Arxiv

Jizzaxda mashina urib yuborgan to‘rt yoshli qizcha vafot etdi
21 aprel 2020, 11:34

Jizzaxda mashina urib yuborgan to‘rt yoshli qizcha vafot etdi

Jizzax viloyatida VAZ-21063 haydovchisi urib yuborgan to‘rt yoshli qizcha shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

JB vitse-prezidenti «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
21 aprel 2020, 10:41

JB vitse-prezidenti «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myullerni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.

Koronavirus bemorlari soni 1627 kishiga yetdi
21 aprel 2020, 00:02

Koronavirus bemorlari soni 1627 kishiga yetdi

20 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab yangi 62 ta koronavirus bilan zararlanish holatlari aniqllanib, jami 1627 kishiga yetdi.

Amerika neftining narxi nol dollardan pastladi
20 aprel 2020, 23:54

Amerika neftining narxi nol dollardan pastladi

Tarixda birinchi marta, neftni sotish uchun xaridorga pul to‘lash kerak. WTI markali qayta ishlanmagan neftning may oyida yetkazib berish narxi 0 dollardan pastladi (-7 AQSH dollari atrofida). Neftga bo‘lgan talabning pasayishi sababli dunyo bo‘ylab 160 mln barrel neft tankerlarda turib qolgan.

«Qurilish sohasi yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun katta imkoniyat» — Shavkat Mirziyoyev
20 aprel 2020, 22:47

«Qurilish sohasi yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun katta imkoniyat» — Shavkat Mirziyoyev

Karantin vaqtida qurilish materiallari bozorida ishlab chiqarish hajmi 30−40 foizga kamaygan. «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasiga yil oxirigacha mahsulot ishlab chiqarishni 22 trillion so‘mga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Prezident qurilish sohasining yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun katta imkoniyat va zaxira ekanligini ta’kidlagan.

Prezident: «Hududlarda karantin choralarini yumshatish vaqt-soati keldi»
20 aprel 2020, 22:38

Prezident: «Hududlarda karantin choralarini yumshatish vaqt-soati keldi»

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi
20 aprel 2020, 22:31

Prezident «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi

«Albatta, rag‘batlantirish uchun pul tarqatish oson yo‘l. Lekin ertaga buning oqibatda nimalarga olib kelishini hali biron bir iqtisodchi bashorat qila olmayapti», — deya ta’kidlagan prezident. U «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlar o‘zi faoliyat yuritayotgan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam berishi taklifini ilgari surdi.

AQSHda davlat qarzi rekord darajaga yetishi mumkin
20 aprel 2020, 20:37

AQSHda davlat qarzi rekord darajaga yetishi mumkin

2020 yil AQSHda davlat qarzi va korporatsiyalar qarzi rekord darajagacha o‘sishi mumkin. Federal byudjet defitsiti 4 trln dollargacha yetishi kutilmoqda — bunday holat 1945 yildan beri kuzatilmagan.

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlanishi 24 aprelga to‘g‘ri keladi
20 aprel 2020, 20:32

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlanishi 24 aprelga to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2020 yil Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

YeI koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak ajratadi
20 aprel 2020, 19:45

YeI koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak ajratadi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel koronavirusga qarshi kurashishda O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingani to‘g‘risida xabar berdi.

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 1600 kishidan oshdi
20 aprel 2020, 18:33

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 1600 kishidan oshdi

20 aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1604 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 261 nafarga yetdi
20 aprel 2020, 17:18

Koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 261 nafarga yetdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 21 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bemorlardan 5 nafari erkak, 16 nafari ayollardir. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 261 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Yangi haftada havo haroratining issiq bo‘lishi kutilmoqda
20 aprel 2020, 16:56

Yangi haftada havo haroratining issiq bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat +30 darajalik chegaradan oshadi. Faqatgina Qoraqalpog‘istonda payshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, juma kuni esa havoning salqin bo‘lishi kutilmoqda.

Xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborish qisman tiklandi
20 aprel 2020, 16:30

Xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborish qisman tiklandi

«O‘zbekiston pochtasi» 20 apreldan 38 ta davlatga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborishni qisman tikladi. Bungacha pochtalar faqat yer usti transporti orqali jo‘natilayotgan edi.

Yana 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi
20 aprel 2020, 16:28

Yana 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Toshkentda 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 240 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida o‘sish kuzatilmoqda — Mamarizo Nurmurodov
20 aprel 2020, 15:58

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida o‘sish kuzatilmoqda — Mamarizo Nurmurodov

Mart oyining ikkinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi ikki barobarga kamaygan edi. Markaziy bank raisi hozirda o‘sish kuzatilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, xorijiy valyutani sotish va sotib olishda cheklovlar o‘rnatilmagani, tijorat banklarida yetarlicha valyuta zaxiralari mavjudligini qayd etdi.

O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti tashkil etildi
20 aprel 2020, 15:29 2

O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti — TEAM University tashkil etildi. Bir guruh tadbirkorlar va mutaxassislar ishtirokida ochilgan OTMda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Markaziy bank raisi: Naqd xorijiy valyuta taqchilligi yo‘q, bo‘lmaydi ham
20 aprel 2020, 14:48

Markaziy bank raisi: Naqd xorijiy valyuta taqchilligi yo‘q, bo‘lmaydi ham

O‘zbekistonda naqd xorijiy valyuta taqchilligi bo‘lmaydi, deya ma’lum qildi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov. Yaqinda muddatidan oldin Nyu-York Federal zaxira bankidan 200 mln dollar olib kelindi. May oyida yana 400 mln dollar olib kelinishi kutilmoqda.

13 nafar koronavirus bemori tuzaldi
20 aprel 2020, 14:45

13 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Andijonda 2 nafar va Buxoroda 11 nafar koronavirus bemorlari tuzaldi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1582 nafarga yetdi
20 aprel 2020, 14:42

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1582 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 17 nafarga ortib, jami 1582 kishini tashkil etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting