3 oktyabr kuni O‘zbekistonda 462 kishining koronavirusga chalingani tasdiqlanib, jami holatlar soni 58 mingdan oshdi.
Kuzning eng mazali, xushbo‘y va noodatiy pishiriqlari retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.
2 oktyabr kuni O‘zbekistonda 486 kishining koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani tasdig‘ini topdi va umumiy ko‘rsatkich 57776 taga yetdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bu yil O‘zbekiston YAIM hajmi 2 foizga qisqarishini kutmoqda. 2021 yilda iqtisodiy o‘sish prognozi 6,5%dan 4,5%gacha pasaytirildi.
Qoraqalpog‘istondagi 16 ta tumanning har birida 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos «o‘sish nuqta"si etib belgilandi. Ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uch yil muddatga bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod etildi.
Prezident qarori bilan Moliya vazirligining bir qator funksiyalari Soliq maslahatchilari palatasiga o‘tkazildi. Shuningdek, soliq maslahatchilari vakolatlari kengaydi.
Dushanbeda bosh vazir Abdulla Aripov tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-tojik biznes forumi natijasida qiymati 724 mln dollarga teng bo‘lgan 308 ta investitsiya va savdo shartnomasi imzolandi.
Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an’anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.
Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
Dam olish kunlari mamlakat hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 2−3 oktyabrda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Namanganda 35 yoshli ayol MIB xodimlariga o‘z noroziligini bildirgan o‘ziga o‘t qo‘yib, halok bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, marhum ikki yarim yil muqaddam sotib olingan uyidan MIB xodimlari tomonidan majburan chiqarilmoqchi bo‘lingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik ko‘p o‘tmay yaroqsiz holga keldi. Viloyat prokuraturasi pudratchi qurilish vaqtida 34,5 mln so‘mlik ishlarni bajarmaganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Toshkentda Germaniyaning Iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha kredit institutining byurosi ochiladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Avvalroq Trampning maslahatchilaridan biri Xoup Xiksning koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etish uchun Nukusga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonda shu vaqtga qadar aniqlangan koronavirus holatlari soni 57290 taga yetdi. Qariyb 54 ming bemor infeksiyadan butkul xalos bo‘ldi, 472 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 1 oktyabrdagi kunlik holat va hududlar statistikasi — SSV hisobotida.
Toshkentda inpektordan qochib tezlikni oshirgan Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, oxirida yo‘l o‘rtasidagi simyog‘ochga borib urildi. Hodisadan hech kim jarohatlanmadi.
Telegram messenjerining Android beta-versiyasida izohlar qoldirish funksiyasi paydo bo‘ldi. Avval izoh qoldirish faqat qo‘shimcha botlar orqali amalga oshirilar edi
Toshkentda tuman kengashi saylovida yordam berish uchun nomzoddan 3000 dollar so‘ragan deputat qo‘lga olindi. Mamlakatdagi boshqa korrupsiya holatlari haqida ham xabar qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting