6 oktayabrdan boshlab Bishkekdagi tartibsizliklar manzarasida O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishga cheklovlar qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari. Yuk tashish cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tomoni esa cheklovlar yo‘qligini e’lon qildi.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Jogorku kenesh saylovlaridagi ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topdi. 5 oktyabrda minglab fuqarolar norozilik namoyishiga chiqib, natijalarni bekor qilishni talab qilgan edi.
6 oktyabr kuni Qirg‘izistonda 4,5 magnitudalik zilzila sodir bo‘lib, uning ta’siri Namangan, Andijon va Farg‘ona hududlarida ham sezildi.
«Sardoba ishi» bo‘yicha bugungi kunda 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qashqadaryo viloyatida Nexia avtomashinasining yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan minglab fuqarolar namoyish o‘tkazdi. Ular Oq uy, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binolarini egallab oldi va sobiq prezident Almazbek Atambayevni ozod qildi. Davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov siyosiy kuchlarni aql bilan ish ko‘rishga chaqirdi va ovoz berish natijalari bekor qilinishi mumkinligi haqida aytdi.
Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar Davlat test markazi binosi oldida to‘planishdi. Natijalar hisoblanganda, ularning harbiy xizmat imtiyozlari hisobga olinmagan.
Senat rahbari Tanzila Narbayeva Namanganga safari vaqtida tuman hokimlarini «yaxshi» reyting baholarini olgan hududlardan o‘rnak olishga, deputatlarni esa yanada talabchan bo‘lishga chaqirdi.
Tumanlarda yakuniy manzilga yetkazish tizimi tajribadan o‘tkazilib, 2021 yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat bo‘yicha joriy etiladi. Prezident buning uchun jo‘natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatuvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish kerakligini ta’kidladi.
Uzbekistan Airways 2018 yil fevralida tashkil etilishi e’lon qilingan loukoster tashkil etish rejasidan vaqtincha voz kechdi. Kompaniya raisi o‘rinbosari v. b. Umid Husanov tarif siyosati qayta ko‘rib chiqilgani, uning natijalari pandemiyadan keyin oshkor qilinishi haqida ham xabar berdi.
Tinch okeanining Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlarida dengiz jonivorlarining ommaviy halok bo‘lish holatlari kuzatildi. Greenpeace buni ekologik falokat deb atadi. O‘lka rasmiylari sodir bo‘lgan voqeaning uchta versiyasini, shu jumladan texnogen ifloslanishni ko‘rib chiqmoqda.
Yaqin kunlarda respublikaga Uraldan sovuq havo oqimi kirishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 15−20 darajagacha pasayadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Fiziologiya va tibbiyot sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti gepatit S virusini kashf etgan Harvi Alter, Maykl Xouton va Charlz Raysga topshirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha «qoniqarsiz» baholangan hokimlar va tumanlar sektor rahbarlari aholidan kechirim so‘rab, vaziyatni to‘g‘irlashga va’da berishdi. Jami 33 ta tuman va shaharlar «qizil» hudud deb topildi. Kasbi, Tomdi, Konimex va boshqa tumanlarning rahbarlari birinchi bo‘lib uzr so‘rashdi.
Mehnat vazirligi Namanganda bank xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bank muassasalarining 1400 dan ziyod xodimlari paxta terimiga majburiy jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatilib, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etildi. Sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbari hokimlar bilan kelishilgan holda lavozimlariga tayinlanadi.
Surxondaryo viloyatida 6,5 mlrd so‘mga qurilgan va bir yarim yildan so‘ng qulab tushgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadi. Ko‘prikning qulashiga tabiiy ofat sababchi qilib ko‘rsatildi.
Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rinlar uchun kurashgan 16 partiyadan atigi 4 tasi parlamentga kira oldi. Aholining saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi 56,2 foizni tashkil etdi.
OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi. Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari uchun qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga qimmatlab, jami 10 339 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting