Arxiv

Foto: O‘zbekiston futzalchilari Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘lgan o‘yindan lavhalar
21 sentabr 2024, 12:40

Foto: O‘zbekiston futzalchilari Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘lgan o‘yindan lavhalar

O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi yurishini muxlislar kutganidan erta yakunladi. Jamoa mundialning guruh bosqichi 3-turida Kosta-Rikaga 3:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dastlabki ikki turda o‘zbekistonliklar atigi 1 ochko to‘plagan edi.

Tegishli huquqi yo‘q shaxslarning xalq tabobati bilan shug‘ullanishiga javobgarlik belgilanadi
21 sentabr 2024, 12:12

Tegishli huquqi yo‘q shaxslarning xalq tabobati bilan shug‘ullanishiga javobgarlik belgilanadi

Xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Ular BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarimaga tortilishi yoki 15 sutkaga qamalishi mumkin.

Bolaga nisbatan qilingan maishiy zo‘ravonlik uchun alohida javobgarlik belgilanadi
21 sentabr 2024, 10:57

Bolaga nisbatan qilingan maishiy zo‘ravonlik uchun alohida javobgarlik belgilanadi

Senat bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan, shuningdek, maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv arizasini surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasida berish tartibi joriy qilinmoqda.

Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynadi
21 sentabr 2024, 10:28

Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynadi

Budapeshtda o‘tayotgan musobaqaning 9-turida erkak shaxmatchilarimiz Hindiston bilan, qizlar jamoasi esa Serbiya bilan durang o‘ynadi. Tur yakunlari bo‘yicha yigitlar jamoasi 3-o‘rin, qizlar esa 27-o‘rinni egalladi.

Futzal JCH: O‘zbekiston Kosta-Rikaga yutqazib, mundialdagi ishtirokini erta yakunladi (video)
21 sentabr 2024, 00:31

Futzal JCH: O‘zbekiston Kosta-Rikaga yutqazib, mundialdagi ishtirokini erta yakunladi (video)

O‘zbekiston futzal bo‘yicha o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Kosta-Rikaga qarshi dramatik uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Jamoa guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.

20-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
20 sentabr 2024, 22:18

20-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Senatda tasdiqlangan bir qator qonunlar, 5 ta davlat elchisidan ishonch yorliqlarini olgan prezident, ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha mablag‘ ajratgan USAID, navbatdagi olimpiadaga tayyorlanish bo‘yicha rejalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Raqobat qo‘mitasi respublika bo‘ylab jami 12 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilganini aniqladi
20 sentabr 2024, 22:10

Raqobat qo‘mitasi respublika bo‘ylab jami 12 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilganini aniqladi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Toshkent shahri, 10 ta viloyat va Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan umumiy summasi 12 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlarini aniqladi.

Prezident Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi
20 sentabr 2024, 20:44

Prezident Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi

Prezident sport sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida yengil atletika va suv sporti kabi yo‘nalishlarda natijalarni yaxshilash, Olimpiya shaharchasida xokkey majmuasi qurish, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 6,1 mln dollar ajratdi
20 sentabr 2024, 20:14

USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 6,1 mln dollar ajratdi

USAID Rivojlanish maqsadlari bo‘yicha grant shartnomasi doirasida O‘zbekistonga yana 6,1 mln dollar ajratdi. Umumiy summa 47 mln dollardan oshdi. Mablag‘lar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ko‘nikmalarini oshirish, 8−11-sinflarda yoshlarga tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun sarflanadi.

Qirg‘izistonda “obro‘sizlantirish maqsadida” huquq-tartibot xodimlarini tasvirga olganlik uchun jazolash taklif qilinmoqda
20 sentabr 2024, 19:48

Qirg‘izistonda “obro‘sizlantirish maqsadida” huquq-tartibot xodimlarini tasvirga olganlik uchun jazolash taklif qilinmoqda

Qirg‘iziston parlamenti a’zolari huquq-tartibot idoralari xodimlarining ishini aks ettiruvchi surat va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima yoki 7 sutkagacha qamoq ko‘rinishidagi jazo choralarini taklif qilmoqda.

Soxta trener va lektorlarga qarshi kurashish bo‘yicha qonun tasdiqlandi
20 sentabr 2024, 19:24

Soxta trener va lektorlarga qarshi kurashish bo‘yicha qonun tasdiqlandi

Senatorlar aldov orqali pul ishlashga urinayotgan “soxta trenerlar va lektorlar"ga qarshi kurashish maqsadida ma’rifiy faoliyatni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs ma’rifiy faoliyati uchun jarimaga tortiladi.

Lenovo Toshkentdagi ICTWEEK sammitida gibrid sun’iy intellekt konsepsiyasini taqdim etdi
20 sentabr 2024, 19:00

Lenovo Toshkentdagi ICTWEEK sammitida gibrid sun’iy intellekt konsepsiyasini taqdim etdi

Lenovo kompaniyasi ICTWEEK sammitda turli sohalar uchun gibrid sun’iy intellekt (SI) bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etdi.

Kameradagi YHQ buzgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilmagan haydovchilar javobgarlikdan ozod qilinadi
20 sentabr 2024, 18:54

Kameradagi YHQ buzgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilmagan haydovchilar javobgarlikdan ozod qilinadi

Senatorlar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi (va organ 15 kun ichida jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilishi) kerak bo‘lgan, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydigan tuzatishlarni ma’qulladi.

Shaxmat Olimpiadasi: Nodirbek Abdusattorov Serbiya bilan o‘yinda O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi
20 sentabr 2024, 18:20

Shaxmat Olimpiadasi: Nodirbek Abdusattorov Serbiya bilan o‘yinda O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

Shaxmat Olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyani yutib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Uchrashuvda natija durang bo‘lishi, jamoa medal olish imkoniyatini yo‘qotishi taxmin qilinayotgan paytda Nodirbek Abdusattorov g‘alabani tortib oldi. Endi ular favorit jamoa — Hindiston bilan to‘qnash keladi.

Senat O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklarga taqiq qo‘yilishi ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi
20 sentabr 2024, 17:36

Senat O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklarga taqiq qo‘yilishi ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. Bunday odamlar ro‘yxati yuritiladi. Agar bunday shaxslar O‘zbekiston hududida bo‘lsa, chiqarib yuboriladi.

Isroil Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga yalpi zarbalar berdi
20 sentabr 2024, 17:24

Isroil Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga yalpi zarbalar berdi

Isroil armiyasi Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga eng yirik havo hujumlaridan birini amalga oshirdi. BMT Xavfsizlik kengashi vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi.

O‘zbekiston saylovlarida barcha millat vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratiladi
20 sentabr 2024, 17:00

O‘zbekiston saylovlarida barcha millat vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratiladi

Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar orasida inklyuzivlik ta’minlanmoqda. Ular orasida turli millat vakillari va nogironligi bo‘lgan shaxslar ham bor.

Shavkat Mirziyoyev yangi elchilarni qabul qildi
20 sentabr 2024, 16:56

Shavkat Mirziyoyev yangi elchilarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston, Koreya Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Germaniya, Isroil va Yevropa Ittifoqi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

BYD “parallel import”ni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi
20 sentabr 2024, 16:00

BYD “parallel import”ni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi

BYD kompaniyasining ma’lum qilishicha, BYD Central Asia O‘zbekistondagi yagona rasmiy distribyutor bo‘lib, u mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan avtomobillarni to‘liq kafolat bilan taklif qiladi.

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi
20 sentabr 2024, 15:15

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi

Skuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yuk mashinalari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun jarima joriy etilmoqda. YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting