqchi bo‘lgan erkak u bilan birga cho‘qib ketdi. Prokuratura bu bo‘yicha surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Shirin shahrida 15 yoshli voyaga yetmagan qiz muntazam ravishda o‘gay onasi tomonidan kaltaklanib, ruhiy bosim ostida bo‘lganligi haqida videomurojaat orqali ma’lum qilgan. Hozirda shahar IIB tomonidan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham qimmatladi, rubl esa biroz pasaydi.
Ellikqal’a tumanida jiddiy oqibatlarga olib kelgan avariya yuz berdi. YHXB xabar berishicha, ikki kishi vafot etgan va ikki kishi jarohatlangan. «Gazeta.uz» xabariga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, uch kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlandi. Ushbu virus o‘zining tez tarqalishiga qaramay, o‘limga olib kelishi yoki vaksinalarga turlicha ta’sir qilishiga hozircha hech qanday asos yo‘qligi aytilmoqda. Bir qator mamlakatlar Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi.
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib Avazxon Ergashev tayinlandi. U Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Komiljon Sobirov o‘rnini egalladi.
Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov prezidentga murojaatidan keyin tashkil etilgan Respublika idoralararo komissiyasining tekshiruvi natijasida lavozimiga qayta tiklandi.
Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev 2021 yilda Toshkent hududining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tmasligini ta’kidladi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt yaqinida yo‘ldosh shahar qurilishi Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi uy-joy muammolarini hal qilishga qaratiladi.
Turkiyada hibsga olingan jurnalist Abdukarim Mirzayev hech qanday jinoiy ish bilan aloqasi bo‘lmagani va qidiruvdagilar ro‘yxatida ham yo‘qligini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Zamin fondi loyihasi doirasida sentyabr oyidan noyabr oyigacha 23 nafar bolalarning eshitish qobiliyati tiklandi. Fondning dasturiga ko‘ra, 2021 yilda ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari uchun koxlear implantatsiya bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Qarshidagi xususiy o‘quv markazlaridan biriga tegishli yotoqxonada gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik tufayli is gazidan 13 nafar o‘smir zaharlandi.
Oybek Usmanov O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimiga tayinlandi.
Rossiya O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan olib kirilayotgan pomidor va qalampirga qo‘yilgan vaqtinchalik ta’qiqlarni qisman bekor qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibining o‘rinbosari bo‘ldi.
Zira.uz bayramingiz mazali o‘tishini tilab qoladi va yangi yil pishiriqlari retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olindi. Shubhalar isbotini topmadi, biroq jurnalistni deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
AQSHda COVID-19 vaksinasi ishlab chiqaruvchilarining nojo‘ya ta’sirlar uchun javobgarlikdan ozod qilinishi, Shvetsiya qirolining karantinsiz koronavirusga qarshi kurashishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olgani, Singapurda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda COVID-19ga qarshi antitanachalarning topilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting