Arxiv

Koronavirus holatlari soni 41 mingtadan oshdi
29 avgust 2020, 23:50

Koronavirus holatlari soni 41 mingtadan oshdi

O‘zbekistonda kun davomida 337 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 41 mingtadan oshdi.

«Boshiga qop kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi
29 avgust 2020, 20:56

«Boshiga qop kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi

Iyun oyida bo‘lib o‘tgan bosh vazir bilan uchrashuvda hokimni o‘zgartirishni so‘ragan so‘xlik bloger Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamoqqa olingan. Otasining so‘zlariga ko‘ra, uni boshiga qop kiygizgan holda vertolyotda olib ketishgan. Yaqinlari 22 avgustdan buyon uning qayerda ekanligidan bexabar. «Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlariga 80−90 odam olib borilgan.

Mustaqillik kuni munosabati bilan kimlar davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi?
29 avgust 2020, 20:30

Mustaqillik kuni munosabati bilan kimlar davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi?

An’anaga ko‘ra, Mustaqillik kuni arfasida prezident davlat xizmatchilari, shifokorlar, harbiy xizmatchilar, turli soha vakillarini, shuningdek chet elliklar va xorijdagi vatandoshlarni mukofotlash to‘g‘risida farmonlarni imzoladi. Taqdirlanganlar orasida vazirlar va viloyat hokimlari, san’atkorlar, o‘qituvchilar, jurnalistlar va boshqalar bor. To‘rt nafar feldsher va uch harbiy xizmatchi o‘limidan so‘ng mukofotlandi.

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi
29 avgust 2020, 17:18

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.

O‘zgidromet — sentyabr oyidagi ob-havo haqida
29 avgust 2020, 17:11

O‘zgidromet — sentyabr oyidagi ob-havo haqida

Sentyabrda ob-havo ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet. Ayrim hududlardagina qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

Prezident metroning «Bodomzor» bekatidan yangi «Turkiston» bekatigacha poyezdda bordi (foto)
29 avgust 2020, 16:33

Prezident metroning «Bodomzor» bekatidan yangi «Turkiston» bekatigacha poyezdda bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev poytaxt atrofida aylanma yo‘lni bosib o‘tib, metroning «Bodomzor» stansiyasidan yangi «Turkiston» stansiyasiga poyezdda bordi. Yunusobod yo‘lini yakunlaydigan ikkita yangi bekat kuniga 7500 yo‘lovchiga xizmat qiladi.

BAA Isroilga qarshi boykotni bekor qildi
29 avgust 2020, 15:42

BAA Isroilga qarshi boykotni bekor qildi

BAA Prezidenti shayx Muhammad bin Zaid Al-Naxayyan 1972 yilgi Isroilga qarshi boykot haqidagi dekretni bekor qildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yilga elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
29 avgust 2020, 13:44

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yilga elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Maxsus komissiya aholidan bayramni uyda o‘tkazishni so‘radi
29 avgust 2020, 12:24

Maxsus komissiya aholidan bayramni uyda o‘tkazishni so‘radi

Maxsus komissiya pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli mamlakat aholisini Mustaqillik bayramini uyda o‘tkazishga chaqirdi.

Kosondagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
29 avgust 2020, 11:05

Kosondagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidan o‘tuvchi 4K-339 yo‘lida Damas haydovchisi asosiy yo‘ldan kelayotgan «Kamaz»ni o‘tkazib yubormagani sababli YTH sodir etilgan. Uning oqibatida Damas haydovchisi va 18 yoshli yo‘lovchisi vafot etdi, ikki nafar kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qish mavsumi uchun yeguliklar tayyorlaymiz
29 avgust 2020, 10:30

Qish mavsumi uchun yeguliklar tayyorlaymiz

Zira.uz qish mavsumi uchun oldindan tayyorlab qo‘ysa bo‘ladigan yeguliklar ro‘yxatini taqdim etadi.

«Qora qoplon» filmining bosh roli ijrochisi hayotdan ko‘z yumdi
29 avgust 2020, 10:25

«Qora qoplon» filmining bosh roli ijrochisi hayotdan ko‘z yumdi

Marvel Studios kompaniyasining «Qora qoplon» filmi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan Chadvik Bozman 43 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U to‘rt yildan beri saraton bilan kurashayotgan edi.

Koronavirus holatlari 41 mingga yaqinlashdi
29 avgust 2020, 10:08

Koronavirus holatlari 41 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 130 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 2701 kishini tashkil etib, ularning 301 nafari og‘ir ahvolda, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Sentyabrda amalga oshiriladigan charter reyslari jadvali e’lon qilindi
29 avgust 2020, 07:19

Sentyabrda amalga oshiriladigan charter reyslari jadvali e’lon qilindi

31 avgust va sentyabr oyida amalga oshiriladigan charter reyslari jadvali e’lon qilindi. Shuningdek, Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘istonga muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kun davomida 376 ta koronavirus holati aniqlandi
28 avgust 2020, 23:55

Kun davomida 376 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 376 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 40,8 mingdan oshdi. Koronavirusdan sog‘ayish darajasi 93 foizga yetdi.

O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Rossiyaga har hafta poyezd jo‘natiladi
28 avgust 2020, 23:07

O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Rossiyaga har hafta poyezd jo‘natiladi

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 28 avgustdan har hafta temir yo‘l reyslari tashkil etiladi. Poyezdlar Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaradan qatnovlarni amalga oshiradi.

Maktablarda ta’lim jarayoni an’naviy va masofaviy shaklda tashkil etiladi
28 avgust 2020, 20:36

Maktablarda ta’lim jarayoni an’naviy va masofaviy shaklda tashkil etiladi

Maktablarda ta’lim jarayoni bir vaqtning o‘zida ikki xil — an’anaviy va masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv yili esa 14 sentyabrdan boshlanadi. Prezident pandemiya sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Korrupsiyaga moyil 213 nafar xodim prokuratura tizimidan bo‘shatildi — bosh prokuror
28 avgust 2020, 20:12

Korrupsiyaga moyil 213 nafar xodim prokuratura tizimidan bo‘shatildi — bosh prokuror

O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev «Xalq so‘zi» gazetasiga taqdim etgan maqolasida prokuratura tizimida korrupsiyaga qarshi kurash, nazorat tadbirlarida aniqlangan talon-toroj holatlari va boshqalarga to‘xtaldi. Jumladan, qurilish sohasida — 78 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligida — 89,7 mlrd so‘m, oylik va nafaqalardan — 16 mlrd so‘m, tabiiy gazdan — 41 mlrd so‘m talon-toroj qilingan.

Prezident COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi
28 avgust 2020, 19:41

Prezident COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi

Prezident barcha rahbarlarni COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirdi. Bunga uringanlarga jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilishi mumkin. To‘y-marosimlarni bir kunda 3−4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Taksi”lar faoliyatini litsenziyalashda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
28 avgust 2020, 18:18

«Taksi"lar faoliyatini litsenziyalashda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

«Taksi"lar faoliyatini litsenziyalashda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda? Jismoniy shaxslar ham endilikda litsenziyasiz qonuniy faoliyat olib borsa bo‘ladimi? Yuridik shaxslar uchun litsenziya olishda qanday yengilliklar joriy etilmoqda — huquqshunos Dilshod Shodiyev maqolasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting