O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatining 20-sammitiga mezbonlik qilishi va harakatga 2027−2029-yillarda raislik qilishi mumkin.
O‘zbekistonda 2024−2025-yillarda tajriba tariqasida, og‘ir ahvoldagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbari va ularning har bir o‘rinbosariga har 6 oyda 5 tadan eng og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktiriladi.
O‘zbekistondagi eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanadi. Shuningdek, tuman va shaharlarda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlarini davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilish boshlanadi. Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan ularning davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjetidan qoplab beriladi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi alohida kvotalar ajratadi.
DXX o‘tkazgan reydda 4 ta viloyat: Namangan, Xorazm, Navoiy va Surxondaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov ketmoqda.
Toshkent shahrida Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan Tahoe avtomobilida 110 km/soat tezlikda harakatlandi. U buni Instagram sahifasiga joylashtirdi. Shaharda tezlik cheklovi 60 km/soatni tashkil etadi.
O‘zbekistonda 1-dekabrdan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi. Bu “mahalla yettiligi” tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Jizzax viloyatida Damas 14 nafar yo‘lovchi tashib ketayotgani aniqlandi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilishini ma’lum qilindi.
Samarqand shahrida Tracker-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.
Isroil armiyasi Livan janubida “Hizbulloh” bilan aloqasi borligi aytilayotgan yuzlab nishonlarga havo hujumlari uyushtirdi. Livan rasmiylariga ko‘ra, buning oqibatida 250 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Qurilishda korrupsiyaning oldini olish choralari, aholi salomatligi bo‘yicha harakatlar rejasi, qoidabuzar haydovchilar bilan manzilli ishlayotgan “mahalla yettiligi”, uy sotib olishda kafil bo‘ladigan banklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Vengriyada o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan prezident ularga tabrik yo‘lladi. U o‘zbek shaxmati tarixida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi va ushbu yutuq “ulkan islohotlarning amaliy natijasi” ekanini aytdi.
“Ilhom” teatrida Toshkent xalqaro kinofestivaliga (1968−1988) bag‘ishlangan Destination: Tashkent ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma huquq himoyachisi Anjela Devis, aktyor Raj Kapur va boshqa taniqli shaxslarni uchratish mumkin bo‘lgan arxiv materiallari, kinoxronika va fotosuratlarni o‘z ichiga oladi.
AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda yutqazsa, 2028-yilgisida qatnashmasligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev aksariyat viloyatlarda tuman va shaharlarning master rejalarini tayyorlash ishlari ortda qolayotganini tanqid qildi va viloyat hokimlariga yil oxirigacha kamida 10 tadan hududning master rejasini ishlab chiqishni buyurdi.
Prezident uy-joy sotib olishning yangi mexanizmi — eskrou hisobi joriy etilishini ma’lum qildi. Banklar uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurish hamda uni egasiga yetkazib berishni kafolatlab, quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib xizmat qiladi. Yangi tizim bir yil ichida sinovdan o‘tkaziladi.
Yil boshidan buyon qurilishi ro‘yxatdan o‘tkazilmay boshlangan obyektlar soni 2200 taga yetdi, shu bois pala-partish qurilish ko‘paydi, dedi prezident. Qurilish inspeksiyasining boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi paydo bo‘ladi, qurilayotgan obyektlar oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi.
APEX INSURANCE Andijon, Buxoro va Toshkentda o‘tayotgan FIFA Uzbekistan 2024 futzal bo‘yicha o‘ninchi jahon chempionati bilan rasmiy hamkorlikni e’lon qiladi.
Boysundagi M-25 gaz konida 17-sentabrda takroriy avariya oqibatlari 1-sentabrdagi birinchi falokatdan og‘irroq bo‘ldi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Omon qolgan aholiga ham oson bo‘lmayapti. “Gazeta.uz” vaziyat yuzasidan ishonchli axborot, yordam va kompensatsiya kutayotgan boysunliklar bilan suhbatlashdi.
Toshkentda fevral oyida hibsga olingan “Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi. Unda 21 kishi (jumladan, ikki avtobus saroyi va “Toshavtota’mirxizmat” rahbarlari) sudlanmoqda. Ularning aksariyati hali ayblov xulosasi olmagani sabab sud ishi bir haftaga kechiktirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting