Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati u Farrux Rustamovning o‘limida umuman aloqasi yo‘qligini aytganini ma’lum qildi. Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan sud jarayonida uning ko‘rsatmasi tinglandi.
Toshkent viloyatida eriga achchiq qilib bolalarini cho‘ktirib yubormoqchi bo‘lgan ayol videotasviri bo‘yicha munosabat bildirildi. Ayolni ekologlar to‘xtatib qolgan.
Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Davletov Xiva hokimi etib tayinlandi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus bilan kasallandi. U 7 kunga izolyatsiya qilinadi va masofadan turib faoliyatini davom ettiradi.
Nukusda yozda, karantin vaqtida jamoat ishlariga jalb qilingan ayollar ish haqlarini ololmagani uchun shahar markazidagi ko‘chani to‘sib qo‘ydi.
BMT tomonidan taqdim etilgan so‘nggi hisobotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning eng ko‘pi Suriya va Venesueladan.
YUNISEF ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 15 maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi. Ushbu maktablarda o‘g‘il va qiz bolalar uchun zamonaviy hojatxonalar va yuvinish xonalari, maktablarni chiqindilardan tozalash sharoiti barpo etiladi.
2020 yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra 29,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (4,5 mlrd dollar), Jahon banki (3,1 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xitoyning Oydan tuproq olib kelish uchun 24 noyabrda kosmosga uchirilgan «Chan’e-5» yig‘uvchi apparati 17 dekabr kuni o‘z missiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan holda Yerga qaytdi.
16 dekabr kuni bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshib, BTC’ning bozor qiymati 373,9 mlrd dollarga yetdi. Bunday o‘sishga milliarderlar va yirik kompaniyalarning kripto valyutaga sarmoya kiritgani sabab bo‘ldi.
Namanganda MAN yuk avtomashinasi chorrahada Nexia bilan to‘qnashdi. Olti kishi vafot etdi, ulardan uch nafari voyaga yetmaganlar.
O‘zbekistonda yil boshidan beri is gazidan zaharlanish va gaz chaqnashi oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan. Prezident FVVning Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kamayib, 5,44 mlrd dollarni tashkil etdi. Ushbu davr mobaynida pul o‘tkazmalari bo‘yicha 4,36 mlrd dollarga teng bo‘lgan ijobiy saldo o‘rnatildi.
Aqlli kim oshdi savdolari tufayli mulkni davlat tasarrufidan chiqarish davlat byudjeti va fuqarolar manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi. To‘g‘ri kim oshdi savdolarini qanday o‘tkazish kerak? Iqtisodchi Behzod Xoshimov maqolasi.
Yaponiya bosh vazirining sakkiz kishi ishtirok etgan kechki bazmda qatnashgani uchun uzr so‘ragani, Parij meriyasining ayol rahbarlar soni ko‘pligi uchun jarimaga tortilgani, Yevropa komissiyasining «VKontakte» va Telegram’ni «qaroqchilar ro‘yxati»ga kiritgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bayramdan oldin go‘sht, shakar, guruch, o‘simlik yog‘i narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi. Bosh vazirga ushbu mahsulotlar zaxirasini to‘ldirish topshirig‘i berildi.
Quacquarelli Symonds xalqaro agentligi tomonidan Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha 2021 yil uchun eng kuchli universitetlar reytingiga O‘zbekistonning to‘rtta universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti kiritildi.
Bugungi kunda gaz ta’minotida sutkasiga 20 million metr kub tanqislik mavjud, deya ta’kidladi prezident. Shavkat Mirziyoyev gaz eksportini qisqartirish bo‘yicha topshiriq berib, buning hisobiga, kuniga 7−8 million metr kub gaz qo‘shimcha ravishda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilishini aytdi.
Qish mavsumida uzluksiz elektr ta’minoti uchun qo‘shimcha ravishda 10−12 million kilovatt-soat ishlab chiqarish zarur, dedi prezident bo‘lib o‘tayogan yig‘ilishda. Davlat rahbari 10 kun ichida yetishmayotgan elektr energiyasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha buyruq berdi.
17 dekabr kuni Oskar-2020 mukofotiga nomzod etib ko‘rsatilgan rejissyor Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» badiiy filmi namoyish etiladi. Shuningdek, 23 dekabr kuni rejissyor Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» badiiy filmining ham katta premerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting