Wolt kompaniyasi o‘zining afzalliklari haqida gapirib berdi va restoranlarga muvaffaqiyatli hamkorlik qilish uchun bir nechta maslahatlar berdi.
Namibiya vitse-prezidenti, 72 yoshli Netumbo Nandi-Ndaitva bahsli saylovlardan so‘ng mamlakatning birinchi ayol prezidentiga aylandi. Logistik muammolar va mamlakatning ba’zi hududlarida ovoz berish uch kunga uzaytirilgani sababli aksariyat muxolifat partiyalar natijalarni boykot qildi.
Xatirchi tumanidagi MFYlardan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi tadbirkor bilan kelishib, MCHJ va xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. U ajratilgan pulni o‘ziga tegishli xususiy korxonaga o‘tkazib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi. Unda tinch atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” 7-dekabrdan Xivagacha Afrosiyob qatnovi boshlanishi haqidagi xabarni rad etdi. Biroq bitta poyezd sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi. Avvalroq “O‘TY” rahbari prezidentning yangi yil arafasida Buxoro — Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘lini ochish rejalari haqida ma’lum qilgandi.
Hukumat qarori bilan respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xatirchi tumanida erkak o‘zining ruhiy kasal qizi va shar’iy nikohida bo‘lgan xotini tomonidan qasddan o‘ldirildi. Sudda buni erining ruhiy va jismoniy tazyiqlaridan bezgani uchun qilganini aytgan ayol 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi import sementga nisbatan antidemping tekshiruvi o‘tkazmoqda. Qurilish materiali asosan Qozog‘iston va O‘zbekistondan yetkazildi. Avvalroq iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar narxlar dempingiga yo‘l qo‘yganini aytgandi.
Hukumat qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Portugaliyalik mutaxassis Pedro Moreyra Maksim Shatskix o‘rniga Toshkentning “Paxtakor” futbol klubiga yangi bosh murabbiy bo‘ldi. “Biz uni o‘zbeklashtirib, bir haftadan keyin choyxonadan chiqolmaydigan qilib qo‘ymasligimiz kerak”, — dedi jamoa prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Muxolifatdagi partiyalar harbiy holat e’lon qilgan, keyin esa uni bekor qilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi impichment tashabbusi bilan chiqdi. Mudofaa vaziri Kim Yon Xyon iste’foga chiqdi. Mahalliy OAV mamlakat rahbariga harbiy holat joriy etishni aynan u taklif qilgani haqida xabar berdi.
Prezident qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy rahbarlari hokim o‘rinbosari lavozimini egallashi belgilanmoqda. Vazirlikning hududiy tarkibiy bo‘linmalarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodim lavozimi joriy etilmoqda.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi vakili Xojimurod Tolipov afg‘on shamoli oqibatida Surxondaryoda yuz beradigan qum-chang bo‘ronlarini yumshatish rejalari haqida gapirdi. Unga ko‘ra, 70 kungacha bo‘ladigan bunday hodisa oqibatlarini yashil himoya to‘siqlari yaratish, maxsus ko‘chatlar ekish va boshqalar orqali kamaytirish mumkin.
Toshkent shahrida avtobusda ustidagi kiyimini yechgan ayolni haqoratlab, yuziga tuflagan erkak 10 sutkaga qamaldi.
Seulda harbiy holat e’lon qilinib, bekor qilingandan keyin vaziyat tinch. Parlament binosi oldida kechasi boshlangan namoyish davom etmoqda. Odamlar prezidentni iste’foga chiqishga chaqiruvchi plakatlarni ushlab turibdi. Koreya Respublikasi poytaxtidan ayni daqiqalarda olingan suratlar.
Kriminologiya tadqiqot institutida elektron braslet qurilmasi va uning dasturiy ta’minoti tayyorlandi. Qurilmani ishlab chiqarish hamda tijoratlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonda termitlar yoki boshqa hasharotlar tufayli zararlangan uylarda yashovchilarga davlat tomonidan yangi uy-joy beriladi. YAIDXPda uy-joylarni baholash va yashash uchun yaroqsiz deb topish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol parlamentning shu mazmundagi ovoz berishidan so‘ng mamlakatda avval e’lon qilingan harbiy holatni bekor qilishini aytdi. Yunning qarori Seulda noroziliklar va unga nisbatan impichment chaqiruvlariga sabab bo‘ldi.
So‘m ketma-ket to‘rtinchi oy dollarga nisbatan biroz qadrsizlandi. Noyabr oxirida dollar deyarli 91 so‘mga (+0,71%) mustahkamlandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon milliy valyuta o‘tgan yilning shu davridagi 9,5% ga nisbatan atigi 4,3% devalvatsiyaga uchradi.
Toshkentdan Xo‘jakentga 1000 dan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Oltita vagon iqlim nazorati, Wi-Fi va velosipedlar uchun moslamalar bilan jihozlangan. 2030-yilgacha bunday poyezdlar soni 30 taga yetkaziladi. Kelgusida to‘xtashlar soni ko‘paytirilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting