O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarning vizasi avtomat ravishda 5 mayga qadar uzaytiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni yoritib borish uchun rasmiy saytni ishga tushirdi. Saytda har kunlik hisobot, infeksiyadan himoyalanish uchun tavsiyalar va zarur ma’lumotlar e’lon qilinadi.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar 37 taga yetdi.
21−26 mart kunlari O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish uchun charter reyslar amalga oshiriladi.
Sud 2005 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidentini sudga bergan Cho‘yan Mamatqulovni to‘liq oqladi. Huquq himoyachisi konstitutsion tuzumga tajovuz qilish, firibgarlik, odam o‘g‘rilash va boshqa jinoyatlarda ayblangan edi.
Buxoroda Nexia 3 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlashidan uch kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi. Qashqadaryoda esa somsaxonadagi gaz balloni portlashi natijasida yetti kishi, jumladan, to‘rt mijoz jarohat oldi.
To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlandi. Shuningdek, ko‘ngilochar ob’ektlar, jumladan, choyxona va oshxonalar faoliyati to‘xtatiladi.
O‘zbekiston bosh sanitar vrachi Bahrom Almatov koronavirus bo‘yicha mamlakatdagi vaziyat, ushbu infeksiyaning oldini olish va boshqa savollarga javob berdi.
World Happiness Report hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida uch pog‘onaga ko‘tarilib, 38-o‘rinni egalladi. Toshkent — aholisi eng optimist shahar bo‘ldi.
O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova 70 yoshida olamdan o‘tdi.
Toshkent hokimi qarori bilan poytaxtda bo‘sh turgan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxlari belgilandi.
21 mart kuni qariyb butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligining kuchayishi va havo haroratining +18 darajagacha tushishi kutilmoqda.
UzReport telekanalida akademik litsey o‘quvchilari uchun geografiya, matematika va fizika fanlaridan teledarslar boshlandi.
Fuqarolar G‘alabaning 75 yilligi sharafiga ochilayotgan Shon-sharaf muzeyini tashkil etishda qatnashishlari mumkin. Mudofaa vazirligi muzey uchun eksponat va materiallar qabul qilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan soni 33 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 9 kishida virus aniqlandi.
20 mart ertalab holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni o‘zgarishsiz (23 nafar) qoldi.
Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus, temir yo‘l va havo transportida yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatildi.
Jamshid Egamberdiyev AT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U investitsiyalar va moliya masalalariga javob beradi.
Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, davlat byudjetidan 10 trln so‘m ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting