Toshkent viloyatida dorixonadan tashqarida remdesivir dorisini 850 ming so‘mdan hisoblab, 200 qutisini 170 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi. Oldinroq JSST remdesivir dori vositasini COVID-19 ni davolashda samarasiz deb topgan edi.
547,2 ming dona pirotexnika vositalarini olib ketayotgan Mercedes-Benz to‘xtatildi. Olib ketilayotgan mahsulotning taxminiy qiymati 38 mln so‘m deb belgilanmoqda.
Olmazor tumanida «internet» saytlarida ayol kishining videolarini tarqatishini va oila a’zolariga ko‘rsatishini tahdid qilib 50 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi.
Qoraqalpog‘iston sudlari uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi. Xususan, bu davr mobaynida 954 kishiga nisbatan 735 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 foizga kamaygan bo‘lsa, shaxslar soni esa 4,6 foizga ko‘paygan.
Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatga olish (propiska) bo‘yicha onlayn xizmat yo‘lga qo‘yildi. Xizmatdan foydalanish uchun OneID va elektron raqamli imzo kaliti talab etiladi. Uni qanday olish bo‘yicha qo‘llanma.
Noyabr oyida o‘rtacha harorat oktyabrga nisbatan 5−7 daraja pastroq bo‘lishi va yog‘ingarchilik ham ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Oy davomida yomg‘irning qorga aylanish holatlari takrorlanib turadi. Oyning ikkinchi qismidan boshlab harorat kechasi 5−8 daraja iliqdan 0−3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17−20 daraja issiqdan 3−6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Yaroqsiz holatga kelib qolgani uchun bundan olti oy oldin harakat to‘xtatilib, qatnovlar amalga oshirilmayotgan Norin daryosi ko‘prigi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.
Davlat mehnat inspeksiyasi respublika hududlarida 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar olib bordi. Unga ko‘ra, 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlanib, 577 mln so‘mdan ortiq miqdorda jarimaga tortildi.
Bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining ko‘mirdan tezak yasayotgani aks etgan fotosuratlar tarqalganidan so‘ng «O‘zbekko‘mir» holatlarni o‘rganishga kirishdi. Samarqanddagi holat tasdiqlandi, Andijondagi bolalar bog‘chasi esa topilmadi.
Dollarning rasmiy kursi deyarli 7 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 366 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa arzonladi.
1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-sayti bo‘lishi shartligi belgilandi. Veb-saytlarda iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik ma’lumotlar, har chorakda yillik biznes-rejaning bajarilishi va strategik maqsadlarga erishish ko‘rsatkichlari joylashtirilishi lozim.
Turkiyaning Izmir provinsiyasida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 79 kishiga yetdi, 962 dan ortiq kishi jabr ko‘rdi.
«Bir yoshi katta onaxon kelib aytayapti: yaqinroq kelib meni hidlang, men va boshqa ayollardan go‘ngning hidi kelayapti, biz tezak yoqayapmiz», — dedi senator Qutbiddin Burxonov. U gaz korxonalarini tanqid qilib, hududlarda gaz tanqisligi natijasida yuzaga kelgan vaziyatga e’tibor qaratdi. Parlamentning yana bir a’zosi nima sababdan 25−30 yil davomida gaz quvurlari almashtirilmaganligi to‘g‘risida savol qo‘ydi.
Oktabr oyida inflyatsiya 1,4 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 2,3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 0,7 foizga qimmatlashdi.
Samarkand Half Marathon’da erkaklar orasida Toshkent viloyatidan Andrey Petrov finishga birinchi bo‘lib yetib keldi. Ayollar o‘rtasida esa surxondaryolik Sitora Hamidova yarim marafon bo‘yicha O‘zbekiston rekordini yangiladi, bundan avvalgi rekordni ham o‘zi o‘rnatgan edi.
So‘nggi paytlarda maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari sifatsiz ko‘mirdan qo‘lbola briket tayyorlayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Ushbu masalaga MTV matbuot anjumanida aniqlik kiritildi.
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Ilhom Mahkamov vazir vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Alan Kamp ustidan muddatidan avval g‘alaba qozonib, WBO Inter-Continental unvoniga sazovor bo‘ldi.
Fuqarolarga bir kun davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurganlari uchun 3 ming so‘m, bir oy davomida bosib o‘tilgan eng ko‘p qadamlar uchun esa 1 mln so‘m to‘lanishi belgilandi. Buning uchun har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.
Navoiy viloyatidagi uylarning birida is gazining sizib chiqqanligi natijasida aka-ukalar zaharlanib, vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting