Xitoy dunyodagi birinchi oltinchi avlod (6G) aloqa sinovi uchun sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Cun’iy yo‘ldoshda ekinlar va o‘rmon yong‘inlarini kuzatish texnologiyalari ham mavjud.
Rossiyaning Samara shahrida uy yonib ketishi oqibatida 4 kishi vafot etdi, 5 nafar odam jarohat oldi. Jarohat olganlar ichida O‘zbekiston fuqarosi ham bor.
Virgin Hyperloop kompaniyasi vakuumli poyezd kapsulasining birinchi yo‘lovchi sinovlarini o‘tkazdi. Tunnel orqali o‘tish paytida yangi transport turi 48 m/s tezlikkacha ko‘tarildi.
Hukumat qarori bilan ilmiy nashrlar bo‘yicha milliy bazaning elektron platformasi yaratilishi belgilanmoqda. Unga respublikada nashr qilingan ilmiy jurnallardagi maqolalarning elektron shakli kiritiladi.
2021 yildan respublikada o‘tkaziladigan xalqaro musiqa festivallari va anjumanlari doirasida «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi. Unda asosiy e’tibor mahalliy va xorijiy san’atshunoslarning o‘zaro hamkorligiga qaratiladi.
Buxoro viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora olayotganida ushlangan. U karantin qoidalarini buzgan korxonaga jarima tayinlamaslik evaziga 400 AQSH dollari va 500 ming so‘m pora talab qilgan.
Davlat maktabgacha ta’lim muassalarida xitoy tilini qo‘shimcha chet tili sifatida o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Toshkentda raqamli bolalar bog‘chasining pilot loyihasini ishga tushirish taklif qilinmoqda.
10−11 noyabr kunlari mamlakat hududi sovuq havo massalari ta’sirida bo‘lib, quruq ob-havo kuzatiladi. 12 noyabr kuni Volga bo‘yidan sovuq antitsiklon respublikaga kirib keladi. O‘zbekiston hududining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qorga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis yakunlari bo‘yicha transport, energetika, qurilish, ta’lim, madaniyat, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohalarini, shuningdek, yoshlar siyosatini rivojlantirishga oid jami 23 hujjat imzolandi.
BAA hukumati spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, o‘z joniga qasd qilishga urinish va turmush qurmagan juftliklarning birgalikda yashaganligi uchun belgilangan jazolarni bekor qildi.
Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 378 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham qimmatladi.
Maktab ta’limiga yangiliklar kiritish taklif etilmoqda: maktab direktorlarini mahalliy deputatlar kengashi roziligi bilan ishga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, universitetga kirishda o‘quvchining maktab davridagi o‘rtacha baholarini hisobga olish fikri ilgari surilmoqda. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov taklif etilayotgan o‘zgarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tahlil qiladi.
«O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Klinik sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelindi. Vaksina maxsus sharoitlarda saqlanmoqda. Rejaga asosan ular 5000 nafar ko‘ngillida sinovdan o‘tkaziladi.
Murad Qurbanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Oldingi vazir may oyida tayinlangan edi.
Yangi tashkil etilgan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi davlat xaridlari doirasida 1,5 mlrd so‘mga Chevrolet Tahoe, ikkita Malibu va Lacetti sotib oldi.
Dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 50 milliondan oshdi, 1,2 mln bemorlar vafot etdi.
Azamat Matkarimov Mo‘ynoqqa va qisqarib borayotgan Orol sohillariga ko‘p tashrif buyuradi. U har doim o‘zi bilan kamerani olib, inson va tabiat o‘rtasidagi abadiy munosabatlarni suratga oladi.
Energetika vaziri o‘rinbosari Behzot Normatov O‘zbekiston «Lukoyl»dan eksport bahosidan past narxda 5 mlrd kub metr gaz xarid qilganini ma’lum qildi. «Agar yana qo‘shimcha talab bo‘lsa, kelishilgan narxlarda ichki bozorga yo‘naltirishimiz mumkin», — deya ta’kidladi.
Umedjon Barnoyev Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. U koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning ukasi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting