Arxiv

Toshkentda poyga vaqtida piyodani urib yuborgan haydovchining jazosi yengillashtirilib, qo‘yib yuborildi
26 sentabr 2024, 23:58

Toshkentda poyga vaqtida piyodani urib yuborgan haydovchining jazosi yengillashtirilib, qo‘yib yuborildi

May oyida Kia Stinger haydovchisi Toshkentdagi avtotyuning ustaxonasi hududidagi poyga vaqtida avtotuning_uz Instagram sahifasi asoschisini urib yuborgan, u shifoxonaga olib ketilayotganda halok bo‘lgandi. Avgustda u 3 yillik qamoqqa hukm qilingandi, ammo apellyatsiya sudi jazoni yengillashtirib, uni ozod qildi.

Zaha Hadid Architects kompaniyasi Yangi Toshkentdagi madaniy obyektlar majmuasini loyihalashtirdi
26 sentabr 2024, 23:23

Zaha Hadid Architects kompaniyasi Yangi Toshkentdagi madaniy obyektlar majmuasini loyihalashtirdi

Jahonga mashhur Zaha Hadid Architects kompaniyasi Yangi Toshkentdagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini o‘z ichiga olgan majmua loyihasini yaratdi. Chirchiq daryosi sohilida dam olish zonasi tashkil etiladi. Loyihalar prezidentga taqdim etildi.

26-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
26 sentabr 2024, 22:56

26-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

BMTda nutq so‘zlagan tashqi ishlar vaziri, Toshkent maktablaridan biridagi holatga “rasmiy tushuntirish” so‘ragan Rossiya, pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha konsepsiya, Nyu-York merining O‘zbekiston bilan ehtimoliy aloqalari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Paxta yetishtiruvchilarning shartnomasini bekor qilish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan” — QXV
26 sentabr 2024, 22:30

“Paxta yetishtiruvchilarning shartnomasini bekor qilish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan” — QXV

QXV fermer va klasterlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, paxta yetkazib berish shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalar va ularning rahbarlariga hech qanday ko‘rsatma bermaganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, fermerlarning 90 foizi allaqachon shartnomalarini yangilagan.

Futzal JCH: Qozog‘iston amaldagi jahon chempioni Portugaliyani mag‘lub etdi
26 sentabr 2024, 22:22

Futzal JCH: Qozog‘iston amaldagi jahon chempioni Portugaliyani mag‘lub etdi

O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi mundialning nimchorak finalida navbatdagi sensatsiyalar qayd etildi: Qozog‘iston amaldagi jahon chempioni Portugaliyani mag‘lub etdi. Marokash esa jahon chempionatlarida Eronni mag‘lub eta olgan Afrikaning ilk vakiliga aylandi.

Prezident qator tibbiyot xodimlarini mukofotladi
26 sentabr 2024, 21:13

Prezident qator tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Akademik Vohidov nomidagi tibbiyot markazi 50 yilligi munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi samarali mehnati uchun qator tibbiyot xodimlarini faxriy unvon va ordenlar bilan mukofotladi.

Nyu-York meri Erik Adams jinoyatda ayblanmoqda — NYT
26 sentabr 2024, 20:23

Nyu-York meri Erik Adams jinoyatda ayblanmoqda — NYT

Nyu-York meri Erik Adams korrupsiyaviy jinoyatda ayblanmoqda. Prokurorlar uning 2021-yilgi saylov kampaniyasini moliyalashtirish manbalarini tekshirmoqda. Rasmiylar Adamsning bir qancha davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan aloqalari haqida ma’lumot so‘ragan.

Isroil “Hizbulloh” bilan sulh bitimidan voz kechdi
26 sentabr 2024, 19:53

Isroil “Hizbulloh” bilan sulh bitimidan voz kechdi

Isroil AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharqda masshtabliroq urushning oldini olishga urinayotgan boshqa ittifoqchilarning “Hizbulloh” bilan uch haftalik sulh taklifini rad etdi.

Toshkentda Maff polusti qoplamalarining yirik shourumi ochilishi bo‘ldi
26 sentabr 2024, 19:00

Toshkentda Maff polusti qoplamalarining yirik shourumi ochilishi bo‘ldi

Maff kompaniyasi Toshkentda yangi katta shourum ochdi. Maydoni 1200 kv. m. bo‘lgan yangi shourumda tashrif buyuruvchilar 17 ta jahon brendlar mahsulotlari bilan tanishishi mumkin.

“Gazeta.uz” jurnalisti “Eng yaxshi milliy kontent” respublika tanlovida g‘olib chiqdi
26 sentabr 2024, 18:21

“Gazeta.uz” jurnalisti “Eng yaxshi milliy kontent” respublika tanlovida g‘olib chiqdi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi “Eng yaxshi milliy kontent” tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Tanlovning internet-jurnalistika yo‘nalishidagi “Eng yaxshi milliy kontent uchun” nominatsiyasida “Gazeta.uz” jurnalisti Gulira’no Musayeva g‘olib deb topildi.

Kolonka: Qonunchilikdan amaliyotga. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun samarali choralar ko‘rishga chaqiriq
26 sentabr 2024, 18:12

Kolonka: Qonunchilikdan amaliyotga. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun samarali choralar ko‘rishga chaqiriq

Bo‘lajak Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish bo‘yicha global konferensiyasi O‘zbekistonning sadoqatini ta’kidlash va ilg‘or qonunlarni haqiqatga aylantirish uchun ideal imkoniyatdir. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Antoniya Lyudekening kolonkasi.

Toshkentda avtobusda sog‘lig‘i yomonlashgan fuqaro vafot etdi
26 sentabr 2024, 18:00

Toshkentda avtobusda sog‘lig‘i yomonlashgan fuqaro vafot etdi

Beruniy metro bekati yaqinida jamoat avtobusi ichida yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashib, tashqariga olib chiqildi. Fuqaro tez yordam yetib kelgunga qadar vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzildi
26 sentabr 2024, 16:02

O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzildi

O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi, konsepsiya prezident administratsiyasiga 2025-yil 1-martga qadar taqdim etilishi kerak. Avvalroq Jahon banki O‘zbekistonga pensiya yoshini bosqichma-bosqich 65 yoshga oshirishni tavsiya qilgan edi.

Qator qo‘riqxona rahbarlari ishidagi kamchiliklari uchun ishdan olindi
26 sentabr 2024, 15:50

Qator qo‘riqxona rahbarlari ishidagi kamchiliklari uchun ishdan olindi

Nurota davlat qo‘riqxonasi, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i, “Sudoche-Akpetki” buyurtma qo‘riqxonasi va Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi rahbarlari lavozimidan ozod etildi. Ular faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan va ishni lozim darajada tashkil etmagan.

O‘zbekistonda qariyb 6 oyda 19 ming fuqaro uchun 32,5 mlrd so‘mlik protez va reabilitatsiya vositalari berildi
26 sentabr 2024, 15:31

O‘zbekistonda qariyb 6 oyda 19 ming fuqaro uchun 32,5 mlrd so‘mlik protez va reabilitatsiya vositalari berildi

Salkam yarim yilda 19 ming nogironligi bo‘lgan va nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez va reabilitatsiya vositalari uchun 32,5 mlrd so‘m subsidiya ajratildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, fuqarolarga 30 turdagi mahsulot elektron vaucher shakllantirish orqali berilmoqda.

Toshkentni “piyodalar shahri”ga aylantirish, yashil hududlar va suv havzalarini ko‘paytirish reja qilinmoqda
26 sentabr 2024, 14:43

Toshkentni “piyodalar shahri”ga aylantirish, yashil hududlar va suv havzalarini ko‘paytirish reja qilinmoqda

Prezident Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Unda “Shahar — piyodalar uchun” tamoyilini joriy etish, sun’iy suv havzalari va yashil zonalar barpo etish, korxonalarda tozalash uskunalarini o‘rnatish va boshqa tadbirlar ko‘zda tutilmoqda.

Chilonzorda o‘quvchini urgan o‘qituvchi 7 sutkaga qamaldi. Jazo uning boshqa huquqbuzarligi uchun berildi
26 sentabr 2024, 13:41

Chilonzorda o‘quvchini urgan o‘qituvchi 7 sutkaga qamaldi. Jazo uning boshqa huquqbuzarligi uchun berildi

Toshkentdagi 188-maktabda o‘quvchini urgan sinov muddatidagi o‘qituvchi voqeaning ertasi kuni qizi o‘qiyotgan boshqa maktabda direktor o‘rinbosari bilan tortishib, unga kuch ishlatdi. Ayol Milliy gvardiya va IIO xodimlari talablariga ham bo‘ysunmagan. Buning ortidan unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.

HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konlarda sotish mumkin bo‘ladi — ILMA
26 sentabr 2024, 13:16

HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konlarda sotish mumkin bo‘ladi — ILMA

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamster Kombat o‘yinidan olingan HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konda sotish mumkinligini ma’lum qildi. Kriptoaktivlar aylanmasi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilganini eslatdi.

“Muammolarga to‘la o‘z ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lardi” — Alisher Qodirov RF TIVning Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urganiga munosabati haqida
26 sentabr 2024, 12:23

“Muammolarga to‘la o‘z ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lardi” — Alisher Qodirov RF TIVning Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urganiga munosabati haqida

Alisher Qodirov Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urgani bo‘yicha Rossiya TIV O‘zbekistondan “rasmiy tushuntirish” so‘raganiga munosabat bildirdi. “Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lar edi”, — deydi Milliy tiklanish partiyasi raisi.

Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi
26 sentabr 2024, 11:48

Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bunyod Mamadjanov Toshkent shahri Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha “Asakabank” raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting