Arxiv

Xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishiga chora ko‘rildi
12 oktabr 2020, 16:26

Xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishiga chora ko‘rildi

O‘rta Chirchiq tumanida xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishi karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortildi.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti auksionlar nazariyasi uchun topshirildi
12 oktabr 2020, 15:41

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti auksionlar nazariyasi uchun topshirildi

Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan iqtisodiyot bo‘yicha yodgorlik mukofoti Pol Milgrom va Robert Uilsonga auksionlarning yangi formatlarini ixtiro qilganligi uchun topshirildi.

Belarusdagi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi
12 oktabr 2020, 15:25

Belarusdagi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi

Belarusdagi prezident saylovlari natijalariga qarshi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi. Namoyishchilarga qarshi suv purkagichlar va tovushli granatalardan foydalanilgan.

Hafta kunlarida havoning qizishi kutilmoqda
12 oktabr 2020, 15:21

Hafta kunlarida havoning qizishi kutilmoqda

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi. Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kunduzi 22−25 daraja issiq bo‘ladi.

Shohi-Zindadan o‘g‘irlangan koshinlar Londondan O‘zbekistonga qaytariladi
12 oktabr 2020, 14:24

Shohi-Zindadan o‘g‘irlangan koshinlar Londondan O‘zbekistonga qaytariladi

Britaniya muzeyi Samarqanddagi Shohi-Zinda majmuasiga tegishli o‘g‘irlangan oltita koshin partiyasini O‘zbekistonga qaytaradi. Ular yanvar oyida Londonning Xitrou aeroportida qo‘lga tushirilgan.

Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazlari ko‘payishi kutilmoqda
12 oktabr 2020, 13:59

Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazlari ko‘payishi kutilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazining 30 o‘rinlik hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi kutilmoqda. Respublika reabilitatsiya markazi uchun ajratilgan o‘rinlar soni esa 50 taga oshiriladi.

O‘zbekistonda 800 nafarga yaqin 100 yoshdan oshgan fuqarolar bor
12 oktabr 2020, 13:30

O‘zbekistonda 800 nafarga yaqin 100 yoshdan oshgan fuqarolar bor

1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 794 nafar 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshgan fuqarolar pensiya va nafaqa olishadi. Bir asrdan ziyod umr ko‘rganlarning 131 nafari erkak, 663 nafari ayollardir. Ularning eng ko‘pi — 143 nafari Qashqadaryo viloyatida yashaydi.

Xotiniga najosat yedirgan erkak o‘z qilmishini oqlashga urindi
12 oktabr 2020, 13:25

Xotiniga najosat yedirgan erkak o‘z qilmishini oqlashga urindi

Xotinini kaltaklab, unga bolasining najosatini yedirgan erkak o‘z qilmishi sabablarini so‘zlab berdi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
12 oktabr 2020, 12:15

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 24 so‘mga qimmatlab, jami 10 364 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi
12 oktabr 2020, 11:41

Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi

Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi.

Emomali Rahmon prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi
12 oktabr 2020, 11:21

Emomali Rahmon prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi

11 oktyabr kuni Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda 90,92% ovoz bilan Tojikistonning amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon g‘alaba qozondi.

Jurnalistlar uyushmasi rahbari Sa’dulla Hakimov vafot etdi
11 oktabr 2020, 13:44

Jurnalistlar uyushmasi rahbari Sa’dulla Hakimov vafot etdi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi rahbari Sa’dulla Hakimov 69 yoshida vafot etdi.

Uyda tayyorlaymiz: tovuq filesidan tayyorlangan sersuv va mazali taomlar
10 oktabr 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: tovuq filesidan tayyorlangan sersuv va mazali taomlar

Tovuq filesidan tayyorlanadigan eng mazali va sersuv taomlar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

O‘zbekistonda favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun tayyorlanmoqda
9 oktabr 2020, 23:54

O‘zbekistonda favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun tayyorlanmoqda

Deputatlar «Favqulodda holat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi. Shunga o‘xshash loyiha 2016 yilda ham ishlab chiqilgan, ammo qabul qilinmagan edi. Mamlakatda koronavirusga qarshi cheklov choralari qo‘llanilishi bilan favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun zarurligi dolzarb bo‘lib qoldi.

Orqa yon oynani tonirovka qilish narxi arzonlashtirildi
9 oktabr 2020, 19:34 1

Orqa yon oynani tonirovka qilish narxi arzonlashtirildi

Orqa yon oynani tonirovka qilish narxi arzonlashtirilib, BHMning 5 baravari etib belgilandi. Orqa va old yon oynalar bo‘yicha tusini o‘zgartirish to‘lovi miqdori esa avvalgidek saqlanib qoldi

O‘zbekiston AQSH kompaniyasidan internetni bloklaydigan texnologiyalarni sotib olgan — Bloomberg
9 oktabr 2020, 19:15

O‘zbekiston AQSH kompaniyasidan internetni bloklaydigan texnologiyalarni sotib olgan — Bloomberg

O‘zbekiston AQSHda joylashgan Sandvine kompaniyasidan vebsaytlarni va ijtimoiy tarmoqlarni bloklaydigan texnologiyalarni xarid qilgan. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Misr, O‘zbekiston, Rossiya va Afg‘oniston kabi davlatlar ushbu kompaniyadan foydalanuvchilarning vebsayt-brauzerlari tarixi bo‘yicha ma’lumot yig‘adigan texnologiyalarni ham sotib olishgan.

Dunyoda bir kunda 338 mingdan ortiq COVID-19 holatlari qayd etildi
9 oktabr 2020, 18:43

Dunyoda bir kunda 338 mingdan ortiq COVID-19 holatlari qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar sonining bir kunlik rekord darajadagi o‘sishini qayd etdi — kuniga 338 mingdan ortiq kishi. Aksariyat holatlar Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Yevropaga to‘g‘ri kelmoqda.

Yil boshidan beri tabiatga 15 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan
9 oktabr 2020, 17:55

Yil boshidan beri tabiatga 15 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan

9 oy davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 37 mingdan ortiq qonunbuzarliklar aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar hajmi 15 mlrd so‘mdan ortiq deb baholanmoqda. 22 holatda jinoyatchilarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Bishkekda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
9 oktabr 2020, 17:00

Bishkekda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

Qirg‘iziston prezidenti ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgan Bishkekda favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Shaharga qo‘shinlar kiritilib, blokpostlar o‘rnatiladi.

“Men maymunlarga tvorogli pishiriqlar tayyorlayman”. Hayvonot bog‘i xodimlari o‘z ishlari haqida
9 oktabr 2020, 16:30

“Men maymunlarga tvorogli pishiriqlar tayyorlayman”. Hayvonot bog‘i xodimlari o‘z ishlari haqida

Toshkent hayvonot bog‘ining ko‘plab xodimlari sevimli jonivorlariga shunchalik bog‘lanishganki, ular o‘z hayotlarini ishlarisiz tasavvur qila olmaydilar. Biz ular bilan suhbatlashdik va sher nima uchun bu qadar semizligini, plastik qanday xavf tug‘dirishini va hayvonot bog‘i hayvonlarga nisbatan tashrif buyuruvchilar tomonidan qanday munosabatni ko‘rishni istashini bilib oldik.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting