Arxiv

OTB COVID-19ga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga $1,36 mln ajratdi
18 may 2020, 18:33

OTB COVID-19ga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga $1,36 mln ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki koronavirus tarqalishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiy uskunalar va vositalarni sotib olish uchun O‘zbekistonga 1,36 million dollar miqdorida grant ajratdi.

Xitoy koronavirusdan zarar ko‘rgan davlatlarga $2 mlrd ajratadi
18 may 2020, 17:43

Xitoy koronavirusdan zarar ko‘rgan davlatlarga $2 mlrd ajratadi

Yaqin ikki yil ichida Xitoy koronavirusdan qattiq zarar ko‘rgan davlatlarga, birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga, yordam sifatida 2 mlrd dollar ajratishini ma’lum qildi. Shuningdek, Xitoy “Katta yigirmatalik” (G-20) tomonidan qashshoq davlatlarning qarzlarini to‘lashga moratoriy joriy etish g‘oyasini ilgari surishini aytdi.

Ehtiyojmand oilalarga ajratilgan 153,2 mln so‘mlik xayriya pullari talon-taroj qilindi
18 may 2020, 17:06

Ehtiyojmand oilalarga ajratilgan 153,2 mln so‘mlik xayriya pullari talon-taroj qilindi

Oqqo‘rg‘on tumanida “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining 153,2 mln so‘mlik xayriya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

3 nafar o‘smirni bosib yuborgan ayol 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi
18 may 2020, 16:54

3 nafar o‘smirni bosib yuborgan ayol 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi

O‘tgan yilning yozida Toshkentning Yunusobod tumanida mashinasida 3 o‘smirni urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan ayol ustidan sud jarayoni yakunlandi. Haydovchi Larisa Tolmacheva aybdor deb topilib, to‘rt yilga qamaldi.

COVID-19 testini qayerda topshirish mumkin va narxi qancha?
18 may 2020, 15:53

COVID-19 testini qayerda topshirish mumkin va narxi qancha?

O‘zbekistonda havo va temir yo‘l aloqalari qisman ochildi. Yo‘lovchilar koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishlari kerak. Qayerda test topshirish mumkin va narxi qancha? Sanitariya-epidemiologiya agentligi ma’lumotlari.

Koronavirusdan vafot etganlar soni 13 nafarga yetdi
18 may 2020, 15:38

Koronavirusdan vafot etganlar soni 13 nafarga yetdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan samarqandlik bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 13 kishiga yetdi.

TIV: Afg‘onistondagi kelishuv muzokaralarga va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochadi
18 may 2020, 15:20

TIV: Afg‘onistondagi kelishuv muzokaralarga va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochadi

O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi. Afg‘oniston siyosiy yetakchilarining kelishuvi muzokaralarga va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochadi, deyiladi vazirlik bayonotida.

Hafta o‘rtasidan quyoshli havo kuzatiladi
18 may 2020, 14:44

Hafta o‘rtasidan quyoshli havo kuzatiladi

Dushanba va seshanba kunlari momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi soniyasiga 28 metrgacha kuchayishi mumkin. Hafta o‘rtasidan esa quyoshli havo kuzatiladi va harorat +32…+35 darajagacha ko‘tariladi.

Koronavirus byudjetga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
18 may 2020, 12:59

Koronavirus byudjetga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Moliya vazirligi I chorak yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, yanvar-mart oylarida Davlat byudjeti daromadlari 28,5 trln so‘mni, xarajatlari esa 27,7 trln so‘mni tashkil etib, davlat byudjeti profitsiti 0,8 trln so‘mni tashkil etgan. Koronavirus pandemiyasi iqtisodiyotga katta ta’sir ko‘rsatmadi.

Dollarning rasmiy kursi arzonlashdi
18 may 2020, 12:15

Dollarning rasmiy kursi arzonlashdi

Dollarning rasmiy kurli 7,6 so‘mga arzonlashdi va 10129 so‘m etib belgilandi. Xorijiy valyutalar kursi o‘tgan hafta ko‘tarilgan edi.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga 1,2 mln rubl yordam puli tarqatildi
18 may 2020, 12:06

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga 1,2 mln rubl yordam puli tarqatildi

Rossiyada bo‘lib turgan birinchi 202 nafar o‘zbekistonlikka 1,2 mln rubllik yordam puli tarqatildi.

Afg‘onistonda siyosiy inqirozga barham berildi
18 may 2020, 10:39

Afg‘onistonda siyosiy inqirozga barham berildi

Afg‘onistonda siyosiy inqirozga prezident Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh kelishuvi bilan barham berildi. Unga ko‘ra, Ashraf G‘ani prezident maqomini saqlab qoladi va Abdulloh Abdulloh esa Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi bo‘ladi. Shuningdek, sobiq vitse-prezident general Abdulrashid Do‘stumga marshal unvoni berilishi kelishilgan.

Koronavirus bemorlari soni 2762 nafarga yetdi
18 may 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2762 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 2762 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 494 kishi davolanmoqda. Ayni paytda 49 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 502 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

Kuchli shamol Xorazmda tomlarni uchirib yubordi
17 may 2020, 22:59

Kuchli shamol Xorazmda tomlarni uchirib yubordi

Kuchli shamol Xorazmda tashkilotlar va uylarning tomlarini uchirib yubordi. Daraxtlar va elektr tarmoqlariga ham zarar yetdi.

Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
17 may 2020, 15:24

Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor yurak qon -tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Marhum xalqaro yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan.

Koronavirus holatlari 2738 taga yetdi — kunlik statistika
16 may 2020, 23:57

Koronavirus holatlari 2738 taga yetdi — kunlik statistika

O‘zbekistonda kun davomida 52 ta yangi COVID-19 holati qayd etilib, jami holatlar soni 2738 taga yetdi.

To‘g‘on o‘pirilganda Qozog‘istonga suv yetib bormasligi aytilgani tasdiqlandi
16 may 2020, 18:56

To‘g‘on o‘pirilganda Qozog‘istonga suv yetib bormasligi aytilgani tasdiqlandi

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov 1 may kuni Sardoba suv omborida to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida Qozog‘iston so‘roviga javoban suv omborida tezroq suv yopiladi va suv xavfsiz yo‘naltiriladi deb aytilganini “Gazeta.uz"ga tasdiqladi.

Koronavirus bemorlari soni 2700 nafardan oshdi
16 may 2020, 17:07

Koronavirus bemorlari soni 2700 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni yana 28 nafarga ortib, jami 2719 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 33 taga yetdi.

Italiya 3 iyundan chegaralarni ochadi
16 may 2020, 16:49

Italiya 3 iyundan chegaralarni ochadi

Italiya hukumati 3 iyundan boshlab mamlakatning bir viloyatidan ikkinchisiga o‘tishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, 18 may kunidan bitta viloyat ichida sayohat cheklovlari bekor qilinadi. Mahalliy hokimlarga ijtimoiy masofalanish tadbirini amalga oshirib bo‘lmaydigan hududlarni vaqtincha yopib ko‘yish vakolati beriladi.

Prokuratura: Sardoba suv ombori bo‘yicha 4 ta asosiy tergov taxmini mavjud
16 may 2020, 15:31

Prokuratura: Sardoba suv ombori bo‘yicha 4 ta asosiy tergov taxmini mavjud

Prokuratura Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi yuzasidan olib borilayotgan jinoiy ish bo‘yicha 4 ta asosiy tergov taxminini tekshirmoqda. Ular — loyihalashdagi xatoliklar, qurilish me’yorlariga rioya etmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar va tabiiy ofat taxminlari. Jami 170 nafardan ziyod kishi so‘roq qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting