Poytaxt atrofi yaproq va igna bargli daraxt ko‘chatlaridan iborat «Yashil belbog‘» bilan o‘rab chiqiladi. Bu yil 4300 tup daraxt ekish rejalashtirilmoqda.
Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlarining anjumani bo‘lib o‘tadi.
Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi mutaxassislari Dubaydagi Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazida amaliyot o‘tash uchun jo‘nab ketdi.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha Navoiy viloyat sudi xodimi sudya tomonidan kaltaklangani haqida ma’lum qildi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari “E-IJRO AUKSION” orqali ijaraga beriladi. MIB qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.
O‘zbekistonda inson papilloma virusiga qarshi vaksina joriy etiladi, oktyabrdan boshlab 9−14 yoshdagi 400 mingga yaqin qiz emlanishi mumkin.
«O‘zbekiston iqtisodi yanada keng ochiluvchi mamlakat sifatida tashqi shoklarga ko‘nikishi kerak, chunki hamkor mamlakatlarning hammasida ham barchasi yaxshi emas», — dedi MB raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov.
MOQ rahbari Umid Ahmadjonov Uzbek Tigers boks jamoasining tarqatib yuborilgani va moliyalashtirish to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Xohishingizdan kelib chiqib, har biringiz bilan alohida kelishiladi. Hech kim avvalgidek shunchaki buzib tashlamaydi». Toshkent hokimi Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi bilan uchrashdi.
Sirdaryo viloyati va tumanlar hokimlari, faollar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyatiga safar qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi «Buyuk kelajak» mavzesiga tashrif buyurdi.
Qashqadaryo ma’muriy sudlari tomonidan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq 213 ta holat ko‘rib chiqilgan.
Shavkat Mirziyoyev Mirzaobod tumanidagi «Bek klaster» MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan tashkil etilgan paxtani qayta ishlash zavodi faoliyati bilan tanishdi.
Toshkent shahar hokimining shahardagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko‘chalarni ta’mirlash ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Yangiyer shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan ammiak va karbamid zavodi qurilish maydonida bo‘ldi.
Oliy Majlis Senati kengashi o‘n sakkizinchi yalpi majlisni joriy yilning 28 fevral kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
«Olot» chegara bojxona posti orqali xorijiy davlatdan 2 million so‘mlik 414 litr dizel yoqilg‘isi olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatildi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan Toshkent hayvonot bog‘i hududi kengaytirilib, Safari parki ochiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xovos tumanidagi «Gran ruta de la seda» korxonasining gidroponika usulidagi issiqxonasini ko‘zdan kechirdi.
MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov yosh futbolchilarni tarbiyalash borasida fikr bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting