Arxiv

Surxondaryodagi eng oxirgi koronavirus bemori ham sog‘aydi
20 may 2020, 17:30

Surxondaryodagi eng oxirgi koronavirus bemori ham sog‘aydi

Surxondaryodagi eng oxirgi COVID-19 bemori sog‘ayib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi. Infeksiyadan sog‘ayganlar soni 2369 nafarga yetdi.

Koronavirus aniqlangan holatlar soni 2900 tadan oshdi
20 may 2020, 17:01

Koronavirus aniqlangan holatlar soni 2900 tadan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga oshdi va jami 2927 taga yetdi. Yangi holatlarning 28 tasi karantindagilar, 19 tasi xorijdan kelganlar orasida aniqlandi.

Xalq qabulxonalari: suv toshqinidan zarar ko‘rgan 3,5 ming oila holati o‘rganildi
20 may 2020, 16:54

Xalq qabulxonalari: suv toshqinidan zarar ko‘rgan 3,5 ming oila holati o‘rganildi

Xalq qabulxonalariga suv toshqinidan zarar ko‘rgan fuqarolardan 1,1 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 89 foizi joyida hal qilindi. Shuningdek, vaqtincha ko‘chirilgan oilalar holidan muntazam xabar olinib, ularning kunlik ehtiyojlari qondirilmoqda.

Kembrij universiteti vaqtincha onlayn ta’limga o‘tadi
20 may 2020, 16:45

Kembrij universiteti vaqtincha onlayn ta’limga o‘tadi

Britaniyaning Kembrij universiteti keyingi o‘quv yilini ham to‘liq onlayn shaklga o‘tkazishga qaror qilgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi.

FVV: Sirdaryoda yoqilgan buyumlar suv ostida qolgan uylardan olib chiqilgan
20 may 2020, 14:29

FVV: Sirdaryoda yoqilgan buyumlar suv ostida qolgan uylardan olib chiqilgan

Sirdaryo viloyatida ochiq maydonda yoqilayotgan buyumlarning suv bosgan uylardan olib chiqilgani va foydalanishga yaroqsiz ekani ma’lum qilindi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xayriya uchun yuborilgan buyumlar yoqib yuborilayotgani xaqida xabarlar tarqalgan edi.

Qoraqalpog‘istonda “tramadol” savdosiga chek qo‘yildi
20 may 2020, 14:02

Qoraqalpog‘istonda “tramadol” savdosiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi “tramadol” savdosiga chek qo‘yildi.

Falastin AQSH va Isroil bilan tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqadi
20 may 2020, 13:48

Falastin AQSH va Isroil bilan tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqadi

Falastin prezidenti Isroil hukumati Falastin yerlarini o‘ziga qo‘shib olmoqchi bo‘lgani uchun Isroil va AQSH bilan tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqilishi haqida e’lon qildi.

Qator qurilish texnikalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi — ro‘yxat
20 may 2020, 13:15

Qator qurilish texnikalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi — ro‘yxat

Prezident qaroriga binoan, 2021 yil 1 yanvargacha import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi. Bundan tashqari, 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlarini olib kirish uchun qo‘yilgan bojxona to‘lovlari ham bekor qilinadi.

Aprel oyi davomida 76 kishi YTH oqibatida vafot etdi
20 may 2020, 12:02

Aprel oyi davomida 76 kishi YTH oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonda aprel oyi davomida 336 ta YTH sodir bo‘lib, ular oqibatida 76 nafar kishi vafot etgan. Aksariyat YTHlar haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik va ularning ehtiyotsizligi sababli sodir etilgan.

Koronavirus bemorlari soni 2880 nafarga yetdi
20 may 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2880 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 25 nafarga ortib, jami 2880 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 529 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 528 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 may 2020, 23:52

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mirali Hamroyev Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

MO davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilish o‘tkazdi
19 may 2020, 23:46

MO davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilishda pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi
19 may 2020, 23:25

Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilda maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Maktablarga o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishga qarab yakuniy baholarni qo‘yish tavsiya etildi.

Kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etildi
19 may 2020, 23:16

Kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etilib, jami 2855 taga yetdi.

O‘zbekiston yana 12 ming fuqaroni xorijdan qaytaradi
19 may 2020, 20:48

O‘zbekiston yana 12 ming fuqaroni xorijdan qaytaradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunga qadar 39 ming nafar fuqaro mamlakatga qaytarilganini ma’lum qildi. Yana 12 ming nafar fuqaro horijdan qaytarilishi rejalashtirilmoqda.

“Hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi” — prezident tadbirkorlar mulkini olib qo‘yish holatlari haqida
19 may 2020, 20:02

“Hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi” — prezident tadbirkorlar mulkini olib qo‘yish holatlari haqida

“Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo‘yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari to‘g‘risida hukumatga ma’lumot kiritib boradi.

O‘zini o‘zi band qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinadi — Shavkat Mirziyoyev
19 may 2020, 19:50

O‘zini o‘zi band qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinishi haqida ma’lumot berildi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya.

Bishkekda jamoat transporti qaytadan ish boshlaydi
19 may 2020, 19:16

Bishkekda jamoat transporti qaytadan ish boshlaydi

25 maydan Bishkekdagi jamoat transporti o‘z ishini qaytadan boshlaydi. Yo‘lovchilar masofa saqlashlari va niqob kiyishlari kerak.

KOICA suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam jo‘natdi
19 may 2020, 19:09

KOICA suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam jo‘natdi

KOICA Sirdaryo viloyatida suv toshqinidan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami yubordi. Yuk tarkibidan shaxsiy gigiyena vositalari, birlamchi mahsulotlar va bolalar ozuqlari o‘rin olgan.

Moliya vazirligi sug‘urta bozoridagi joriy holat bo‘yicha ma’lumot berdi
19 may 2020, 18:59

Moliya vazirligi sug‘urta bozoridagi joriy holat bo‘yicha ma’lumot berdi

Sirdaryodagi ofat natijasida 4,351 ta uy-joyga jiddiy shikast yetgan bo‘lsa, ulardan faqatgina 212 tasining sug‘urtalangani ma’lum bo‘ldi. Sug‘urta sohasining umumiy hajmi esa YaIMning 0,5 foizini, aholi jon boshiga 14,7 ming so‘mni tashkil etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting